|
Nutqning aniqligi, mantiqiyligi va sofligi
|
səhifə | 1/2 | tarix | 22.03.2024 | ölçüsü | 8,17 Kb. | | #183727 |
| Nutqning aniqligi, mantiqiyligi va sofligi-fayllar.org
Nutqning aniqligi, mantiqiyligi va sofligi
NUTQNING ANIQLIGI, MANTIQIYLIGI VA SOFLIGI
Bajardi: Orolova Shaxodat Yusup qizi
107 guruh
Nutq so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko`rinishi bo`lib, u faqatgina tilga bogliq hodisa sanalmasdan, u ham ruhiy, ham estetik hodisadir.
Shuning uchun unga namunaviy nutq sifatida baho berilganda tinglovchi va kitobxonga ko`zda tutilgan maqsadning, aytilmoqchi bo`lgan muddaoning to`liq borib yetishi, bu talablar grammatik jihatdan nutqning to`gri bo`lishini, so`zlar ko`zlangan manoni aniq aks ettirishini, chiroyli, yorqin va tasirchan bo`lishini taqozo qiladiki, ular nutqning asosiy xususiyatlari sifatida qaraladi. Nutq haqidagi ta’limot ortologiya ana shu sifatlarni o`rganish bilan shugullanadi.
Qadimgi davrlarda ham nutqning bu jihatlariga alohida etibor berib kelishgan. Masalan, rimliklar namunaviy nutqning sifatlarini o`zida aks ettiruvchi qoidalar ishlab chiqishgan. Mashhur notiq Siseron fikricha, aniqlik va tozalik nutq uchun shunchalik zarurki, ularni asoslab o`tirishning ham hojati yo`q. Ammo notiq tinglovchilarni o`ziga jalb qilishi uchun bu sifatlar hali yetarli emas. Buning uchun nutq jozibador bo`lishi ham kerak. Notiq Dionis Galikarnas esa nutqda maqsadga muvofiqlikni muhim deb hisoblagan. XII-XIII asr O`rta Osiyo manaviyatining yirik vakili hisoblangan Mavlono Husayn Voiz Koshifiy ham «Futuvvatnomai sultoniy» asarining «Tariqat ahlining odobi» deb nomlangan beshinchi bobida nutqning bu fazilatlari haqida muhim tezislarni ilgari surgan.
Agar nutq malum vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirilishini nazarga olinsa, bunda joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining maqsadi kabi omillar katta ahamiyatga ega bo`ladi. Aytilganlarni qisqacha umumlashti-radigan bo`lsak, nutqning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash lozim bo`ladi: to`grilik, aniqlik, mantiqiylik, tasirchanlik, obrazlilik, tushunarlilik va maqsadga muvofiqlik. Quyida ular haqida qisqacha malumotlar beriladi.
Nutqning to`griligi
Nutqning to`gri bo`lishi uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning to`gri tuzilgan bo`lishi tomonlarning so`zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o`quvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini taminlaydi. Agar nutq to`gri bo`lmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo`lmaydi. To`grilik deganda, - deb yozadi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning malum paytda qabul qilingan meyorining qatiy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, orfografik, lugat va grammatik meyorlarini egallashni tushunish lozim bo`ladi. Demak, nutqning to`gri bo`lishi dastlab uning adabiy til meyorlariga muvofiq kelishi bo`lib hisob-lanadi.
Nutqning to`gri bo`lishi asosan ikki meyorga urgu va grammatik meyorga amal qilishni taqozo qiladi. So`zlardagi ayrim bo`ginlarning zarb bilan talaffuz qilinishi, yani ularga urguning tushishi hamma tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. O`zbek tilida shunday hodisa kuzatiladi. Masalan, olma so`zini olaylik. Bu so`zni alohida, urgusiz olib qaraganda uning qanday mano anglatayotganini bilish qiyin bo`ladi. Urgu esa undagi manoning reallashuviga ko`maklashadi, yani o*lma tarzida urgu birinchi bo`ginga tushganda harakat, olma* tarzida oxirgi bo`ginga tushganda esa mevaning bir turi manosi anglashiladi. Tilimizda bunday so`zlar anchagina: qa*tlama qatlama*, ho*zir hozi*r, yigitcha* yigi*tcha, o`quvchi*miz o`quvchimi*z, ya*ngi yangi* kabi. So`zlardagi bu xususiyatlarni farqlamasdan, urguni noto`gri qo`llash so`zlardagi manoning buzilishiga olib keladi. So`zlar talaffuzidagi bu kabi holatlarga, ayniqsa, maorif va madaniyat xodimlari etibor berishlari va boshqalarga o`rnak bo`lishlari lozim.
Nutqning aniqligi
Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifat-laridan biridir. Agar to`grilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqarida bo`lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo`ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi o`zidir.
O`zbek tilining aloqa vazifasi doirasida yozuvchilik va jurnalistlik faoliyatida, o`qish-o`qitish jarayonida, millat vakillarining kundalik muloqot jarayonida bunday kamchiliklar uchrab turibdi. Tildagi bu nuqsonni V.V.Vinogradov ham o`z vaqtida qayd qilgan edi: «
uchinchi keng tarqalgan stilistik kasallik bu so`zning voqyelikka mos kelmasligidir, so`zning predmetdan uzilib qolishi bu buzilish, hatto bazan uning predmet (asosiy) manosini yo`q qilishdir. Bu kasallik tasvirlanayotgan hayot bilan tanish bo`lmaslikdan, yozuvchilar o`zlari chizayotgan narsa va hodisalarni yaxshi bilmasligidan kelib chiqadi».
Shunday qilib, aniqlik bu so`zning o`zi ifodalayotgan voqyelikka mos va muvofiq kelishidir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|