Nutq madaniyatini o`rganish tarixi



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə4/6
tarix21.10.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#129512
1   2   3   4   5   6
nutq madaniyati tarixi

Sharqda notiqlik san`at.
Musulmon Sharqda nutq- va`z, notiq-voiz deb yuritilgan.
IX-XV asrlarda yashagan Xorazmiy, Farog’iy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Qoshg’ariy, Navoiy kabi ulug’ siymolar O`rta Osiyo xalqlarining dunyo madaniyati taraqqiyotida oldingi saflarda bo`lishi uchun xizmat qilganlar. Sharq tarixida Uyg’onish davri hisoblangan bu davrda notiqlik san`ati ham rivojlangan. Abu Nasr Forobiy (837-950) Ibn Sino (980-1037) kabi olimlar mashhur notiq ham bo`lganlar.
XI asrda Kaykovus tomonidan yaratilgan “Qobusnoma” da ham (1082-1083) notiqlik ulug’langan. 44 bobdan iborat bu asarning 6,7-boblari so`z odobi haqidadir deb nomlangan.
Beruniy “Geodziya”, Abu Abdulloh al- Xorazmiy “Mafotih ul-ulum” (“Ilmlar kaliti”) asarlarida bu san`atga alohida e`tibor berganlar.
Abu Nasr Forobiy to`g’ri so`zlash, mantiqiy xulosalar chiqarish, go`zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika, mantiqning ahamiyati katta ekanligini ta`kidlaydi. Olim bilimlarning birinchisi jismlar va hodisalarga ism berish, ikkinchisi grammatika (jismlarga berilgan ismlarni tartibga solishni) uchunchisi mantiq (xulosa chiqarish uchun darak gaplarni joylashtirish) dir deb fikr yuritadi. Birincvhisi ism beruvchi til haqida ilmlar, ikkinchisi natijalarni ifodalaovchi hikmatli so`zlar va nutq qanday tuzishni o`rgatadi, uchinchisi xulosalar yordamida yangi narsalarni bilib olishni o`rgatadi.
O`rta Osiyoda Voiz Muhammad Rafi` (“Abvobul jinon”), Voiz Qazviniy (“Zilolu maqol”), Voiz Shirvoniy (“Ahsanul ahodis”), Muhammad Bobur binni Muhammad Voiz (“Hidoyatul-taqvim”), Qudrati Sindiy (“Anisul-voizin”), Mulla Kala Voiz Samarqandiy (“Ravzatul-voizlik”), Qozi O`shiy (“Miftoxun-najjoh”-“So`zning kaliti”) kabi mashhur notiqlar yetishib chiqqan. Shveysar olimi Adam Mesning ma`lumotiga ko`ra, avval podsholar el oldiga chiqib, davlat tuzumi, o`z siyosatlari kabi mavzularda nutq so`zlashi lozim bo`lgan. Ularning nutq matnlarini saroydagi devonul insho xodimlari yozib bergan. Juma kuni nutq so`zlash shart bo`lgan. Vaqtlar o`tishi bilan bu ish maxsus so`z ustalariga topshirilgan.
Mavlono Fahriddin Ali Safiyning “Latoyifut-tavoyif” asarida Mavlono Irshod haqida bir hikoya keltiriladi. H.Boyqaro Sheroz shohi Shijo` oldiga munozara olib borish uchun Mavlono Irshodni yubordi. Notiq bu vazifani sharaf bilan uddalaydi. Masjidi Jomeda nutq so`zlab, hammani yig’latadi, so`ng hammani kuldiradi.
Yana mashhur notiqlardan biri farg’onalik notiq Qozi O`shiydir. U O`sh shahrida qozilik lavozimida ishlagan. Erondagi Siyiston viloyati xalqi qattiqqullik bilan dong chiqargan edi. Qozi O`shiy ular ko`ngliga so`z topib , xalqning mehr xazinasini ochadi va hurmatga sazovor bo`ladi. Navoiy zamonasida yashagan uch notiq haqida ma`lumotlar bor.



Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə