«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 97,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix23.12.2023
ölçüsü97,6 Kb.
#154481
1   2   3   4   5   6   7   8   9
25599 1 8805A99E1F85515DC820E238DB12EFB8050F42FE

mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
41 
1- rasm. MDH davlatlari YaIMning o’sish (kamayish) sur’atlari
1
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, transport va IT sohalari eng faol - birdaniga 14,7 foizga o'sgan. Eng 
past o‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (3,6 foiz) kuzatildi. 
AQSH dollarida oʻrtacha kurs boʻyicha hisoblanganda nominal YaIM 80 384 million dollarni tashkil etdi 
va oʻtgan yilga nisbatan 11,18 milliard dollarga oshib, 2020 yilga nisbatan 9,3 milliard dollarga koʻp boʻlib, 
69 235 million dollarni tashkil etdi. 
2021 yil yozida prezident Shavkat Mirziyoyev 2026 yilga borib O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarini 1,5 barobarga oshirish va YaIM hajmini kamida 100 mlrd dollarga yetkazishni 
rejalashtirayotganini 
ta’kidlagan 
edi. 
2022- yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 4 
million 604,6 ming so‘m (420 AQSH dollari)ni tashkil etib, 2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 
3,7 foizga o‘sdi. 
Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirish maqsadida «Yangi 
O‘zbekiston»ning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni amalga oshirish 
bo‘yicha «yo‘l xaritasi» loyihasi 
jamoatchilik muhokamasiga 
taqdim etildi. 
Keng jamoatchilik 
muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan 
ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) va uni “Inson 
qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. 
-
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat 
barpo etish; 
-
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga 
aylantirish; 
-
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; 
-
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; 
-
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; 
-
milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; 
-
mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat 
olib borish. 
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun nimalar qilish kerak – Jahon banki ekspertlari 
tavsiyalari: 
1
Milliy statistika xizmatlarining rasmiy saytlaaridan olingan ma'lumotlar asosida 



Yüklə 97,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə