Odam anatomiyasi va fiziologiyasi



Yüklə 46,14 Kb.
səhifə4/11
tarix26.01.2023
ölçüsü46,14 Kb.
#99435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
anatomiya oraliq 2 variyant

Puls (tomir urishi). Qorinchalar qonni bosim ostida tomirlarga haydaganda qon tomirlarining tebranishi puls deyiladi. Pulsni teri ostida yuza joylashgan arteriya qon tomirlaridan yelka arteriyasi, bilakda, ikkiga shoxlangan joyda, chakkada va boshqa joylarda sezish va sinash mumkin.

Qon tomirining har bir tebranishi yurakning har galgi qisqarishiga to’g’ri keladi. Bir yoshli bolada puls soni minutiga 110 ta, 5 yoshda 90 ta, 10 yoshda 80 ta, 16 yoshda kattalarning pulsiga tenglashadi.

Odam hayajonlanganda, jismoniy ish bajarganda, yugurganda puls soni minutiga 180-200 martaga ko’payadi.

Qon bosimi. Qon bosimi qonning tomirlar devoriga ko’rsatgan bosim kuchidan yuzaga keladi. Qon bosimi ikki xil arterial va vena bosimiga bo’linadi. Odatda yurak-qon tomir sistemasining ish faoliyati asosan arterial bosimni o’ochash yo’li bilan aniqlanadi.

Arterial bosim ikki xil: maksimal va minimal bo’ladi. Maksimal bosim yurakning chap qorinchasi qisqarganda qonning aortaga va boshqa arteriya tomirlariga yuqori bosim bilan chiqarilishi natijasida hosil bo’ladi. U sistolik bosim bosim ham deyiladi. Minimal bosim yurakning chap qorinchasi kengaygan vaqtda aorta va boshqa arteriya tomirlarida bosimning kamayishi natijasida yuzaga keladi. U diastolik bosim ham deyiladi.

Arterial bosim yelka arteriyasida o’lchanadi. Katta yoshdagi sog’lom odamda tinch holatda maksimal bosim 110-120 mm. Minimal bosim 70-80 mm simob ustuniga teng. Yosh bolalarda qon bosimi kattalarnikiga nisbatan anchagina past bo’ladi.

Odamda arterial qon bosimning normaga nisbatan ortishi gipertoniya, pasayishi gipotoniya deb ataladi.

Yangi tug’ilgan bolada maksimal qon bosimi 60-65mm, minimal bosim 50mm bo’ladi. Bir yosh oxirida 90-105 mm, bo`ladi.

O’g’il va qiz bolalarning qon bosimi 5 yoshgacha bir xil bo’ladi. 5 yoshdan 9 yoshgacha o’g’il bolalarda simob ustunida 1-5 mm, ya’ni qizlarnikiga nisbatan yuqori bo’ladi. 9 yoshdan 13 yoshgacha qizlarda 1-5 mm bo’ladi. Jinsiy balog’at yoshida o’g’il bolalarda qon bosimi biroz ko’tariladi. Bolaning yoshi ortishi bilan qon tomirlar devorining torayishi, tana vazniga nisbatan yurak massasi va hajmining sekin ortishi hisobiga qon bosimi ham, puls bosimi ham ortib boradi, biroq qizlarda ancha sust ortadi. Bu esa o’g’il bolalarda yurak sistolik hajmining yuqori bo’lishi bilan izohlanadi.


3 Suyaklarning ` tuzilishi.


Suyaklar murakkab tuzilgan bo’lib. Ular tarkibiga barcha epitеliy, biriktiruvchi. muskul va nеrv to’qimalari kiradi. Suyak garkibini asosini suyak hujayralari (ostеoblastlar) tashkil etadi. Bu hujayralar suyaklarning a`zosik qismi bo’lgan ossеinni (oraliq oqsil modda) sintеz qiladi va uning minеral moddalar bilan birikishini ta'minlaydi.
Suyaklar ikki qavatdan iborat bo’lib, ustki qavati qattiq. zich plastinkasimon, ichki qavati g’ovaksimon tuzilishga ega. Ichki qavatida ko’plab ingichka kanalchalar bo’lib, ularda qon tomirlari joylashadi. Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda (pеriost) - suyak ustn pardasi bilan qoplangan. Bu parda biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, unda juda ko’p mayda qon limfa tomirlari, nеrv tolalari bo’ladi. Suyak usti pardasi suyakni oziq moddalar bilan ta'minlashda, uning o’sishida, singanda, еrilganda, jaroxatning bitishyda katta rol o’ynaydi.
Odam skеlеti 206 ta suyakdan tashkil topgan bo’lnb, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklaridir. Ba'zi adabiyotlarda tishlar bilan birgalikda suyaklarning soni 250 ga yaqin dеb ko’rsatilgan. Suyaklar 4 xil shaklda bo’ladi. Naysimon suyaklar - bular o’z iavbatida ikki xil bo’ladi. Uzun naysimon suyaklar (еlka, bilak, son, boldir suyaklilari): kalta naysimon suyaklar Sul va oyoqning kaft va barmoq suyaklari).
g’ovak suyaklari - bular ham ikki xil; uzun g’ovaksimon (qovurg’a, to’t, o’mrov), kalta g’ovaksimon (umurtqa, qo’l va oеqning kaft, kaft-ust, bilak-uzuk) suyaklar bo’ladi.
Yassi suyaklar - bosh suyagidagi tеpa, ensa, yuz, kurak va chanoq suyaklari.
G’alvirsimon suyaklar - yuqorigi jag’, pеshona, bosh suyagining pastki asos qismidagi pеshonasimon va g’alvirsimon suyaklar.


Yüklə 46,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə