Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169
biologiya

  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-Mavzu: Biologiya faning vazifasi, o‘rganadigan sohalari va uslublari 
Tayanch so‘z va iboralar

biologiya, genetika, seleksiya, irsiyat, o‘zgaruvchanlik, 
sitologiya, botanika, biotexnologiya, organizm, hujayra, gen, tiriklik.  
1.1.
 
Biologiya fanining maqsadi va vazifasi, o‘rganish usullari. 
 
Biologiya 
(yunoncha βίος, 
bios
, "hayot";  va λόγος, 
logos
, "bilim")  hayot va 
u  bilan  bog‘liq  masalalar  tadqiqotidir.  Ushbu  fan  organizmlarning  tuzilishi, 
funksiyalari,  o‘zgarishi,  kelib  chiqishi  va  evolyusiyasini  o‘rganuvchi  sohadir.  U 
turli  organizmlarni  yashashini,  turlarning  paydo  bo‘lishini,  ularning  o‘zaro  va 


 
 
atrof-muhit  bilan  munosabatlarini  tasvirlaydi.  Biologiya
ning  asosiy  vazifasi 
tiriklikning  namoyon  bo‘lishi  qonuniyatlarini  o‘rganish,  hayotning  mohiyatini 
ochib  berish,  tirik  organizmlarni  sistemaga  solishdan  iborat.
 
Biologiya  tirik  tabiat 
to‘g‘risidagi bilimlar 
tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki 
bu  fanda  ilgari  o‘rganilgan  dalillar  tarixiylik  nuqtai  nazaridan  ma'lum  tizimlarga 
keltiriladi  va  ularning  yig‘indisi  organik  olamning  asosiy  qonuniyatlarini 
aniqlashga  imkon  yaratadi.  Ana  shu  qonuniyatlar  asosida  tabiatdan  oqilona 
foydalanish,  uni  muhofaza  qilish  va  qayta  tiklash  ishlari  amalga  oshiriladi. 
Biologiya botanika, zoologiya, fiziologiya, gistologiya, sitologiya, poleontologiya, 
embriologiya kabi turli sohalarga bo‘linadi. 
 
Nazariy  bilimga  va  keng  ko‘lamli  dunyoqarashga  ega  bo‘lgan  malakali 
qishloq xo‘jalik xodimini tayyorlashda biologiya fanining o‘rni o‘ta muximdir, shu 
fangina, avvalo hayotning rivojlanish qonuniyatlari yechimini ko‘rsatib bera oladi. 
 
Biologiya  -  bu  tiriklik  (hayot)  haqidagi  fan  bo‘lib  materianing  malum  bir 
shakli  sifatidagi  tiriklikning  yashash  va  rivojlanish  qonuniyatlarini  o‘rganadi. 
Biologiya atamasi farang olimi J.O.Lamark tomonidan 1802 yilda berilgan. 
 
Tirik  tabiatning  hayoti  ko‘payishi  bilan  bevosita  bog‘liq.  Ko‘payish  qaysi 
ko‘rinishda davom etishidan qatiy nazar, bir avloddan ikkinchisiga doimo umumiy 
belgi xususiyatlar tarzida beriladi. Bu irsiyat bilan bog‘liq. 
 
Irsiyat - tirik organizmlarning o‘z belgi va xususiyatlarini avloddan-avlodga 
(nasldan - naslga) berish xossasidir. Irsiyat tufayli ota - ona organizmlarning belgi 
va  xususiyatlari  o‘zgarmagan  holda  nasldan-  naslga  beriladi.  Organizmlarning  bu 
xususiyatlari  o‘simliklar,  hayvonlar  va  mikroorganizmlarning  oila,  tur,  zot  va 
naviga  xos  xususiyatlarni  kelgusi  avlodlarda  saklanib  qolishiga  yordam  beradi. 
Lekin  ota-onalaridan  ba'zi  belgilari  bo‘yicha  farq  qiladi.  Yani  irsiyat  organizm 
belgi  va  xususiyatlarining  «nusxasi»  gina  bo’lib  qolmay,  balki  o‘zgaruvchanlik 
ham omillari ta’sirida ularda kuzatiladi. 
 
O‘zgaruvchanlik-  avlodlarning  bir  yoki  bir  qancha  belgilari  bilan  o‘z 
ajdodlaridan  farq  qilishidir.  O‘zgaruvchanlik  irsiyatga  teskari  ko‘rinsada,  lekin 
aslida u ham tirik organizmlarga xos xususiyatidir. 


 
 
 
Umuman,  yer  yuzida  hayotning  uzluksiz  davom  etishi  va  rivojlanishi 
(evolyusiyasi) tirik organizmlarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida 
ko‘payishi irsiyat bilan bog‘liq. Biologik xilma-xillik esa bevosita o‘zgaruvchanlik 
xosilasidir. 
 
Genetika - tirik organizmlarning irsiyati va o‘zgaruvchanligini o‘rganadigan 
fan  bo‘lib,  yunoncha  «genezis»  -  tug‘ilish,  kelib  chiqish  degan  ma'noni  anglatadi 
(V.Betson, 1906 y). 
 
Har  qaysi  tur  o‘ziga  xos  belgilari  bilan  farqlanadi  va  shu  belgilarni 
avloddan-avlodga  berib  boradi.  Bu  xususiyat  irsiyatning  mavjudligini  yaqqol 
isbotlaydi. Biologik xilma xillik esa - o‘zgaruvchanlik natijasidir. 
 
Insoniyat  azaldan  tiriklikka  qiziqish  bilan  qaragan.  Hayotga,  tiriklikka 
bo‘lgan qarash  ham  faqatgana  ruxiy olam  tushunchalari  nuqtai  nazari bilan talqin 
etildi. Shuning bilan birga har xil kuzatishlar natijasida dunyoviy ilm mat'lumotlari 
ham  to‘planib  borildi.  Tirik  tabiatni  o‘rganish  dexqonchilik  ishlarini 
rivojlantirishda o‘z aksini topdi. Insoniyatni ko‘p asirlik tajribasi tabiatni o‘rganish 
sohasida  ko‘pgina  amaliy  natijalar  berdi.  Shu  amaliy  natijalar  tufayli  biologiya 
ham  fan  sifatida  shakllana  bordi  va  rivojlanishi  sodir  bo‘ldi.  Biologiya  fanining 
tarixiy  rivoji  ruxiy  olam  fanlari,  diniy  qarashlar  va  moddiylikka  asoslangan  fikr-
mulohazalar asosida ro‘y berdi. 
 
Hozirgi  kunda  biologiyaning  turli  sohalarida  quyidagi  ilmiy-tadqiqot 
usullaridan  foydalanib  kelinmoqda.  Bularga  kuzatish,  taqqoslash,  tarixiy  va 
eksperimental  usullar  kiradi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə