2-§. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari 3-§. Inqirozlarning mazmuni va turlari



Yüklə 41,88 Kb.
səhifə1/12
tarix27.12.2023
ölçüsü41,88 Kb.
#161817
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
18-mavzu. IqtisodiYOtning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorli-fayllar.org


18-mavzu. IqtisodiYOtning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik

18-mavzu. IqtisodiYOtning siklliligi va
makroiqtisodiy beqarorlik


1-§. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi.
2-§. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari
3-§. Inqirozlarning mazmuni va turlari.
Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladilar. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.

Ko‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro‘y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning ob’ektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtai nazaridan ahamiyatiligi to‘g‘risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.SHpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.SHumpeter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.


Ta’kidlash lozimki, turli darslik va o‘quv qo‘llanmalarda mazkur muammoni yoritishga ham turlicha darajada yondoshiladi. Jumladan, akademiklar V.I.Vidyapin, A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva va L.S.Tarasevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng to‘xtalib o‘tilgan.1 Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o‘zi esa munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan. SHuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo‘nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko‘rsatilgan. Siklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o‘zaro ta’sir jarayonining natijasi sifatida qarab, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. Sikl fazalarini ajratib ko‘rsatishda markscha sanoat sikli nazariyasiga keng to‘xtab o‘tilgan. SHundan so‘ng sikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud bo‘lgan sikllar to‘g‘risidagi nazariyalar bayon etilgan.
Ba’zi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muammolariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda to‘xtab o‘tilgan.2 Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning fazalari bayoniga to‘xtalib o‘tamiz.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Sikli harakat iqtisodiy o‘zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqiroz fazasining asosiy belgilari va o‘ziga xos xususiyatlarini mazkur bobning 3-bandida batafsil bayon etiladi.
Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning pasayishi to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi.

Yüklə 41,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə