Nutqiy voqelanishi


Kesimning nutqiy voqelanishi



Yüklə 202,82 Kb.
səhifə2/9
tarix30.12.2023
ölçüsü202,82 Kb.
#165023
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-qism

Kesimning nutqiy voqelanishi
Kesimning leksemashakl bilan ifodalanishi


1- §. Boshqa sintaktik bo‘laklar qatori kesim ham asosan leksemashakl bilan, qisman birikmashakl bilan, frazemashakl bilan ifodalanadi. Тahlilga jalb qilingan 502 misoldan 404 misolda kesim leksemashakl bilan, 60 misolda birikmashakl bilan, 35 misolda frazemashakl bilan ifodalangan.
Kesim vazifasida tuslovchili leksemashakl keladi; shaxs­son ma'nosining kesim tarkibida nisbatlovchi bilan ifodalanishi ayrim sintaktik qurilmalarda-gina voqe bo‘ladi, bularda nisbatlovchi go‘yo tuslovchi vazifasini bajaradi. Bunday holatga quyidagi ikki misol uchradi:
Ertalab maktabga borishing kerak (O‘tkir Hoshimov). Ishga tushguncha ancha narsa o‘qib olishim kerak (Hamid G‘ulom). Bajaruvchining shaxs­soni nisbatlovchi bilan aniq ifodalanishi tufayli bunday gapshakl tarkibida ega bo‘lak odatda qatnashmaydi; bajaruvchini ta'kidlash lozim bo‘lsa, ega bo‘lak albatta qatnashadi: Bu javobdan keyin men ketishim kerak (Hamid G‘ulom) kabi.
Qolgan 402 misolda kesim tuslovchili leksemashakl bilan, shulardan 330 misolda tuslovchili fe'l leksemashakl bilan, 71 misolda tuslovchi qo‘shilgan boshqa turkum leksemashakli bilan ifodalangan.


Kesimning tuslovchili fe'l leksemashakl
bilan ifodalanishi
2- §. Bunday leksemashakllarda tuslovchidan oldin bo‘lishli-bo‘lishsizlik, o‘rni bilan mayl, zamon ko‘rsatkichlari qatnashadi, lekin mustaqil kesimlikni bunday leksemashakl oxiridagi tugallovchi ko‘rsatkich – tuslovchi ta'minlaydi.
Kesimlik ko‘rsatkichlari (kesimlik kategoriyasi) qatoriga harakatning voqelanish tarzini ifodalaydigan ko‘makchi fe'llarning kiritilishi noo‘rin: bular kesimni shakllantiradigan vosita emas.
Analitik grammatik shakl hosil qiladigan edi, ekan, emish affiksoidlarini alohida ajratish uchun asos yo‘q: grammatik ma'noning (bu yerda zamon ma'nosining) sintetik va analitik shakllar bilan ifodalanishi bir butun holda baholanishi to‘g‘ri.
Kesim vazifasidagi fe'l leksemashakl tarkibida bo‘lishli-bo‘lishsizlik paradigmasining (B) va tuslash paradigmasining (Т) ko‘rsatkichi albatta qatnashadi; FL + B + Тs. Demak, boray leksemashakli bor +  IV + ay qismlaridan, bormay leksemashakli bor + ma + y qismlaridan tarkib topgan. Тuslovchilarning bu subparadigmasi mayl ma'nosini ham ifodalashga xoslangan; shunga ko‘ra bunday tuslovchini asli ТM tarzida yozib ko‘rsatish to‘g‘riroq.
Ko‘rinadiki, tuslovchilarning bu subparadigmasiga mansub ko‘rsatkichlar shaxs-son ma'nosini mayl ma'nosi bilan birga ifodalaydi, shunga ko‘ra sin-kretiklik, fuziya haqida gapiriladi. Asli bu yerda sinkretiklik, fuziya shaxs-son ma'nosi bilan mayl ma'nosining birga ifodalanishidan iborat; shaxs va son ma'nolari esa asli alohida-alohida ko‘rsatkich bilan ifodalanadi; boray - boraylik kabi. Qiyoslash ko‘rsatadiki, -aylik affiksi tarkibida -ay qismi shaxs ma'nosini, -lik qismi ko‘plik (son) ma'nosini ifodalaydi; demak, -lik affiksiga zidlab birlikning nol ko‘rsatkichli morfema bilan ifodalanishi aniqlanadi. Lekin tuslovchi yaxlitligicha bir paradigmaning (bir grammatik kategoriyaning) ko‘rsatkichi bo‘lgani tufayli bu yerda birlik uchun  ko‘rsatkichi odatda yozilmaydi.
Demak, bunday tuslovchilarda shaxs-son ma'nosining ifodalanishida sin-kretiklik, fuziya yo‘q; sinkretiklik bu yerda shaxs-son ma'nosi bilan mayl ma'nosining birga ifodalanishida mavjud deyish mumkin. Тuslovchi (-y) boray kabi leksemashakl tarkibida bo‘lishlilik, kelasi zamon ma'nolarini ham ifodalaydi degan fikr grammatik paradigmalar tarkibidagi nol ko‘rsatkichli morfemalarni to‘g‘ri hisobga olmaslik oqibatida yuzaga kelgan.
Тuslovchili fe'l leksemashakl tarkibida mayl va zamon ko‘rsatkichlarining turlicha qatnashuvi "Gapshaklni yuzaga keltiradigan asosiy omillar" sarlavhasi ostida bayon qilindi.
3- §. Bo‘lishli­bo‘lishsizlik paradigmasi shakllarining nutqda voqelanishi keskin farq qiladi: 330 tuslovchili fe'l leksemashakldan faqat 21 misol bo‘lishsiz shaklda, qolgan 309 misol bo‘lishli shaklda ishlatilgan, nol ko‘rsatkichli morfema bilan ifodalangan. Bir misolda qat'iy bo‘lishlilik -ma affiksini leksemashakl tarkibida ikki marta ishlatish bilan ifodalangan: bormasam bo‘lmaydi  albatta borishim kerak kabi.
Mayl turlari ham nutqda juda oz voqelanadi. Kuzatilgan fe'l leksema-shakllar orasida 26 misol buyruq-istak mayli shaklida (asosan II shaxs, qisman I shaxs, juda oz III shaxs shaklida), -sa istak mayli ikki misolda, -moq-chi maqsad mayli ham ikki misolda ishlatilgan (-sa affiksining shart mayli yasovchisi bo‘lib kelishi "Qo‘shma gapshakl" bahsida tasvirlanadi).
Qolgan 300 misol zamon paradigmasining turli shakllarida voqelangan: 230dan ortiq misol o‘tgan zamon shakllarida, 50dan ortiq misol -a-y affiksi bilan yasaladigan kelasi zamon shaklida, 5 misol -yap affiksi bilan yasaladigan hozirgi zamon shaklida uchradi.
O‘tgan zamon shakllari orasida eng ko‘p – 195 misol -di affiksi bilan yasalgan; o‘tgan zamonning sintetik shakllari 7 misolda -b affiksi bilan, 6 misolda -gan affiksi bilan yasalgan; 10 misolda -gan edi, 10 misolda -r edi, 3 misolda -r ekan, 2 misolda -moqda edi, bir misolda -gan ekan analitik shakl yasalishi uchradi.
Lison nuqtayi nazaridan zamon paradigmasining barcha ko‘rsatkichlari o‘zaro teng deb qaraladi, lekin ularning nutqda namoyon bo‘lishi keskin farq qiladi: Тuslovchili fe'l kesim (demak, gapshakl) nutqda asosan -di affiksi bilan yasaladigan aniq yaqin o‘tgan zamon shaklida va -a-y affiksi bilan yasaladigan sof aniq kelasi zamon shaklida ishlatiladi.



Yüklə 202,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə