Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   169
biologiya

1.2.
 
Biologiya faning tarixiy rivojlanishi 
 
Biologiya 
terminini 1892 yilda bir-biridan istisno tarzida birinchi bo‘lib J. B. 
Lamark  va  G.  R.  Treviranus  taklif  etishgan.  Bu  termin  T.  Roze  (1797)  va  K. 
Burdax (1800) asarlarida ham uchraydi. 
 
O‘rta  asrlarda  G‘arbiy  yevropa  mamlakatlarida  fanlar  taraqqiyoti  deyarli 
to‘xtab  qolgan  bir  davrda  O‘rta  Osiyo  hududidagi  davlatlarda  tabiiy  fanlar  jadal 
sur'atlar  bilan  rivojlana  boshladi.  Bu  davr  fanlari  tarixida  Muhammad  Xorazmiy, 
Abu  Nasr  Forobiy,  Abu  Ali  ibn  Sino  va  Abu  Rayhon  Beruniy  kabi  allomalar 
alohida  o‘rin  tutadi.  Beruniy  tabiat  5  element:  bo‘shliq,  havo,  olov,  suv  va 
tuproqdan  yaratilgan  deb  e'tirof  etadi.  U  o‘zining  "Hindiston"  asarida  tabiatni 
daraxtdagi  eng  baquvvat  va  sog‘lom  novdalarining  o‘sishiga  imkon  beradigan 
bog‘bonga o‘xshatadi. Bu bilan u tirik organizmlar o‘rtasida yashash uchun kurash 
borishi  va tabiiy tanlanish sodir bo‘lishini  bashorat qiladi. Ibn Sino o‘z asarlarida 
o‘simlik va hayvonlar hamda boshqa tabiiy jismlar, hodisalar va ularning sabablari 
to‘g‘risida yozib qoldirgan. 
 
Uyg‘onish  davridagi  geografik  kashfiyotlar,  o‘simlik  va  hayvonot dunyosiga 
qiziqishning  kuchayishi  bir  qancha  mamlakatlarda  botanika  va  hayvonot 
bog‘larining  tashkil  etilishiga  olib  keladi.  Bu  davrda  hayvonlar  va  o‘simliklar 
to‘g‘risida  ko‘plab  asarlar  paydo  bo‘ladi.  Ana  shu  davrda  italiyalik  botanik  A. 
Chezalpino  guli,  urug‘i  va  mevasining  tuzilishiga  binoan  o‘simliklarni  tasnif 
qilishga  urinib  ko‘rdi,  uning  asarlarida  metamorfoz,  tartib  va  tur  to‘g‘risidagi 
ayrim  tushunchalar  ilk  bor  uchraydi.  16—17-asrlarda  hayvonlar  to‘g‘risida  bir 
qancha  ensiklopedik asarlar  paydo  bo‘ladi.  Shveytsariyalik  olim  K.  Gesnerning  5 
jildli  "Hayvonlar  tarixi",  italiyalik  U.  Aldrovandining  13  jildli  monografiyasi, 
Fransuz  olimi  G.  Rondele  va  italiya  olimi  Ch.  Salvianining  dengiz  orti 


 
 
mamlakatlari  hayvonlari  to‘g‘risidagi  asarlari  shular  jumlasidandir.  Bu  davrda 
anatomiya  sohasida  ayniqsa  katta  kashfiyotlar  qilindi.  Ingliz  olimi  U.  Garvey 
(1578—1657)  o‘zining  qon  aylanish  sistemasi  to‘g‘risidagi  ta'limotini  yaratadi. 
Italiyalik  olim  F.  Redining  tajribalari  tufayli  (1667)  hayotning  o‘z-o‘zidan  paydo 
bo‘lishi  to‘g‘risidagi  ta'limotga  katta  zarba  berilgan  bo‘lsada,  uning  batamom 
barham topishiga olib kelmadi. Ko‘pchilik olimlar tuxum hujayraga ega bo‘lmagan 
tuban  organizmlar  o‘z-o‘zidan  paydo  bo‘lishi  mumkin  degan  fikrga  ega  edi.  16-
asrda  mikroskopning  kashf  etilishi  biologiyaning  rivojlanishi  uchun  katta 
ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Angliyalik  R.  Guk  tomonidan  hujayraning  kashf  etilishi 
(1665),  gollandiyalik  A.  Levenguk  tomonidan  bir  hujayralilar  va  spermatozoidlar 
(1673),  ingliz  olimi  T.  Millington  (1676)  va  nemis  olimi  R.Kamerarmus  (1694) 
tomonidan o‘simliklarda jinsiy tafovutlarni, italiyalik olim Malpigi (1675—79) va 
ingliz  olimi  N.  Gryu  (1671—82)  tomonidan  o‘simlik  to‘qimalari,  shuningdek 
baliqlar  tuxum  hujayrasi  (N.  Steno,  1667)  va  kapillyar  qon  tomirlarining  kashf 
etilishi  mikroskop  ixtiro  qilinishi  bilan  bog‘liq.  Bu  kashfiyotlar  embriologiyada 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə