O. K. Toxoniravning kompyuterlashtirilgan psixodiagnostika bosqichlar tahlilga bag'ishlangan esse yozish. Reja


Psixodiagnostik tajribalarga qo’yiladigan asosiy talablar



Yüklə 73,5 Kb.
səhifə2/6
tarix21.10.2023
ölçüsü73,5 Kb.
#129398
1   2   3   4   5   6
O K Toxoniravning kompyuterlashtirilgan psixodiagnostika bosqichlar

Psixodiagnostik tajribalarga qo’yiladigan asosiy talablar
Tajriba o’tkazish davomida rioya qilish kerak bo’lgan talablar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • sinaluvchilarga ko’rsatmalarni yozma ravishda bir xil tarzda ma’lum qilmoqlik, og’zaki shaklda berilgan taqdirda esa, aynan, o’sha so’zlar yordamida bir xil tarzda eshittirilishi;

  • biror sinaluvchiga boshqalarga nisbatan hyech qanday imkoniyat yaratmaslik;

  • eksperiment davomida ayrim sinaluvchilar uchun qo’shimcha tushuntirilishlar berilmaslik;

  • turli guruhlar bilan bo’ladigan eksperimentning doimo imkon darajasida bir xil vaqt va sharoitda o’tkazilishi;

  • barcha sinaluvchilar uchun topshiriqlarni bajarish vaqtining bir xil belgilanishi va hokazo;

Shunga qaramasdan odatda, metodika mualliflari, qo’shimcha ravishda uning o’tkazilish jarayoni haqida aniq ko’rsatmalar beradilar.
Tajriba jarayonini standartlashtirish va statistik normalar
Diagnostik metodikalar tadqiqot metodlaridan standartlashgan holda bo’lishi bilan ajratib turadi. Standartizasiya – testni o’tkazish va bajarishni baholash jarayonining bir xilligidir. U ikki xil, eksperiment jarayoniga yakka talablarni ishlab chiqish va diagnostik sinovlar natijalarini baholashdagi yakka mezonni (kriteriy) aniqlashdan iborat tarzda izoh etiladi.
Diagnostik metodlarni adekvat ishlab chiqish uchun, tajriba o’tkazish sharoitlarini va uning natijalari tahlilini maksimal darajada standartlashtirish lozim bo’ladi. Tajriba shartlarini standartlashtirishga esa, quyidagilar kiradi:

  • eksperimentni o’tkazish;

  • instruksiya (yo’riqnoma);

  • testlashtirish jarayonining tasviri.

Diagnostik tajriba (eksperiment)larni standartlashtirish jarayoni o’tkaziladigan tadqiqotning shart-sharoitlari, ko’rsatmalari, blankalari, qayd qilish usullarini bir xil shakldagiligini anglatadi.
Metodikalarni standartlashtirishning yana bir muhim bosqichi diagnostik tadqiqot natijalarini taqqoslash imkoniyatini beradigan mezonlarni tanlashdan iborat bo’ladi. (Chunki diagnostik metodikalarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bajarishishi uchun, oldindan tayyorlangan standartlari mavjud emas.)
Umuman olganda, diagnostik metodikalarning normaga asoslangan holda standartlashtirilishi – bu metodika mo’ljallangan guruhdan farqlanmaydigan boshqa kattaroq sinaluvchilar ishtirokida amalga oshirilishidir. Saralangan standartlashtirishda sinaluvchilar guruhi uchun maxsus normalar ishlab chiqiladi. Bunda aniqlanishi lozim bo’lgan xususiyat berilgan topshiriqning nafaqat o’rta, balki undan kam yoki ko’p jihatli bosqichlarida ham o’rganiladi. Natijada, diagnostik tajribani muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz bajarilishining turli bosqichlarini baholash mumkin bo’ladi. Bu esa, sinaluvchining saralangan standartlashtirishga nisbatan psixik holatini aniqlash imkoniyatini beradi (A.Anastazi, 1982).
Jumladan, Stenford-Bine testi uchun statistik norma 2,5 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan (4498 kishidan tashkil topgan) sinaluvchilardan iborat saralashda aniqlangan edi. Natijada, matematik-statistika asosida bajarilgan murakkab ish yordamida, aqliy rivojlanish yoshning norma va chegaralari aniqlangan. Ular 84 dan 116 gacha bo’lgan diapozonda joylashgan. Shunga ko’ra, ushbu chegaralarga kirmaydigan sinaluvchilarning natijalari norma atrofida deb baholanadi. Kimning natijalari 84 dan kam bo’lsa, normadan past, 116 dan yuqoriligi esa, normadan balandligini ifoda etadi.
Psixodiagnostikada diagnostik tajribalarni baholashda boshqacha yondoshish ham mavjud bo’lib, u K.M.Gurevich tomonidan yaratilgan. Unga ko’ra, testlarni hisoblashda statistik norma ahamiyat kasb etmasdan, tajribaning natijalariga bog’liq bo’lmagan, obyektiv tarzda berilgan ijtimoiy-psixologik normativ ahamiyatliroq hisoblanadi. Bu o’rinda, ijtimoiy-psixologik normativ testni tashkil qiladigan topshiriqlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Binobarin, testning o’zi ham mavjud hajmi bilan bunday normativ vazifasini bajara oladi. Testni individual va guruhiy natijalarning taqqoslanishi talabga muvofiq maksimum darajada amalga oshiriladi. Baholash mezoni bo’lib normativga yaqin natijalarni aks ettiradigan ko’rsatkichlar hisoblanadi.

Yüklə 73,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə