O. K. Toxoniravning kompyuterlashtirilgan psixodiagnostika bosqichlar tahlilga bag'ishlangan esse yozish. Reja


Ma’lumotlarni to’plash bosqichi va psixodiognostik vaziyatlar klassifikasiyasi



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə3/6
tarix21.10.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#129398
1   2   3   4   5   6
O K Toxoniravning kompyuterlashtirilgan psixodiagnostika bosqichlar

Ma’lumotlarni to’plash bosqichi va psixodiognostik vaziyatlar klassifikasiyasi
Diagnostik metodlar yordamida ma’lumotlar to’plash jarayoni o’rganilayotgan hodisa va sinaluvchi haqidagi obyektiv halqa subyektiv ko’rsatkichlar jamlanmasi bilan tanishishdan boshlanadi. Barcha mashhur psixodiagnostik metodikalar mualliflari, tadqiq qilinayotgan sinaluvchining o’tmishi va hozirgi hayoti haqida mukammal o’rganib chiqishga katta ahamiyat beradilar. Bu bilan tadqiqotning asosiy foni yaratilib, tashxis va tahlil uchun zarur bulgan shaxsni umumiy obraz elementlari belgilanadi.
Psixologik adabiyotlarda psixodiagnostik jarayon hisoblangan “tadqiqotchi-sinaluvchi” kabi o’zaro munosabat tizimini yaratilishiga daxldor turli o’zgaruvchanlar ta’sirini tahlil qilishga keng o’rin ajratilgan. Odatda bu ta’sirning:

  • vaziyatli o’zgaruvchanlar;

  • tadqiqot vazifasining o’zgaruvchan maqsadlari;

  • tadqiqotchi va sinaluvchining o’zgaruvchanligi kabi turlari ajratiladi. Bu ko’rsatkichlarning ahamiyati tadqiqot o’tkazish, uni tahlil qilish va olingan natijalarni qo’llay bilish kabi jarayonlardagina inobatga olinishi lozim. Ma’lumki, testlashtirish jarayoniga kuchli ta’sir etuvchi omillarning barchasini ham nazorat qilib bo’lmaydi. Shu bois, testlashtirish tayyorgarligi jarayonida favqulodda kutilmagan vaziyatlarni yuzaga kelishini inkor etmasdan, uning bir maromda o’tkazilishini ta’minlash dolzarbdir. Testdan foydalanayotgan psixolog sinaluvchining hukmiga havola etilayotgan topshiriq va vazifalarni bajarilishi uchun barcha diqqat-e’tiborini yo’naltirishiga hamda bor kuch-quvvatini safarbar eta olishiga to’la ishonch hosil qilishi kerak.

Fanda psixodiagnostik vaziyatlar klassifikasiyasi yaratilgan bo’lib, V.I.Drujinin (1990) uning to’rtta varianti mavjudligini ta’kidlaydi:

  • tadqiqotda ixtiyoriy ishtirok etish va keyingi bosqichlarning mustaqil tanlovi (psixologik maslahat);

  • tadqiqotda majburiy ishtirok etishi, ammo keyingi harakatlarda mustaqil tanlovga ega bo’lishi (testni ishlab chiqishda talablarni o’rganish);

  • tadqiqotda majburiy ishtirok etish va tadqiqotdan so’nggi harakat tanlovi cheklangan (egallab turgan mavqyei talablariga ko’ra mos keluvchi testlashtirish);

  • tadqiqotda ixtiyoriy ishtirok, lekin keyingi harakatlarning cheklanganligi (professional tanlov).

Qo’shimcha sifatida shuni aytish kerakki, har qanday psixodiagnostik tadqiqotlar sinaluvchilarda tajriba motivini faollashtiradi. Uni minimal darajaga olib kelish esa, psixologning vazifalaridan biri hisoblanadi.
Metodikalarni tanlash jarayoni iloji boricha shaxsning individual xususiyatlarini o’z ichiga qamrab olgan bo’lishi kerak bo’ladi. Bu – o’z o’rnida diagnostik yechim va tahlilning aniqligini kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Shuningdek, diagnostik vazifalarga mos keladigan metodikalarning tanlanishi tadqiqotni o’tkazlishni shakllantirilishi va undan olinadigan natijalar foydalanilayotgan usul xususiyati asosida ham aniqlanadigan bo’lishi kerak. “Taxminiy” baholar standart kattaliklar va aqliy koeffisiyentlarga aylanadi hamda “shaxs ko’rinishi – chizmasi” yaratiladi.

Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə