Nazorat savollari



Yüklə 87,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix29.11.2023
ölçüsü87,53 Kb.
#140357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SIFAT KO\'RSATKICHLARI

Gigenik ko’rsatkichlar
mahsulotni kishilarni mehnat va hayotiy faoliyatining 
gigenik shartlariga mos kelishini ko’rsatadi.
Antroponometrik ko’rsatkichlar
mahsulot konstruktsiyasi undan foydalanilayotgan 
vaqtda kishilar tanasining tuzilishiga mos kelishini ko’rsatadi. 
Estetik ko’rsatkichlar. 
Estetik ko’rsatkichlarga ajralib turuvchanlik, tashqi ko’rinishning ratsional bo’lishi, 
kompozitsiyasining to’liq bo’lishi, mahsulotni ishlab chiqarishni bajarishning mukammal 
bo’lishi, tovar ko’rinishlarining stabil bo’lishi kabi ko’rsatkichlar kiradi. 
Ajralib 
turuvchanlik 
mahsulotga nisbatan jamiyatda shakllangan estetik dunyo qarashlarini aks 
ettiradi. Bu ko’rsatkich mahsulotni boshqa analogik maqsulotni ajralib turishini, davr 
talabiga, zamon talablariga, moda yo’nalishlariga javob berish darajasini ko’rsatadi. 
Tashqi ko’rinishining ratsional bo’lishi mahsulotni funktsional - konstruktiv 
mohiyatining to’g’ri ifodalanishini mahsulotni tayyorlash va ekspluatatsiya qilishning 
ob’ektiv sharoitlariga mos kelishini tavsiflaydi.
Kompozitsiyasini to’liqligi
mahsulot qismlarini organik bog’liqligini, uning boshqa 
ansambllariga ham mos kelishini ko’rsatadi. Ushbu ko’rsatkichlar mahsulotni 
modellashtirishda turli ranglari o’zaro aloqada qo’llashda, konstruktsiyalash ishlarini 
badiiy tasvirlashda, to’liq kompozitsion yechimga erishishda badiiy vositalardan 
foydalanish samaradorligini ko’rsatadi. 
Mahsulotni ishlab chiqarishning mukammal bo’lishi va tovar ko’rinishining stabil 
bo’lishi
 
mahsulotning estetik jihatdan tashqi ko’rinishiga ta’sir ko’rsatadi va uni ishlab 
chiqarishda tashqi ko’rinishining mukammal bo’lishi, firma belgilarining aniq bo’lishi, 
informatsion material va hujjatlarning to’liq bo’lishi va mahsulot tashqi ko’rinishiga 
zarar yetmasligi uchun uni o’rash-joylash ishlarining yaxshi yo’lga qo’yish darajasini 
ko’rsatadi.

Yüklə 87,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə