Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Fan dasturi


Yurak – qon tomirlari sistemasi



Yüklə 192,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix30.12.2023
ölçüsü192,35 Kb.
#164404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Одам анатомияси

Yurak – qon tomirlari sistemasi. 
 
Qon aylanish va limfa sistemasining ta’rifi. Qon tomirlarinint turlari, joylanishi. 


Kapilyarlar, venalar, arteriyalar va aorta. qon tomirlari devorining tuzilishi. Tomirlarning 
tarmoqlanishi. Qon aylanish doiralari. Arteriya qon tomirlari ontogenezi. Aorta va uning 
tarmoqlari. Katta va kichik qon aylanish doirasidagi tomirlarning joylanishi va tavsifi. Vena 
tomirlar sistemasi, yuqori va pastki kovak venalar, kichik va katta vena doiralari haqida 
to`shuncha. Yurakning xususiy qon tomirlari. Arteriya va vena sistemasining filogenezi va 
tomirlarning anomaliyasi. Anastomozlar va kollarterial haqida to`shuncha. Qon aylanishning 
ahamiyati. Embrionda qon aylanishi, bola tug‘ilgandan so‘ng qon aylanishining o‘zgarishi. 
Yurakning ahamiyati va tuzilishi. Yurak devorlari, bo‘shliqlari, klapanlari va muskullari 
haqida to`shuncha. 
Yurakning toj tomirlari va o‘tkazuvchi sistemasi. Yurak va limfa tomirlari, yurak xaltasi 
va uning topografiyasi. Yurakning filogenezi va anomaliyalari. bo‘shliqlari, klapanlari va 
muskullari haqida to`shuncha. Bola va katta odam yurak tomir sistemasining o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
Limfa sistemasining ahamiyati, uning tarkibi, tomirlari va oqimlari. Organizmda limfa 
sistemasining joylanishi (yuza va chuqur limfalar). Limfa tugunlari, ularning vazifalari. 
Organizmda infeksiyaning tarqalishida limfa sistemasini ahamiyati. Limfa sistemasi 
filogenezi va ontogenezi. Limfa sistemasining yoshga xos xususiyatlari.
Taloqning tuzilishi, funksiyasi va ahamiyati. 
Nerv sistemasi. 
 
Nerv sistemasi va uning ahamiyati. Nerv sistemasining struktura birligi neyronning 
tuzilishi, turlari va ahamiyati. Nerv tolasining tuzilishi. Miyaning oq va qo`l rang moddalari. 
Nerv sistemasi markaziy va pereferik bo‘limlari tavsifi. Nerv sistemasining embriogenezi.
Orqa miyaning tashqi va ichki tuzilishi, sistemalari. Orqa miyani o‘rovchi pardalar. 
Orqa miyaning rivojlanishi. Orqa miya ildizlari. Orqa miya nervlarining tarqalishi va chiqish 
joylari. Orqa miya nervlari shoxlari va bo‘linish joylari. O‘tkazuvchi yo‘llar. Oldingi va orqa 
shoxlarning joylanish xususiyatlari. Orqa miyaning bo‘yin, elka, bel, dumg‘aza va 
qovurg‘alararo chigallari, ularning asosiy tarmoqlari va tolalari. Orqa miyaning yosh bilan 
bog‘lik xususiyatlari. 
Bosh miya va uning rivojlanishi. Bosh miya bo‘limlari: uzunchoq miya, Voroliev 
ko‘prigi, miyacha, o‘rta miya, oraliq miya, ularning morfologiyasi, ahamiyati va tavsifi. To‘rt 
tepalik haqida to`shuncha. Oq va qo`l rang moddalarning joylanishi. Bosh miyaning nerv 
markazlari va o‘tkazuvchi yo‘llari. Katta yarim sharlarning bo‘limlari, egatlari va burmalari. 
Bosh miya yarim sharlarining mirkoskopik tuzilishi. Limbik sistema. Retiqo`lyar
formatsiya. Bosh miyaning kishi yoshiga binoan shakllanishi. Bosh miya nervlari, 
ularning soni, kelib chiqishi, tolalarning tarkibi va tarqalishi. 
Nerv snstemasining vegetativ avtonom qismi, uning asosiy anatomik xususiyatlari. 
Vegetativ nerv sistemasining simpatik bo‘limi, chegara stvoli, simpatik tugunlari va nervlari. 
Parasimpatik nervlar, ularning markaziy neyronlari. Parasimpatik tolalarning periferiyaga 
chiqish yo‘llari, ularning tugunlari. 

Yüklə 192,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə