«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”



Yüklə 97,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix23.12.2023
ölçüsü97,6 Kb.
#154481
1   2   3   4   5   6   7   8   9
25599 1 8805A99E1F85515DC820E238DB12EFB8050F42FE

“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
42 
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston 2030 yilga borib daromad darajasi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan 
davlatlar qatoriga qo‘shilishi uchun YaIMning o‘sish sur’atlari hozirgi darajadan ancha yuqori bo‘lishi 
kerak. 
Jahon banki O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘lidagi asosiy muammolar va 
imkoniyatlar tahlil qilingan yangi tadqiqotini e‘lon qildi. Unda xususiy sektor o‘sishi yo‘lidagi to‘siqlarni 
bartaraf etish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini cheklash, inson kapitalini rivojlantirish va 
mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tishi bo‘yicha tavsiyalar mavjud. 
«Rasmiylar ulkan maqsadlarni ko‘zlab, islohotlarning keyingi bosqichiga hozirlik ko‘rmoqda. 
Xususan, 2026 yilgacha aholi o‘rtasida kambag‘allikni ikki baravar kamaytirish, shuningdek, 2030 yilga 
borib daromad darajasi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga qo‘shilish ko‘zda tutilgan. Bunga 
erishish uchun YaIMning o‘sish sur’atlari hozirgi darajadan ancha yuqori bo‘lishi talab qilinadi. Ushbu 
maqsadlarga ish o‘rinlarini yanada ko‘proq yaratish hamda fuqarolarning, jumladan, yoshlar, ayollar va 
nogironligi bor shaxslarning iqtisodiy jarayonlarda ishtirok etish imkoniyatlarini oshirish orqali erishish 
mumkin», deyiladi hisobotda. 
O‘zbekistonga yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi to‘rtta yo‘nalishda rivojlanish 
yordam berishi mumkin: 
1)
xususiy sektor o‘sishini rag‘batlantirish va barqaror ish o‘rinlarini yaratish; 
2)
davlatning iqtisodiyotdagi rolini isloh qilish; 
3)
fuqarolar manfaatlariga va inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladigan dasturlarga investitsiya 
qilish; 
4)
ekologik barqaror kelajakni barpo etish. 
Shuningdek, hisobotda rasmiylar uchun tavsiyalar berilgan va yuqorida keltirilgan yo‘nalishlarda 
quyidagi ustuvor islohotlarga e’tibor qaratish zarurligi qayd etilgan: 
Mamlakatda xususiy sektor o‘sishini rag‘batlantirish uchun: 
-
yer, mehnat va moliyaviy resurslarni taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish; 
-
xususiy sektorda raqobatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy bazani isloh qilish; 
-
xususiy sektorning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishiga ko‘maklashuvchi tashqi savdo va 
investitsiya siyosatini olib borish; 
-
xususiy sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali xizmatlarni rivojlantirish; 
-
qishloq xo‘jaligi bozorlaridagi islohotlarni jadallashtirish, bu esa davlatning ularning faoliyatiga 
aralashishiga chek qo‘yadi. 
Davlat ko‘magi bilan mamlakatda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun: 
-
davlatning tovar va xizmatlarning asosiy ishlab chiqaruvchisi funksiyalaridan bozorni rivojlantirishni 
rag‘batlantiradigan funksiyalariga o‘tkazib, uning rolini transformatsiya qilishni jadallashtirish; 
-
davlat korxonalarining iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirish va ularning samaradorligini oshirish; 
-
zarur ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish; 
-
korrupsiyaga qarshi kurashish va turli hokimiyat organlarining boshqaruv faoliyatini takomillashtirish; 
-
davlat funksiyalarini markazsizlashtirishni davom ettirish; 
-
davlat organlarining fuqarolar oldidagi hisobdorligini oshirish zarur. 
Mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish uchun: 
-
ta’lim tizimi faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish orqali uning sifatini oshirish; 
-
maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatini yaxshilash; 
-
sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini va fuqarolar uchun undan foydalanish imkoniyatini 
oshirish; 
-
butun mamlakat bo‘ylab suv ta’minoti va sanitariya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini 
kengaytirish; 
-
kambag‘allikni o‘lchash tizimini, unga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarini va ularning 
maqsadliligini takomillashtirish; 
-
aholi zaif qatlamlarining mehnat bozorida keng ishtirokini rag‘batlantiruvchi davlat siyosatini ishlab 
chiqish; 
-
ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish va u bilan aholining muhtoj qatlamlarini qamrab olish 
kerak. 
Mamlakatning ekologik barqaror kelajagini barpo etish uchun: 
-
tabiiy resurslarni, jumladan, suv va yer resurslarini samaraliroq boshqarish; 
-
atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilarini yanada kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish
iqtisodiyotning turli tarmoqlarini, shu jumladan energetika sohasini modernizatsiya qilish bo‘yicha 
chora-tadbirlar ko‘rish; 



Yüklə 97,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə