Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 29,43 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü29,43 Kb.
#149356
9 - mazvu matni


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” kafedrasi
“IQTISODIY SIYOSATGA KIRISH” fanidan

MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Yuksalish, rivojlanish va iqtisodiy siyosat

Bajardi: IQT-FU-20 guruh talabasi Egamberdiyev Muhammadali


Qabul qildi: Turon FA akademigi R.Ahmedov
NAMANGAN – 2023
Yuksalish, rivojlanish va iqtisodiy siyosat
Reja:
1. Iqtisodiy o’sish va rivojlanish
2. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklligi
3. Iqtisodiy inqiroz va uning turlari
Bugungi kunda jahonning koʻpgina davlatlarida postindustrial iqtisodiy tizimga oʻtish jarayonlari kuzatilmoqda. Jahon iqtisodiyotida globalizatsiya jarayonlari shakllanishi sharoitda iqtisodiy oʻsish kategoriyasida sezilarli oʻzgarishlar yuz bermoqda. Iqtisodiy oʻsishda miqdor koʻrsatkichlar emas, balki iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va unda iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash maqsadida koʻproq darajada sifat koʻrsatkichlarga, tarkibiy oʻzgarishlarga eʼtibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda iqtisodiy oʻsish omillari oʻzgarmoqda. Anʼanaviy omillar (mexnat, yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati) kabi omillar oʻrniga fan va taʼlim, yaʼni umumlashtirib aytilganda millatning intelekti boʻlgan omillar birinchi oʻringa chiqmoqda. Shu munosabat bilan Respublikamizda iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichida milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash muammosi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiy adabiyotda bu mavzu boʻyicha mavjud munozaralar iqtisodiy tadqiqotlarning turli jihatli va turli yoʻnalishda ekanligini taʼkidlamoqda. Shu munosabat bilan ushbu mavzu nafaqatgina amaliy nuqtayi-nazardan, balki nazariy jihatdan ham dolzarb axamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy oʻsish - ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda progressiv oʻzgarishlar va qayta qurishlarning muhim shart-sharoitidir. U taraqqiyotning ajralmas qismi, ijtimoiy rivojlanishning asosini tashkil qiladi. Iqtisodiy oʻsish - aholining moddiy farovonligini oshirish vositasi hisoblanadi. Shu sababli u davlat iqtisodiy siyosatining negizi boʻlib hisoblanadi. Iqtisodiy oʻsish nafaqat ishlab chiqarish, balki taqsimot munosabatlarini takomillashtirish, mehnat resurslarining bandligini taʼminlash, investitsion faollikni oshirish va pirovard natijada davlat byudjeti daromadlarining koʻpayib borishini taʼminlash manbayi hisoblanadi. U koʻpgina ichki va xalqaro darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi. Iqtisodiy oʻsish mamlakat aholisining turmush darajasini oshirishga, ekologiya va mudofaa muammolarini hal etishga imkoniyat tugʻdiradi. Oʻsish (iqtisodiyotda) — mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish hajmining oldingi yil (davr) larga nisbatan koʻpaygan miqdorda takrorlanishi. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining koʻpayishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy Oʻsishni shart qilib qoʻyuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy oʻsish aholi turmush darajasini oshirishga, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy oʻsish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarishning ilgʻor tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy Oʻsish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil qoʻpaytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi. Iqtisodiy oʻsishni aniqlash va hisoblashda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining eng umumiy koʻrsatkichi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) asos boʻlib xizmat qiladi va iqtisodiy oʻsishning muayyan davr mobaynida real YAIM hajmining ijobiy tomonga oʻzgarishini koʻrsatadi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlari YAIM oʻsish surʼatlarida oʻz aksini topadi. Iqtisodiy Oʻsish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YAIM hajmining oʻzgarishi mamlakat iktisodiyoti holati va dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumot bersada, iqtisodiy Oʻsishni toʻliq aks ettirmaydi. Mas, mamlakat aholisining Oʻsish surʼati 3% ni, real YAIM ning Oʻsish surʼati ham 3% ni tashkil etdi. Bunday holatda, garchi YAIM hajmi oʻsgan boʻlsada, kishilarning daromadlari oʻzgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy Oʻsishni toʻlaroq aks ettirish uchun boshqa bir koʻrsatkich — aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan real YAIMning oʻzgarishi qoʻllaniladi. Real YAIM hajmining oʻzgarishi umuman mamlakat iqtisodiyotining muayyan davr oraligʻidagi rivojlanishini ifodalasa, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan real YAIM hajmining oʻzgarishi iqtisodiy rivojlanishga kishilar turmush darajasi orqali baho berishga xizmat qiladi. Iqtisodiy adabiyotda “Iqtisodiy oʻsish” va “Iqtisodiy rivojlanish” tushunchalari mavjud. Turli iqtisodiy maktab va yoʻnalishlarning vakillari bir necha bor oʻsish va rivojlanishning oʻzaro bogʻliqligi muammolariga murojaat qilishgan. Mazkur tushunchalar baʼzan bir-biriga tenglashtirilgan boʻlsada, ammo koʻpchilik hollarda ular bir-biriga mos mazmun mohiyatni bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish iqtisodiy oʻsishning jabhalaridan biri hisoblanadimi, yohud aynan “rivojlanish”ni “oʻsish”ni oʻz ichiga oluvchi keng tushuncha sifatida qabul qilish lozimmi? Bugungi kunda mazkur savolga berilayotgan javoblar ichida umumqabul qilingan, yakdil fikrlar mavjud emas. Iqtisodiy oʻsish odatda biror bir aniq son bilan ifodalanuvchi aniq bir qiymatga masalan, ijtimoiy mahsulot (yalpi qoʻshilgan qiymat)ga “bogʻlab” qoʻyilgan boʻladi. Iqtisodiy rivojlanish esa, ushbu yoʻsinda jamiyat farovonligi (uning biror bir jihati yoki barcha moddiy, maʼnaviy –ahloqiy kabi jihatlarining umumiyligi) koʻrinishida aks etadi. Iqtisodiy oʻsish va iqtisodiy rivojlanish - keng qamrovli kategoriyalardir, ammo tadqiqot maqsadidan kelib chiqib ularning asosiy jihatlarini ajratib olish biz uchun muhim hisoblanadi. Iqtisodiy oʻsishni talqin etishda iqtisodiy jihat, iqtisodiy rivojlanishni tushunishda esa ijtimoiy jihat dominantlik (ustunlik) qiladi, deb hisoblaymiz. Har qanday ishlab chiqarishning pirovard maqsadi - bu jamiyat ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir, deb taʼkidlash albatta adolatdan boʻlar edi. Ammo bu oʻrinda ehtiyojlarni yuqori darajada qondirish, bu farovonlikning asosiy maqsad va vazifasi ekanligini unutishimiz mumkin emas. Shunday qilib, iqtisodiy farovonlik-iqtisodiyot va takror ishlab chiqarishning pirovard maqsadi boʻlsa, iqtisodiy oʻsish esa- oraliq maqsad, yaʼni ijtimoiy mahsulot yaratish zaruriyatidir. Mahsulot yaratish-bu sof ishlab chiqarishga xos masaladir, ammo takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini hisobga olgan holda farovonlikning oʻsishini taʼminlash- bu pirovard maqsad hisoblanadi va shu yoʻsinda biz iqtisodiy rivojlanishni talqin etishimiz mumkin. Shu tariqa, biz iqtisodiy oʻsish va iqtisodiy rivojlanish kategoriyalarini talqin etish borasida tez-tez uchrab turadigan koʻpgina chalkashliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz. Buning uchun iqtisodiy oʻsish va iqtisodiy rivojlanish kategoriyalarini farqlashning quyidagi meʼzonlarini taklif etamiz. Iqtisodiy oʻsish koʻproq ijtimoiy mahsulotning oʻsishi bilan, iqtisodiy rivojlanish esa – farovonlikning yaxshilanishi bilan uygʻunlashadi. Iqtisodiy oʻsishga iqtisodiy jihat (oraliq tavsifga ega boʻlgan mahsulot ishlab chiqarish) xos boʻlgani holda, iqtisodiy rivojlanishga ijtimoiy jihat xosdir, bunda jamiyat farovonligining oʻsishi pirovard maqsad sifatida namoyon boʻladi. Iqtisodiy o'sish turlari 2 xil bo’ladi ektensiv va intensiv. Ekstensiv iqtisodiy o'sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining koʻpayishi tufayli erishiladi. Iqtisodiy o'sishining intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilgʻor ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qoʻllash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yoʻli bilan erishiladi. Har qanday ishlab chiqarishning pirovard maqsadi - bu jamiyat ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir, deb taʼkidlash albatta adolatdan boʻlar edi. Ammo bu oʻrinda ehtiyojlarni yuqori darajada qondirish, bu farovonlikning asosiy maqsad va vazifasi ekanligini unutishimiz mumkin emas. Shunday qilib, iqtisodiy farovonlik-iqtisodiyot va takror ishlab chiqarishning pirovard maqsadi boʻlsa, iqtisodiy oʻsish esa- oraliq maqsad, yaʼni ijtimoiy mahsulot yaratish zaruriyatidir. Mahsulot yaratish-bu sof ishlab chiqarishga xos masaladir, ammo takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini hisobga olgan holda farovonlikning oʻsishini taʼminlash- bu pirovard maqsad hisoblanadi va shu yoʻsinda biz iqtisodiy rivojlanishni talqin etishimiz mumkin.
Shu tariqa, biz iqtisodiy oʻsish va iqtisodiy rivojlanish kategoriyalarini talqin etish borasida tez-tez uchrab turadigan koʻpgina chalkashliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz. Buning uchun iqtisodiy oʻsish va iqtisodiy rivojlanish kategoriyalarini farqlashning quyidagi meʼzonlarini taklif etamiz:
• Iqtisodiy oʻsish koʻproq ijtimoiy mahsulotning oʻsishi bilan, iqtisodiy rivojlanish esa – farovonlikning yaxshilanishi bilan uygʻunlashadi;
• Iqtisodiy oʻsishga iqtisodiy jihat (oraliq tavsifga ega boʻlgan mahsulot ishlab chiqarish) xos boʻlgani holda, iqtisodiy rivojlanishga ijtimoiy jihat xosdir, bunda jamiyat farovonligining oʻsishi pirovard maqsad sifatida namoyon boʻladi
Vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning oʻzgartirib boʻlmaydigan taʼsiri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda ayrim boʻgʻinlarda uzilishlar paydo boʻladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarinig keskin shaklida namoyon boʻlishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi. Iqtisodiy sikl deganda - odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib birin ketin bir necha fazalarni bosib oʻtib, oʻzining dastlabki holatiga qaytib kelguncha qadar oʻtgan davr tushuniladi. Inqiroz fazasi - u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqiroz fazasining asosiy belgilari va oʻziga xos xususiyatlarini mazkur bobning 3-bandida batafsil bayon etiladi. Turg'unlik fazasi - bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi taʼminlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past boʻladi. Narxlarning pasayishi toʻxtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turgʻunlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi. Jonlanish fazasida - ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta oʻsib boradi. Narxlar ham asta koʻtarilib, ssuda foizi oʻsa boshlaydi. Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan oʻsishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga oʻsib oʻtishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl yuksalishning boshlangʻich nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasida - ishchi kuchiga boʻlgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining oʻsishiga olib keladiki, buning oqibatida isteʼmol tovarlariga toʻlovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, oʻz navbatida, isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning toʻplanib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar boʻlib qoladi.
Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari
Koʻpchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning obyektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga taʼsir koʻrsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali oʻrganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi. Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin:
• urushlar, inqilobiy oʻzgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
• oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
• yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bogʻliq ravishda aholi migratsiyasi, yer shari aholisi sonining oʻzgarib turishi;
• ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan oʻzgartirishga qodir boʻlgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli oʻzgarishlar
Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o`ziga xos ichki omillari ta'sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi. Iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi ichki omillar:
• asosiy kapitalning jismoniy va maʼnaviy jihatdan eskirib, xizmat muddati tugashi va uning yangilanishi
• shaxsiy isteʼmolning oʻzgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
investitsiyalar, yaʼni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hajmi;
• ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga taʼsir koʻrsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining oʻzgarishi.
Inqirozlarning mazmuni va turlari. Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozning vujudga kelishi sabablari:

  • jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi toʻlovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam boʻladi) qoladi

  • takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir.

Inqiroz turlari. Xoʻjalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga koʻra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga boʻlish mumkin.

  • Pul-kredit sohasidagi inqiroz - mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi boʻlib, bunda tijorat va bank krediti qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.

  • Valyuta inqirozi - bunda milliy valyutaning obroʻsi tushib ketadi. Bankda valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi tushib ketadi. Birja inqirozi. Bu tanglik birjada qimmatli qogʻozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qilishni qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi.

  • Ekologik inqiroz - atrof-muhitni eng avvalo inson sogʻligʻini yoʻqotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatni vujudga kelishida ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda oʻsishiga yoʻl qoʻymaydi.

  • Tarmoqlar inqirozi - Bu milliy xoʻjalikning biron-bir tarmogʻini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy oʻzgarishi yoki normal xoʻjalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beradi.

  • Tarkibiy inqirozlar - iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir koʻrinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi oʻrtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi.

Agrar inqiroz - qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi.

  • qishloq xoʻjalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zaxiralarining toʻplanishi;

  • narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi;

  • fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron boʻlishi, ular qarzlarining ortishi;

  • qishloq aholisi oʻrtasida ishsizlarning koʻpayishi.

Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga koʻra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin.

  • Davriy inqirozlar - maʼlum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.

  • Oraliq inqirozlar - toʻliq sikl buyicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir fazasida toʻxtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur boʻlmay, qisqa muddat davom etadi.

  • Nomuntazam inqirozlar - biron-bir alohida sabablarga koʻra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, toʻfon, qurgʻoqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi mumkin.

Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko'ra inqirozlar.

  • Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi - turli naf keltiradigan neʼmatlarni koʻp ishlab chiqarish, lekin ularni toʻla sota olmaslikda namoyon boʻladi.

  • Taqchil ishlab chiqarish inqirozi - davrida muvozanat buzilib, yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab boʻladi.

Yüklə 29,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə