Nutq madaniyatini o`rganish tarixi



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə5/6
tarix21.10.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#129512
1   2   3   4   5   6
nutq madaniyati tarixi

Mavlono Riyoziy
Mavlono Riyoziy Zove deb atalgan viloyatda o`sgan bo`lib, o`z bilimi bilan qozilik lavozimiga ko`tariladi. Insonparvarlik qarashlari tufayli qozilik lavozimidan chetlashtiriladi, g`ariblikda, ta`qib ostida hayot kechiradi. Uning nutqida hamdarlik tuyg`ulari kuchli bo`lgan. Nutq so`zlash jarayonida yig`lash darajasiga yetib borgan. Shuningdek, u zamonasining iste`dodli donishmandi, dunyoviy fanlar bilimdoni, mashhur pedagog sifatida shuhrat qozongan.
Husayn Voiz Koshifiy Eronning shimoliy-sharqidagi Sabzavor shahrida tug`ilgan. Voiz Koshifiy ko`p fanlarni egallagan , mashhur olim bo`lgan. “Javohirut tafsir” yoki “Tavsiri Husayniy”, “Mavohibud dunyo”, “Lubbi lubob”, “Anvari Suxayliy”, “Ravzatush shuhado”, “Dah majlis”, “Ahloqi Muhsiniy”, “Mahzanul insho”, “Sabo”, “Koshifiya”,”Asrori Qosimiy”, “Hotamnoma”, “Ixtiyoriyot”, “Matla`ul -anvor” kabi asarlar muallifi.
Shu qadar mashhur voiz bo`lganki, uning nutqini tinglash uchun turli tomonlardan odamlar kelgan notiqning ovozi etib borolmagan o`rinlarda uning ichki ruhiy holatini turli holatlar orqali ifodalanishini kuzatganlar. Uning o`g`li Faxriddin Ali Safiy “Latoyifut-tavoif” asarida otasi haqida ma`lumotlar beradi. Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro bu voizning mahoratiga qoyil qolganliklari uchun hatto o`z asarlarini rasmiy ijro etish uchun bu ishga Husayn Voiz Koshifiyni munosib ko`rganlar. 898 (1492) yil 8 noyabrda A. Jomiyning dafn etish marosimida Navoiy o`zining tarkiband-tarixini va 7 band 140 misradan iborat marsiyani o`qib eshittirish uchun unga topshiradi. Voiz Koshifiy jadval asosida ishlagan. Xondamirning aytishicha, juma kuni Hirotning markaziy chorsusida shoh namozgohida va`z aytsa, shu kun peshindan keyin Navoiy masjidida, seshanba kuni Sulton Husayn madrasasida, chorshanba kuni pir (Muraj) Mujarrad Xoja Abdul Valid Ahmad mozori boshida, payshanba kuni Sulton Ahmad Mirzo mozori boshida nutq so`zlagan.
Bu narsa notiqning nihoyatda bilimdon, serg’ayrat ekanligidan dalolatdir.
O`zbek harbiy notiqlarining eng zabardasti Boburdir: “Mavlono Bobur Mirzo nutq so`zlaganda so`z bilan tog`ni narm aylardi” (Muhammad Solih)
Notiqlik san`ati tarixi ulkan xazina bo`lib uni o`rganish hozirgi kunda ham muhimdir. “Husayn Voiz Koshifiy Alisher Navoiyning muxlisi, shogirdi va do`sti bo`lgan. U “Tavsiri Husayniy” va “Javohir ut-tafsir at-tuhfat ul-Amir” nomli tafsir asarlarini Alisher Navoiyga bag`ishlab yozgan”3.
“...Sharq mutafakkirlari notiq oldiga tilni puxta o`rganish, uning lug’aviy boyligi va grammatikasini chuqur egallash, mantiqli so`zlashni o`rganish, nutqning ichki (mazmun) va tashqi (shakl) ko`rinishiga birday e`tibor berish, go`zal va ta`sirchan nutq tuza bilish, nutq boyliklarini maqsadga muvofiq hamda o`rinli ishlatish vazifalarini qo`yadilar va ularning ijrosini chuqur tahlil etadilar”4.
Bugungi kun o`qituvchisi notiqlik san`ati tarixini chuqur o`rganmog`i, o`z amaliy faoliyatida foydalanmog`i maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə