Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax davlat pedagokika universiteti



Yüklə 380,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü380,74 Kb.
#157946
1   2   3   4   5   6
kurs ishi orginal154549


 
I bob
1.1 XX asr boshlarida Hindistonning ijtimoiy iqsodiy ahvoli

xx asr boshlarida hindistonda kapitalizm oʻsdi 1910yilda kanop tola fabrikalari ikki
barobarga koʻpaydi. Paxta xom ashyosidan surb mato ishlab chiqarish oʻsdi. 
XX asr 
boshlarida Hindistonda kapitalizm sekinlik bilan bo‘lsa-da, rivojlana boshladi. 1910-yilga 
kelib kanop-tola fabrikalari soni ikki baravar ko‘paydi. Paxta xomashyosi tayyorlash, surp 
mato to‘qish korxonalarining 215 tasi hind kapitalistlariga qarashli edi. Sanoat 
ishchilari soni salkam 1 mln. kishiga yetdi. Buyuk Britaniya barcha ko‘mir havzalari
kanop sanoati, choyzorlarni, transport, savdo va sug‘urta jamiyatlarini o‘z qo‘liga to‘plab 
oldi va butun Hindiston ishlab chiqarish tizimi ustidan nazorat o‘rnatdi. Buyuk Britaniya 
kapitali juda tez o‘sib bordi. Biroq, xalq ommasining turmushi esa tobora yomonlashib 
borgan. 1896—1906- yillarda 10 mln.dan ortiq odam ochlikdan o‘ldi. 1904-yilda esa 
1 mln. odam vabodan qirildi. Universitetlarga kirish puli ikki baravarga oshirildi. Ulardagi 
huquq fakultetlari yopib qo‘yildi. Demokratik ruhdagi, xalq manfaatini ko‘zlovchi 
kishilarning universitetlarga kirishi butunlay taqiqlandi.
Hindistonning mahalliy hukmron 
doiralari ingliz mustamlakachi ma’muriyati bilan kelishib, 1909-yilda „Hindiston 
kengashlari haqida qonun“ nomli hujjat qabul qildi. Bu qonunga ko‘ra, aholining faqat 
yarim foizigina saylov huquqini oldi. Saylovlar diniy jamoa asosida 
o‘tkaziladigan bo‘ldi (ya’ni hindlar va musulmonlar alohida-alohida ovoz beradigan 
bo‘ldilar). Bundan maqsad hindlar va musulmonlar o‘rtasiga nifoq solish edi. 
Bu davrda Hindiston Buyuk Britaniyaning bo‘lg‘usi jahon urushi rejalarida muhim rol 



 
o‘ynay boshladi. Shuning uchun ham u Hindistondagi vaziyatni yumshatishga intildi. 
Chunonchi, 1911- yili mustamlaka ma’muriyati ish vaqtini 12 soat bilan cheklash 
haqida qonun qabul qildi. 1911-yil mehnatkashlarning harakatlaridan cho‘chigan 
mustamlaka ma’murlari bo‘lib tashlangan Bengaliyani birlashtirishga majbur bo‘ldilar. 
Poytaxt xavfsizroq hududda joylashgan Dehliga ko‘chirildi.
Milliy-ozodlik harakatini 
bo‘g‘ishga intilib, ingliz mustamlakachilari 1905-yilda Bengaliyani ikki qismga bo‘lib 
tashlashdi. Chunki, Bengaliya mustamlakachilikka qarshi kurashning eng kuchli 
harakat markazlaridan biriga aylangan edi. Bu tadbir aks ta’sirga ega bo‘ldi. Hindistonda 
milliy-ozodlik harakati yangidan kuchayib 104ketdi. Kalkuttada namoyish bo‘lib, unda 
100 ming kishi qatnashdi. Norozilik chiqishlari birin-ketin mamlakatning katta qismini 
egalladi. 1906-yil dekabrda „so‘l“ radikal oqim talabi bilan Hindiston milliy kongressi 
qo‘shimcha qaror qabul qildi. „Svaraj“ („o‘z hokimiyatimiz“), „Svadeshi“ („o‘z ishlab 
chiqarishimiz“), „Ingliz mollariga boykot“ xalq orasida katta e’tibor qozondi. Tilak nafaqat 
ingliz mollaridan, balki ingliz boshqaruvidan ham voz kechishga chaqirdi. Boshqaruvni 
hindlashtirishga, mahalliy burjuaziyani fabrika va zavod qurishga chaqirdi. 
„Svaraj“, „Svadeshi“ dasturi ommaga katta ta’sir ko‘rsatdi.1908-yili Bombey viloyatining 
Surat shahrida Hindiston milliykongressining qurultoyi chaqirildi. Mo‘tadil oqim ingliz 
imperiyasi tarkibida qolish, ayni paytda, o‘z-o‘zini boshqarish huquqiberilishi 
tarafdorlarining fikri ma’qullandi. Radikal oqim (Tilak boshliq) HMK tarkibidan 
chiqarildi. Ingliz ma’murlari tez orada qonunga xilof majlislar va matbuot 
haqida taqiqlovchi qonunlar chiqardilar va shafqatsiz qatag‘onga zo‘r berdilar. Ish tashlash 
harakatining rahbarlarini sud qilinmasdan otishga hukm qilina 
2
boshlandi. Shu yo‘l bilan 
Hindistondagi ozodlik harakatini vaqtincha bostirishga muvaffaq bo‘lindi.
3
 

Yüklə 380,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə