ODAM ORGANIZMI RIVOJLANISHINING UMUMBIOLOGIK QONUNIYATLARI. HARAKAT APPARATI FUNKTSIYASINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI VA GIGIENASI.
1-mashg‘ulot. ODAMLARNING SOMATOMETRIK KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH
Darsning maqsadi: Bolalar, o‘smirlar va kattalarning bo‘yi, vaznini o‘lchash orqali ularning rivojlanishini o‘rganish
Kerakli jihozlar. Bo‘y o‘lchagichlar, tarozilar.
1-ish. Bo‘y uzunligini o‘lchash
Bo‘y uzunligini yog‘ochdan yasalgan bo‘y o‘lchagich yoki metaldan yasalgan antropometr yordamida aniqlanadi.
Yog‘och bo‘y o‘lchagich tik holda platformaga mustahkam o‘rnatilgan 2 metrli reyka bo‘lib uni butun uzunligi bo‘yicha moslama yordamida surish mumkin. Bo‘y ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri aniqlash uchun moslamaga reykaga nisbatan gorizontal holdagi taxtacha o‘rnatilgan.
Vertikal holda o‘rnatilgan reykada ikki xil ko‘rsatkichni (biri unga o‘rnatilgan stulga o‘tirganda, ikkinchisi tik turganda) santimetrli belgilar bilan aniqlash ifodalangan.
Reyka o‘rnatilgan platforma o‘tirg‘ichi ochiladigan kursicha bilan jihozlangan. Kursichaning balandligi bolalar uchun 25 sm, kattalar uchun 35-40 sm.
Dostları ilə paylaş: |