Ommaviy madaniyat


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 44,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü44,59 Kb.
#167010
1   2   3   4   5   6
118-122

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com

Volume – 3_ Issue-4_April_2022 
121 
bo‘lmaydi. Axir, millionlab tomoshabinlar e’tiborini jalb etish qudratiga ega bo‘lgan 
tyelevideniye orqali dolzarb muammolarini ko‘proq aks ettirish, jamoatchilik fikrini 
shakllantirish, yoshlarni ma’nan kamol toptirish mumkin-ku!
Yurtimiz istiqlolga erishgach, milliy ma’naviyat mohiyatini teranroq anglay 
boshladik. Aytish joizki, sobiq mustabid tuzum davrida ma’naviyat, inson ruhiy 
olami, adolat, qonun ustuvorligi, milliy-axloqiy qadriyatlar to‘g‘risida asosli 
fikrlarni eshitish amri mahol edi. Ma’naviy barkamol inson kamoloti uchun suv bilan 
havodek zarur ma’naviy qadriyatlar qadrini mustaqillik sharofati bilan teran anglab 
yetdik. Respublikamiz birinchi Prezidenti Islom Karimov ham ma’naviyatning 
ma’no-mohiyatini aniq-ravshan ta’riflagan: "Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, 
qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat
iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning 
barcha qarashlarining mezonidir". Bu quyma fikr zamirida olamcha ma’no 
mujassam ekan, shunga yarasha yoshlarimizni yanada ma’naviyatli va ma’rifatli 
bo‘lib kamolga yetishlari uchun astoydil kurashmog‘imiz darkor. Bugungi 
globallashuv sharoitida Internet, radio va televideniye imkoniyatlari cheksizligi 
haqida ko‘p gapirilmoqda, asosli maqolalar yoritilmoqda. Bunday imkoniyatlardan 
aslida yoshlar ongini yot g‘oyalardan asrab qolish yo‘lida samarali foydalanish davr 
taqozosidir. Ana shundagina “ommaviy madaniyat”ning yoshlar ongiga ta’siri 
kamayib, asta-sekin barham topib ketishi ham mumkin. Shu bilan bir qatorda yoshlar 
qalbida milliy qadriyatlarimizga nisbatan mehr uyg‘otib borish maqsadga 
muvofiqdir. Shunda yoshlar orasida g‘arbona ideallarga ko‘r-ko‘rona ergashish kabi 
holatlar urchib ketmaydi. Yoshlar qalbida mafkuraviy immunitetni to‘g‘ri 
shakllantirish imkoniyatlari kengayadi. Mafkuraviy immunitet asosan ta’lim-tarbiya 
jarayonida hosil qilinadi. Yoshlar ongu shuurida mafkuraviy immunitet puxta bilim 
olish, his-tuyg‘ular, muayyan ko‘nikmalar vositasida shakllantiriladi. Ayrim 
mutaxassislar fikricha, taraqqiyotning hozirgi bosqichida xalqlar orasidagi axborot 
aloqalari jadal kengayib borayotganligi ko‘plab foyda bilan bir qatorda ma’naviy 
zarar keltirish hollari ham uchrab turganligi asoslab berilayotir. Shu narsa ayonki, 
bugungi kunda puxta bilim egallamagan yoshlar tanazzulga yuz tutishi mumkin.



Yüklə 44,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə