Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Yüklə 63,71 Kb.
səhifə7/11
tarix19.12.2023
ölçüsü63,71 Kb.
#150702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oila pedagogikasi

Bob bo`yicha xulosa
Ushbu bobdagi ma’lumotlarga ko`ra quyidagilarni xulosa qilamizki, Pedagogik-psixologik aloqa, o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish, tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan, psixologiya va ta'lim sohalari orasidagi moslashtirilgan integratsiya jarayoni ekan. Ushbu aloqa o'quvchining o'zini o'rganish, ma'lumotlarni olish va bilimini rivojlantirish bo'yicha yordam bera olishda, tashqi va o'z ichki xotiralarni tushunishda, rivojlanayotgan talablarni tushunishda, qiziqishlarini olishda muhim bo'lib, o'quvchi va o'qituvchilar o'rtasida o'rganish va tarbiyalash jarayonida asosiy boshqaruvchi faktorga aylandi.


III BOB. MA’NAVIY BARKAMOL INSONNI SHAKLLANISHIDA OILANING TUTGAN O‘RNI
Oila — an’anaviy tarbiyaning asosiy instituti bo‘lib hisoblanadi. Bola yoshlik davrida oilada olgan ta’limtarbiyasini butun umri davomida saqlab qoladi.
Bola hayotini asosiy qismini oilada o‘tkazadi, o‘zining ta’sir kuchiga ko‘ra hech qanday tarbiya vositasi oila bilan bellasha olmaydi. Oilada bola shaxsini asoslari tarkib topdiriladi, maktabga borganda esa bola shaxs sifatida shakllangan bo'ladi.
Oila bolalarga insoniy va salbiy ta’sir etish omili bo'lishi mumkin. Bola shaxsiga ijobiy ta’sir etish shundan iboratki, oilada bolaga eng yaqin insonlardan - ota-ona-buvi-buvaaka-opalardan tashqari hech kim ulardek bolani yaxshi ko‘rib, u haqida qayg‘urmaydi.
Shu bilan birga bola shaxsini shakllantirishga, ularga tarbiya berishda oila salbiy ta’sir ham ko‘rsatishi mumkin.
Oila — bu o'ziga xos jamoadir, u tarbiyada asosiy o‘ringa egadir.
Oilani o'ziga xos tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olgan holda, oilani bolaga ijobiy ta’sirini oshirib, salbiy ta’sirini kamaytirish zarur. Buning uchun esa tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, ichki oilaviy ijtimoiy-psixologik omillami aniq belgilash lozim.
Bolani tarbiyalashda asosiysi ota-ona bilan bola o‘rtasida qalban yaqinlikka va axloqiy bog‘likka erishishdir.
Ota-onalar hech qachon tarbiya jarayonini o‘z holiga tashlab qo‘ymasligi kerak, ayniqsa, katta bo‘la boshlagan olani o‘z holiga tashlab qo‘ymasligimiz kerak.
Bola oilada birinchi hayotiy tajribani o‘rganadi, kuzatadi va o‘zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o‘rganadi.
Biz bolani nimaga o‘rgatsak uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlash kerak, bola kattalami aytgan gaplari amalda ham bir xil bo‘lishini ko‘rishi kerak (masalan: agar bo1а har kuni ota-onasi tomonidan yolg‘on gapirish mumkin emasligini eshitsa-yu, lekin nota-ona o‘zi sezmagan holda bunday qoidaga rioya qilmasalar, bola tarbiyasiga darz etadi). Har bir ota-ona farzandlarida o'zlarni davomchilarini ko‘radi. Farzandlarini o'zlari xohlagan inson bo`lishlarini xohlaydilar.

Yüklə 63,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə