Nizomiy nomidagi


II.BOB.O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK MAHORATNIRIVOJLANTIRISHNING METODIKALARI,AMALIY USULLARI TIZIMI



Yüklə 113,62 Kb.
səhifə6/11
tarix20.04.2023
ölçüsü113,62 Kb.
#106457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kushbakova Gavhar

II.BOB.O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK MAHORATNIRIVOJLANTIRISHNING METODIKALARI,AMALIY USULLARI TIZIMI
2.1.O‘qituvchi pedagogik mahoratini rivojlantirishdagi imkoniyatlar

Mahorat- shaxsning individual-psixologik xususiyati bo‘iib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig'indisidir. Zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalami egallash dinamikasidagi farqlami aniqlaydi. Mahorat individual-psixologik xususiyat bo‘lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya’ni aqliy sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg'ulariga qaramaqarshi qo‘yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo‘yilishi kerak.


Mahoratnini inson tug'ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida olmaydi, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi.
Govard Gardner mahoratni intellektlar to‘plami deb atadi va uning yettita jihatini ajratib ko‘rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan o‘qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olim Olga Matveyeva ushbu jihatlarni psixologik texnologiya bilan kuchaytirib modifikatsiyalaydi va o‘qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, quyidagi jihatlarni ko‘rsatib o‘tadi.
1.Muloqot qilish (kommunikativlik) O‘qituvchi o‘quvchilar bilan dars va darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlim yarata oladi.
2.Voqealami oldindan ko‘ra olish. Ushbu qobiliyat turi har bir o‘qituvchining sergakligida, o‘quvchilarning ruhiyatini, ichki dunyosini ко 'ra olishida namoyon bo 'ladi. Shunda о 'qituvchi kim nimaga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi.
3. Eshitish va his qilish . Bunday mahoratga ega bo‘lgan insonlar musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi , eshitgan narsasini xotirada saqlaydi, ayniqsa , she'r va qo‘shiqlarni sevib tinglaydi.
4. Kinestetik (teri-muskul) . О 'qituvchining о 'z xatti harakatlarini muvofiqlashtirish mahorati, harakat ohangini his qilgan holda yo‘naltiradi, vaqtni harakat sur’ati bilan his qiladi, о 'z i uchun maishiy qulayliklarni yarata oladi, hayot marhamatlaridan rohatlanishni biladi.
5. Mantiqiy mahorat. Falsafiy mulohazalar yuritishni, raqamlarni matematikani, murakkab masalalarni hal qilishni sevadi, sababiyat va oqibat natijalarini tushunish malakasiga ega, voqelikda asosiylikni ikkinchi darajalisidan ajrata oladi;
6. Shaxsning ichki mahotrati. О‘z-o‘zini mukammal bilishi, tushunishi va his qilishi, erkin shaxsda ichki ovoz mukammal rivojlanadi, irodasi mustahkam, qat’iyatli, har qanday vaziyatd a о'z fikr mulohazasini erkin bayon eta oladi.
Mahorat o‘qituvchining individual imkoniyatlarini xarakterlaydi.Bir xil sharoitda qobiliyatli o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida ham qobiliyat past kishilarga qaraganda ko‘proq yutuqlarga erishadilar.
Mahorat shaxsning ham umumiy, ham maxsus rivojlanishida tezroq oldinga siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida eng yuqori natijalarga erishishini ta’minlaydi. Mahoratli kishi mutaxassislikni tez egallay oladi va yuqori mahoratga erishadi hamda ishlab chiqarish, fan yoki madaniyatga yangilik kirita oladi.
Mahorat bilimdan farq qiladi. Bilim - bu ilmiy mutolaalar natijasidir, mahorat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo‘lgan xususiyatdir. Mahorat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir.
Umumiy va maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash ish jarayonida mukammallashib va rivojlanib boradi.Mahoratga уaqinroq turadigan tushunchalar ko‘nikma va malakalardir.

Yüklə 113,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə