Ommaviy madaniyat


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 44,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü44,59 Kb.
#167010
1   2   3   4   5   6
118-122

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com

Volume – 3_ Issue-4_April_2022 
120 
xatarlidir. Bu emlashdan so‘ng “ommaviy madaniyat”ning “og‘ir formalari”dan ham 
seskanmaslik, begonasiramaslik kayfiyati hukmronlik qila boshlaydi”.
Bunday “ommaviy madaniyat”ni tiqishtirishlaridan maqsadlari moddiy boylik 
orttirish ekanligi ko‘rinib turibdi. Ruhshunoslar fikricha, bir fikrni tinimsiz uqdirish 
orqali individga kuchli ta’sir o‘tkazish, uni o‘z yo‘rig‘iga solish mumkin ekan
dyemak, shu usulda yoshlar ongiga salbiy ta’sir o‘tkazish xavfi yo‘q emas. 
Yoshlarga qanday tushuntirilsa, ular kutilganidek qabul qilaverishlari mumkin.
Ma’naviyati yuksak insonga turli g‘oyalar bilan ta’sir o‘tkazish qiyin. Shuning 
uchun vayronkor g‘oyalar asosan, yoshlar ongini zaharlashga qaratiladi. Undan 
kelajagimiz bo‘lmish yoshlarni asrash uchun ularni yuksak ma’naviyatli qilib 
tarbiyalashimiz lozim. Respublikamiz birinchi Prezidenti Islom Karimov 
ta’kidlaganidek, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va 
zo‘ravonlik, individualizm, egosentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning 
hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va 
qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga 
qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay quymaydi. Demak, illatga 
qarshi beayov kurashishimiz davr talabiga aylangan. “Ommaviy madaniyat”ning har 
qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz bo‘lishimiz zarur. Jurnalist-olim Olim 
Toshboyev ta’biri bilan aytganda: “g‘oya tashiyotgan mahsulotning tanqisligi va 
xaridorgirligi g‘oyaning singish darajasiga taqriban tengdir. Bu – matosi behad 
tejalgan toru tang libos, ya’ni moddiy tovar bo‘ladimi yoki yosh avlod kiprik 
qoqmay termilayotgan qahramoni dam-badam sevgisining isbotiga kirishib 
ketaveradigan xorij seriallari – ma’naviysimi, bundan qat’iy nazar, ehtiyojmandlik 
uni shunga undaydi”.
Bugungi axborotlashgan jamiyat taqozosi shu bo‘lmoqdaki, bu illatga qarshi 
kurashda milliy ommaviy axborot vositalarimiz ham qalqonimiz, ham qilichimiz 
bo‘lmog‘i joiz. Bugun yurtimizda o‘ttizdan ortiq nodavlat teleradiokompaniyalari 
faoliyat yuritmoqda. Afsuski, ularning ko‘pchiligi Rossiya va boshqa xorijiy 
telekanallarning yengil-yelpi dasturlarini namoyish etish orqali ma’naviyatimizga, 
bebaho milliy qadriyatlarimizga tahdid solayotganini hech narsa bilan oqlab 



Yüklə 44,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə