Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari. Harakat apparati funktsiyasining yoshga xos xususiyatlari va gigienasi



Yüklə 335,59 Kb.
səhifə2/6
tarix31.12.2021
ölçüsü335,59 Kb.
#81368
1   2   3   4   5   6
1-A.mash. Odamning samotometrik kursatkich an.

Ishning bajarilishi. Bo‘yni o‘lchash uchun vertikal holda o‘rnatilgan reykaga orqa bilan tik turiladi. Bunda qorin tortilgan, qo‘llar tushirilgan, yelka to‘g‘rilangan, tovonlar birlashtirilgan holda bo‘lmog‘i lozim. Bo‘y o‘lchagichda to‘g‘ri turilganda tovon, quymich gumbazi va ko‘krak qafasidagi kuraklar orasiga vertikal turgan reyka tegib turishi kerak. Boshni shunday tutish kerakki, bunda ko‘z olmasining pastki qismi bilan quloqning eshituv teshigini ustki qismi bo‘yicha o‘tkazilgan chiziq bosh suyagida gorizontal holatda bo‘lishi kerak.

Yog‘och bo‘y o‘lchagichda, bo‘y uzunligini o‘tirgan va tik turgan holda o‘lchash mumkin. Tananing ayrim qismlarini (qo‘llarni, oyoqni va h.k.) o‘lchash uchun antropometrlardan foydalaniladi. Antropometrlar yog‘och bo‘y o‘lchagichlarga nisbatan unchalik aniq bo‘lmasa ham, tananing ayrim qismlarini o‘lchashda hamda ekspedisiya sharoitlarida ishlash uchun qulaydir.

Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarning bo‘yi gorizontal holatda maxsus bo‘y o‘lchagichlarda o‘lchanadi. Bu o‘lchagich uzunligi 100-120 sm li taxtadan yasalgan bo‘lib, ikkita planshyetka bilan ta’minlangan, bundan biri taxtaga nisbatan vertikal (bosh tomoniga), ikkinchisi suriladigan qilib o‘rnatilgan (bunisi bolaning tovoniga tiraladi). . O‘lchagichdagi, o‘lchov ko‘rsatkichlari sm larda berilgan. Bola orqasi bilan o‘lchagichga yotganda, oyoqlari to‘g‘rilanadi, tovoni to‘g‘ri burchak hosil qilguncha buklanadi, boshi o‘lchagichning tepa qismiga (yuqorida aytilgan holda) tegib turishi kerak .







1-Rasm. Katta va kichik yoshli bolalarning bo‘y uzunligini aniqlash.


Yüklə 335,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə