Nizomiy nomidagi


O‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan о‘rni



Yüklə 113,62 Kb.
səhifə5/11
tarix20.04.2023
ölçüsü113,62 Kb.
#106457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kushbakova Gavhar

1.3.O‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan о‘rni
XV asrda yashab, ijod etgan mutafakkir, Alisher Navoiyning yaqin do‘sti Kamoliddin Husayn Voiz al-Koshifiy (taxm. 1440-1505 y.) bola tarbiyasida maktab va muallimning alohida o‘rni borligi haqida gapirib, muallimlar dono, bilimli, shirinsuxan, adolatli boiishi zarur, deb hisoblaydi. Alloma murabbiylar to‘g‘risida “Axloqi Muhsiniy” asarida shunday yozadi: “Murabbiy (bolaga) nasihat va ta 'lim berishda lutfan odob qoidalariga rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida o‘quvchiga pand berish yaramaydi, balki xilvat joyda bolaga nasihat qilish zarur. Agar (murabbiy) nasihat berishning fursati kelganini bilsa unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning zamonamizda muloyim va xushfe’l bo ‘lish maqsadga muvofiqdir ”.
Buyuk allomalardan Abdurahmon Jomiy o‘z asarlarida tarbiyachi-muallim foaliyatiga quyidagicha ta’rif beradi: "muallim bilimli, aqlli, adolatli, o‘zida butun yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘zini nomunosib tutgan odam hech vaqt bolalarga bilim va odob bera olmaydi ”.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi qanday ijobiy sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Avvalo zamonaviy bilimlar, ilg'or tajribalar hamda pedagogic mahoratni yuqori dangada egallaganligi, pedagogik izlanish vazifasiga mos tadqiqotlar metodlari majmuasini shakllantira olishi, nazariy tadqiqot va amaliy tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish malakasiga ega bo‘lishi, o‘qitadigan o‘quv fanidan o‘quv dasturi, DTS, darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar, elektron darsliklami yarata olishi va amalda qo‘llay olishi lozim. O‘zining pedagogik faoliyatini doimiy takomillashtirib borishi, kasbiy sifatlarini rivojlantirishi, o‘z-ozini nazorat qilish va baholash malakasini egallashi, yangi pedagogik g'oyalami ishlab chiqa olish, zamonaviy axborot texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, o‘qitislming istiqbolli yo‘nalishlari talablari asosida metod, shakl va vositalami yaratish va ulami ta’lim jarayonida uzviy qo‘llash malakalarini bilishi kerak.
O‘qituvchi — odobli, adolatli hamda «bola qalbining injeneri»dir. Bolaning ijobiy va salbiy xususiyatlari ba’zan murabbiydan o‘tishini psixolog olimlar ta’kidlab o‘tishgan. Chunki o‘quvchi o‘qituvchining yurish-turishi, kiyinishiga, gapirishiga taqlid qiladilar. Bola garchi yosh bo‘lsa-da, uning inson ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak, uni ko‘pchilik oldida obro‘sizlantirmaslik, g'ururini toptamaslik kerak.
Pedagog olim Komil Zaripov o‘qituvchining kasbiy mahorati mazmun va mohiyatini “Ilg'or o‘qituvchi”, “Ijodkor o‘qituvchi”, “Novator o‘qituvchi” timsolida asoslaydi va shunday ta’riflaydi:
“Ilg'or o‘qituvchi” avvalo boshqa o‘qituvchilarga qaraganda o‘z ishiga mas’uliyat bilan qaraydi. Shu sohadagi ijobiy tajribalarni o‘rganib, o‘z darslarida, ta’lim muassasasidan va guruhdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda qo‘llaydi. Shu orqali u ta’lim va tarbiya sohasida muayyan yutuqlami qo‘lga kiritadi.
“Ijodkor o‘qituvchi”da ham “Ilg'or o‘qituvchi”dagi xususiyatlar bo‘lishi mumkin. Ularning jiddiy farqi shundaki, ilg'or o‘qituvchi mavjud manbalami o‘rganib, shular asosida ta’lim - tarbiya bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshirsa, ijodkor o‘qituvchi bor manbalarga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi. Ko‘p hollarda mavjud metodik yo‘l - yo‘riqlarga o‘z munosabatini bildirib, sharoit va vaziyat taqozosiga, o‘zining imkoniyatlariga qarab mavjud tartiblardan farqli zamonaviy metodi va usullardan foydalanadi”.
"Novator o‘qituvchi”, o‘zining yaxlit pedagogik vosita va usullari mavjudligi bilan farqlanib turadi. Shu bilan birga novator o‘qituvchilar ilmiy tahlil, o‘ziga tanqidiy ko‘z bilan qaray bilish xususivatlariga ham ega bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligida g'oyat murakkab, boshqalar o‘ziga ishonmaydigan sharoitlarda ham o‘z ishlarining to‘g'ri ekanligiga ishonch bo‘ladi.
Demak, pedagogik mahorat egasi bo‘lish uchun o‘qituvchi o‘zida ham ilg'orlikni, ham novatorlikni (yangilikka intilish), ham ijodkorlikni tarbiyalashi lozim. O‘qituvchi pedagogik mahoratini “O‘qituvchilarning axloqiy shakllanishi” yo‘nalishida o‘rgangan professor Malla Ochilov pedagogik mahoratni egallashning muhim manbasi axloq deb ta’kidlalab, kasbga oid axloq normalarini shunday ta’riflaydi “Faoiiyatning ta’lim sohasi bilan shug'ullanuvchi kishilarga taalluqli axloqiy normalar,talablar ham bor. Bunday axloq kasb (professional) axloqi deyiladi. Kasb axloqi umuminsoniy axloq nazariyasining qoidalar, va kamchiliklarini о ‘zida mujassamlashtiradi, oydinlashtiradi va rivojlantiradi ”
Pedagogik mahoratning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uning o‘qituvchi shaxsi va kasbi to‘g'risida mukammal ma’lumot va tushunchalarga ega ekanligidadir. O‘qituvchi inson sifatida shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishi bilan birga, kasbiy, ya’ni ixtisoslik fazilatlariga ham ega bo‘lishi lozimligini tajriba ko‘rsatmoqda. Buni yuqorida kasb axloq to‘g'risida bildirilgan fikrlar misolida ham ko‘rdik.
Shaxsiy sifatiar tizimida: milliy mafkuraviy onglilik, milliy odoblilik, farosat, nozik didlik, o‘z kasbiga sadoqat va vijdoniylik, tashabbuskorlik, bolajonlik, talabchanlik, adolatparvarlik, pedagogik odob, tadbirkorlik, qat’iylik, har qanday vaziyatda o‘zini idora qila olish , millatlararo muloqot madaniyati, kuzatuvchanlik, samimiylik, topqirlik, kelajakka ishonch, xushmuomalalilik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak.
Kasbiy sifatlar tizimida: pedagogik ziyraklik, O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li mohiyati, beshta tamoyil rivojlanishining ma’naviy - axloqiy negizlarini bilishi, milliy tarbiya mohiyati va mazmunini chuqur anglash, chuqur ilmiy nazariy salohiyati, pedagogik ijod, o‘z fanining tarbiyaviy imkoniyatlarinj mukammal bilish, pedagogic bilimlarni takomillashtirishga intilish, mamlakatimiz Prezidentining ichki va tashqi siyosatidan xabardorlik, o‘zbek xalqining an’analari, qadriyailari, urf - odatlarini yaxshi anglashi, siyosat, tarix, madaniyat, ma’naviyat, adabiyot va san’at, axloqshunoslik, dinshunoslik, huquqshunoslik, o‘lkashunoslik, texnikaga oid ma’lumotlardan xabardorlik, etnopedagogika, etnopsixologiyaga oid bilimlarga ega bo‘lish va hokazo.
Bo‘lajak o‘qituvchilarda yuqorida qayd qilingan milliy pedagogikaning faoliyatga tayyorlovchi shaxsiy va kasbiy sifatlariga ega qilish lozim. Bu hoi kasbiy mahorat egasi bo‘lish va kadrlar tayyorlashning milliy dastur talablarini bajarishga yordam beradi.
"Muallimning yuksak sifati uning aqli, ilmi, fikri, so‘zi, axloqu odobidadir, - degan edi taniqli murabbiy, maktabshunos olim Hikmatulla Abdullayev o‘zining “Yashil daftar hikmati” asarida. -O‘qituvchining yuz qarashlari ham, gapirishlari ham, qalbi ham,ko‘rinishi ham, yurish-turishi ham, kiyinishi ham chiroyli va ibrat namunasi bo‘lsin. Ayniqsa, uning nutqi tushunarli, ravon, ta ’sirli bo ‘lishi darkor. U muloqotda bamisoli so ‘z zargari ekanligini ко 'rsata olishi muhimdir. Shunga erishish kerakki. odamlar, ayniqsa, otaonalar va o‘qituvchilar uni rostgo‘y, halol, pokiza, sog'lom fikrli, shafqatli va muruvvatli, insonparvar kishi sifatida e 'tirof etsinlar”.
O‘qituvchi «Sog'lom avlod uchun» kurashchi, bor bilimi va tajribasini ta’lim-tarbiya ishiga bag'ishlagan, o‘z qadrini. o‘z hurmati, o‘z obro‘sini saqlaydigan inson. Shuning uchun vaqt oltindan, durugavhardan qimmatlidir. U har bir daqiqa vaqtni to‘g'ri taqsimlaydigan, bajariladigan vazifalarni hisobga oluvchi, darsga tayyorlanishi, dars o‘tkazishni rejalashtiradigan, ta’lim muassasasining umumiy qo‘shimcha topshiriqlarini tez va sifatli bajaradigan hamda vaqtida ovqatlanish, vaqtida dam olishni biladigan intizomli shaxsdir.
Ta’lim va tarbiya jarayoni har bir o‘qituvchidan ulkan aql-zakovat, sabr-toqat, matonat, o‘quvchilarga va o‘z kasbiga yuksak mehrmuhabbatli bo‘lishni talab etadi. O‘qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini orttirib borishi, o‘quvchilarni chuqur tushnish, ularning ichki dunyosini payqay olishi, o‘sish va rivojlanish darajalarini nazorat qilib borishi na zarur paytda so‘z, ish yoki amaliy harakat bilan yordam bera olish qobiliyati ta’lim va tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillardir.
Pedagogik kasb - bu barkamol inson sifatida xarakterlashuvi ijtimoiy ahamiyatga molik faziladaming barqaror tizimidir. O‘qituvi o‘z kasbiga ixlos qo‘vishi va uning ijtimoiy ahamiyatini tushunib yetishi, bolalarga ta’sir o‘tkazishi va ular bilan hamdardligini namoyon qila olishi shunday farilatlar majmuasidirki, ular O‘qituvchi faoliyat va muloqoti bilan uyg‘unlashganda O‘qituvchi mehnatining butunligiga erishiladi.
O‘qitish va tarbiyalash - bular bir-biridan ancha farqli tushunchalardir. O‘qituvchi o‘z kasbining to‘la ma’nodagi egasi bo‘lishi uchun atrof-muhitidagi odamlar orasida hurmat-e’tibor qozona olishi kerak. O‘qituvchi hamma joyda madaniyatli murabbiy, ezgu fazilat egasi sifatida namuna bo‘lishi zarur.
O‘qituvchining mahorati pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bilim va malakalami egallash davridayoq, shakllanib boradi. Pedagogik kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi kasbga moslashishi, tanlangan kasb ichidagi uzluksiz siz taraqqiyotga moslasha oladigan, keng ma’nodagi o‘qituvchining shakllanishiga bo‘lgan talabga muvofiq holda bilimlarning pedagogik-psixologik va umummilliy mavqeining o‘sib borishida aks etmog‘i lozim.
Ayniqsa, o‘qituvchilarning qobiliyatida notiqlik san’ati qancha kuchli va ta'sirchan bo‘lsa, o‘quvchilar uning so‘zini zo‘r ishtiyoq bilan tinglaydi. O‘qituvchi o‘z kasbiga ixlos qo‘yib. o‘zining pedagogik iste’dodini, samimiy munosabatini o‘quvchilar orasida namoyon etsa. o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasidagi o‘zaro muloqot yuksak darajada mustahkamlanib boraveradi.
O‘qituvchilik faoliyati ushbu kasbni tanlagan har bir yosh yigit qizlardagi qobiliyat va iste’dodning barcha qirralarini ishga solishga majbur qiladi. A.S.Makarenkoning fikricha, “jamoada 40 ta qobiliyatsiz о 'qituvchi о rniga 4 ta qobiliyatli tarbiyachi-o ‘qituvchi bo‘lgani ma’qul” ligi haqida gapirgan edi. Bu bilan u qobiliyatli kishilar ta’lim-tarbiya ishiga katta zarar etkazishi mumkinligini alohida uqtiradi.
Avvalo, o‘qituvchilar - ta’lim muassasasidagi ta’lim va tarbiya jarayonning asosiy tashkilotchilaridir. Yigit va qizlaming ta’lim jihatidan umumiy tayyorgarlik darajasi hamda mustaqil ijodiy tafakcur taraqqiyoti, tarbiyalanganlik darajasi dastur va darsliklargajina emas, balki o‘qituvchilarga, ularning mahorati hamda fuqarolik hislatlariga ham taalluqli bo‘ladi. Shu boisdan ham pedagogika oliy ta’lim muassasalariga o‘qituvchilik kasbini sevgan, unga chin ko‘ngildan qiziqqan va moyilligi bo‘lgan iqtidorli yoshlargina qabul qililishi lozim.

Yüklə 113,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə