Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Konchilik fakulteti



Yüklə 1,96 Mb.
tarix23.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#102969
Temir yol ag\'darma


Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Konchilik fakulteti
“Konchilik ishi” kafedrasi
Maruzachi: Choriqulov Akbar
TEMIR YO’L TRANSPORTI QO’LLANILGANDA AG’DARMA HOSIL QILISH
Temiryo’l transportida tog’ jinslarini g’aramalashda ag’darmalarda mexanik kuraklar, draglaynlar, ag’darma pluglari, abzettserlar va buldozerlar qo’llaniladi.
Temiryo’l transportida ekskavatorli ag’darma hosil qilish mahalliy karyerlarda oldingi o’rinlarda turadi (unga 85-90% qism to’g’ri keladi). Ag’darma ekskavatorlarining ishi dumpkarlardan bo’shatiladigan tog’ jinslarini ekskavatsiya qilish va ularni ag’darmaga yotqizishga asoslangan. Mexanik kurakdan foydalanishda pog’onalar ikkita nimpog’onaga bo’linadi. Mexanik kurak pastki nimpog’onaning ustiga joylashtiriladi. Dumpkarlardan bo’shatiladigan tog’ jinsini qabul qilish va ekskavatsiya qilish uchun pastki nimpog’onaning ustida maxsus qabul qiladigan, dumpkarning bir yarim yoki ikki marta kattaligini tashkil qiluvchi qazilma hosil qilinadi, uning chuqurligi 0.8-1m (5.4 rasm.).
Lokomotiv tarkib ag’darmalarga vagonlar oldin tomondan uzatiladi. Qabul qiladigan lahimga qoidaga ko’ra dumpkarlar birin-ketin bo’shatiladi. Tog’ jinsini ekskavator bilan ag’darmaga joylashtirish uchta yo’nalishda amalga oshiriladi: yo’nalish bo’yicha oldinga pastki nimpog’onaga, pastki nimpog’onaning qiyaligi tomonga qarab va yuqori nimpog’onaga.
TEMIR YO’L TRANSPORTI QO’LLANILGANDA AG’DARMA HOSIL QILISH
Ag’darmaga joylashtiriladigan va asosda joylashgan tog’ jinslarining fizik-texnik xususiyatlariga ko’ra ag’darmada ekskavatorlarning ikki turdagi ish sxemasi qo’llaniladi.
  • Agar ag’darma asosi tog’ jinslari va yotqiziladigan tog’ jinslari turg’un bo’lsa tashlash bir vaqtning o’zida ham yuqori ham pastki nimpog’onalarga amalga oshiriladi. Ag’darma zaxodkaning to’ldirilishidan keyin ekskavator oldingi holatga qaytadi va yangi zaxodkani tashlashni boshlaydi.
  • Turg’un bo’lmagan tog’ jinslarida ekskavatorning oldingi harakatida (almashinuv nuqtasidan oxiri berk yo’lgacha) faqatgina pastki nimpog’onaga tashlash amalga oshiriladi. Orqaga qaytishda ekskavator yuqori nimpog’onaga tashlashni amalga oshiradi. Bu sxema ekskavatorning bo’sh harakatini chetlab o’tadi. Shu o’rinda ekskavatorning orqaga harakatida tog’ jinsi zichlanadi va ag’darma turg’unligi va zichligi oshadi.

TEMIR YO’L TRANSPORTI QO’LLANILGANDA AG’DARMA HOSIL QILISH
Ag’darma pog’onasining ratsional balandligi keng miqyosda o’zgaradi va asosan yotqiziladigan tog’ jinsi va asosdagi tog’ jinslari fizik-texnik xususiyatlari, yer yuzasi relyefi, ekskavatorning o’lchamlariga bog’liq bo’ladi va tekislikda 15-30m ni va tog’li joylarda 70m va undan yuqori bo’ladi. Yuqori nimpog’onaning balandligi ekskavator yuklash balandligiga bog’liq bo’ladi va mos ravishda EKG-5, EKG-8I va EKG-12.5 ekskavatorlari uchun 4-6, 6-8 va 7-9 m ni tashkil qiladi.
TEMIR YO’L TRANSPORTI QO’LLANILGANDA AG’DARMA HOSIL QILISH
TEMIR YO’L TRANSPORTI QO’LLANILGANDA AG’DARMA HOSIL QILISH
Plugli ag’darma hosil qilish sxemasi:
a – lokomotivtarkiblarning bo’shatilishidan oldin ag’darma qiyaligining holati;
b – bo’shatishdan keyin; v – profillashdan keyin; g – takroriy bo’shatish va yo’llarni siljitishdan keyin.
Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə