Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyevna tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə17/82
tarix29.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#86107
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82
Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyev

INTERNET SAYTLARI

1. http://www.ziyonet.uz

2. http://www.edu.uz

3. http://www.google.uz

4. http://www.turklib.uz

5. http://www.mirknig.ru

6. http://www.history.ru

7. http://www.archeologia.ru

8. http://www.archeo.ru

9. http://arc.novgorod.ru

10. http://www.elib.dgu.ru

MAVZU: TARIXIY TADQIQOTLARDA ELEKTRON MATN MASALASI.TARIX SOHASIGA OID ELEKTRON KITOBLAR, ULARDAN FOYDALANISH
REJA:


  1. Ma’lumot va ma’lumotlar modeli.

  2. Ma’lumot turlari. Ma’lumotlar tuzilishi.

  3. Matnli manbalar. Statistik manbalar. Kartografik manbalar. Tasviriy manbalar.

  4. Elektron hujjat tushunchasi. Kompyuter manbashunosligining vujudga kelishi.

  5. Tarixiy manbalar va zamonaviy axborot texnologiyalari.

Zamonaviy kommunikatsiya vositalari rivojlanishi bilan bog‘liq holda, matnning yangi turi-elektron matn tushunchasi keng tarqala boshladi. Bu masalada olimlar tadqiqot olib borib, elektron matnning alohida tiplariga (ijtimoiy tarmoq, blog, davriy elektron nashrlar, chat va forum va boshq.) e’tibor qaratilmoqda. Elektron matn-elektron axborot tashuvchilar yordamida og‘zaki va yozma gaplarni o‘zida jamlagan matndir. Keyingi vaqtlarda tarixiy manbalarni elektron publikatsiyasi salmog‘i ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida Internet tarmog‘ida tarixiy manbalar va hujjatlardan foydalanish imkonini kengaytiradi. Xalqaro internet tarmog‘ini rivojlanishi fanni shu jumladan tarix fanini axborot va manbalar bilan ta'minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Bir qator davlatlar tarixchilari tomonidan ilmiy va ta'limiy ahamiyatga ega bo‘lgan elektron resurslarni yaratilishi-tarixiy tadqiqotlarda va tarix o‘qitish metodikasida yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Lekin tarixiy manbani ilmiy axborot sifatida elektron shaklga o‘girishning universal metodi hali shakllantirilmagan.

Ma’lumotlar modeli – ma’lumotlar va ular orasidagi aloqa ko‘rinishidagi predmet soxasi xaqidagi tushuncha. Ya’ni ma’lumotlar modeli – bu uzaro bog’langan ma’lumotlar tuzilmalarining to‘plami va bu tuzilmalar ustidagi amallarni anglatadi.

Inson sezish a`zolari, texnikada turli asboblar va xokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma`lumotlar deb ataladi. Ma`lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa - axborotga aylanadi. Demak ma`lumotlarga u yoki bu sabablarga ko`ra foydalanilayotgan yoki texnik vositalarda qayta ishlanilayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma`lumotlardan biror narsa to`g`risidagi mavxumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug`ilsa, ma`lumotlar axborotga aylanadi. Demak amaliyotda foydali deb topilgan, ya`ni foydalanuvchining bilimlarini oshirgan ma`lumotlarnigina axborot deb atasa bo`ladi.

Inson o`z hayotida tug`ilgan kunidan boshlab doimo ma`lumotlar bilan ish ko`radi. Ularni o`zining sezgi a`zolari orqali qabul qiladi.

Informatika uchun axborotni qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish va uzatishda axborot texnologiyalari vositalaridan qanday foydalanish kerakligi muammosi eng asosiy bo`lgani uchun, axborotlarni tasnifi ham o`ziga xosdir. Jumladan, informatikada analog (uzluksiz) va raqamli (diskret) axborotlar ishlatiladi. Inson sezgi a`zolari analog (uzluksiz) axborot bilan ish ko`rishga moslashgan bo`lsa, hisoblash texnikasi esa raqamli (diskret) axborot bilan ishlaydi. Statistika (lot. ctatus – boylik, davlat) - 1) turli hodisalar va jarayonlarni miqdoriy hisoblash, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yoʻli bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan ijtimoiy fanlar tarmogʻi. Tor maʼnoda statistika biron bir hodisa yoki jarayon toʻgʻrisidagi jamlanma maʼlumotlar (koʻrsatkichlar) majmui (toʻplami)ni bildiradi. Statistika murakkab va sertarmoq fanlar majmuidan iborat boʻlib, ijtimoiy hayotning xilma-xil hodisalarini oʻrganadi va tahlil etadi. Statistika amaliyotining boshlanishi davlatning paydo boʻlishi davriga toʻgʻri keladi. Qadimgi davrlardayoq xoʻjalik va harbiy ehtiyojlar, aholi, yer, mol-mulk hisobi boʻyicha statistika ishlari amalga oshirilgani haqida maʼlumotlar mavjud. Fan sifatida statistikaga XVII asr oxirida ingliz iqtisodchi olimi U.Petti asos soldi. Uning asarlarida siyosiy iqtisod va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan ajralmagan "siyosiy arifmetika" deb nomlangan fan - Statistika asoslari ifodalab berildi. Statistika rivojida davlatshunoslik fanining paydo boʻlishi ham muhim rol oʻynaydi.



XIX asrning II -yarmi va XX asr boshlarida Statistika jadal rivojlandi. Ayniqsa, davlat monopolistik kapitalizmi sharoitlarida Statistikaning texnik vositalari va iqtisodiy imkoniyatlari mukammallashdi.

Tarixiy voqealarni tahlil qilish uchun avvalo jamiyatda kechgan jarayonlarni, qolaversa, tarix va geografiya, tarix va kartografiya sohalarining qiyosiy o`rganilishi talab etiladi.

Karta – bu tarixiy manba bo`lib, voqealar davomiyligi haqida hikoya qiluvchi, vayron bo`lgan va yana tiklangan shaharlar, tabiiy ob`yektlarning vaqt o`tishi bilan o`zgarishini, unitilgan qadimgi sug`orish inshoatlari hamda xalqlar taqdirini hududlar bilan bog`lab o`rganadi. Shu jihatdan har bir tarixiy kartani tarixiy manba sifatida baholash mumkin.

Ilmiy adabiyotlarda qadimgi kartalar va kartografiyaning shakllangan davri haqida aniq javob yo`q. Ammo bizgacha yetib kelgan kartografik tasvirlar mil. avv. III-II ming yilliklarga oiddir. Ular orasida shimoliy Italiyaning Kamonika vodiysidan topilgan bronza davriga oid (mil.avv. II ming yillik o`rtalari) kartografik tasvirlarda dalalar, so`qmoqlar, irmoqlar va sug`orish kanallari aks ettirilgan. Qadimgi karta – tasvirlar gil taxtachalar, papirus va pergamentlarga chizilgan bo`lib, qadimgi tarixiy ma`lumotlarni o`ziga aks ettirgan. Kartalar yaratish an`anasi ilk bor qadimgi boy madaniyatli xalqlar – ossuriyaliklar, bobilliklar, misrlik va finikiyaliklarda eramizdan bir necha ming yil avval shakllangan. Tarixdan ma`lumki, miloddan avvalgi 2300 yillardanoq qadimgi bobilliklar ilk kartalarni chizib qoldirganlar. Mazkur kartada yerning ba`zi qismlari o`z aksini topgan edi.

Antik davrda kartalar uchun maxsus atama bo`lmagan. Qadimgi Rim imperiyasida kartografik tasvirlarni tabula (doska) deb atashgan. Karta so`zining qo`llanishi Uyg`onish davrida «charta» (varaq qog`oz), yunon tilida «xartes» (papirusdan yasalgan qog`oz) ma`nosi bilan bog`liqdir. Bu atama ilk bor XIV asrda Portugaliyada chizilgan kartalarda uchraydi. Demak karta so`zi «xartes» so`zidan olingan bo`lib, yozuv uchun mo`ljallangan papirus varag`i degan ma`noni bildiradi.

Kartografiya atamasi esa, ancha kengroq tushuncha bo`lib, u «tabiat va jamiyatdagi voqea - hodisalarning o`zaro bog`liqligini, ularning vaqt o`tishi bilan o`zgarishi kartografik tasvir, obrazli belgi – modellar vositasi bilan tasvirlashni va tadqiq qilishni o`rganuvchi fandir. Kartografiya qadimgi fanlardan sanaladi. Bu fan haqidagi dastlabki ta`rifni (kartografiya atamasisiz) milodiy II asrda yashagan yunon olimi Klavdiy Ptolemey bergan.

Eramizdan avvalgi II asrda astranom Gipparx kartani yer shari shaklida berib, 3600 bo`lgan karta yaratgan. Injil bo`yicha yaratilgan kartalar esa, yer aylana, disk shaklida va to`rtburchak tasavvurida berilgan. Albatta okean bilan chegaralangan. Osmon ikki qavat, yuqorida xudo va farishtalar tasviri tushurilgan. quyoshni xudo chiqaradi, keyin yashiradi tasavvurida berilgan. Yer markazida Iyerusalim (Quddus) bosh shahar joylashgan. Sharqda tog`lar va to`rt daryo Tigr, Yefrat, Geon, Fison tasviri tushurilgan. Hozirda 1100 ta monastirlik kartasi saqlanib qolgan. Shulardan 600 tasi XIII asrda yasalgan. Dengiz kartalari esa, svgavta deb atalgan. 1275 – 1339 – 1367-yilda yaratilgan dengiz kartalari bizgacha saqlanib qolgan. Ayniqsa 1367-yilda yaratilgan venesiyalik aka-ukalar Pasigano va Martin Bexayma kartlari shular jumlasidandir.

Arablarda karta aniq haqiqatga yaqin tarzda tasvirlangan. Masalan: XII asrda Al Idrisiy Sitsiliya qiroli Rodjer II buyrug`i bilan 1154-yili bir aylana, bir to`g`ri burchakli 70 – betli dunyo xaritasini chizgan. Arablarda kartalar Hind Okeani bilan o`ralgan. Shunday kartalar hozirda Sankt - Peterburgda saqlanmoqda.

Yevropa xalqlarining o`rta asrlar davri kartalari esa O`rta Yer dengizi bilan o`ralgan holda tasvirlangan. Ular kartani portplan deb atashgan. Mazkur portplanlardan ikkitasi Sankt-Peterburgda saqlanmoqda.

Kartalar tarixini o`rganish XI asrdan boshlangan. Fransuz muhandisi – geograf Barbey Bokans o`zi izlab topgan kartalarga tarixiy ta`rif bergan. Ayniqsa, monastr kartalari, yani 1200-1500 yillarda yaratilgan kartalar haqida o`z asarini yozib qoldirgan. Buyuk Britaniyada hozirda katola nomi bilan ataluvchi 15 tomlik kartalar Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Golland izlanuvchisi K. Kuma hisobida 680 ta atlas kartalar tadqiqot qilingan. Hozirda 1570 – 1880 yilgacha davr kartalari Niderlandiya muzeyida saqlanmoqda. Shularni ichida A.Nordenjeld va K.Millerni «Rim – Yo`l» kartalari (IX-XII asrlar) eng dastlabki qadimiy kartalar sifatida Portugaliyada saqlanmoqda.

Yevropada Uyg`onish davri, Buyuk Geografik kashfiyotlar va mustamlakalar uchun boshlangan harakatlar kartografiya fani taraqqiyoti uchun yangi sahifa ochdi. Endilikda karta tuzib uni sotish yo`lga qo`yiladi. O`rta asrlarda tovar almashinishi, savdoning jonlanishi, shaharlarni vujudga kelishini tezlashtirgan. Ayni paytda savdo maskanlari va ularga olib borish yo`llari ehtiyojlari kartalarning ko`plab yaratilishiga zamin hozirlagan. O`rta asrlarda ayniqsa Ispaniya, Italiya, Portugaliyada kartalar tuzish va sotish jonlangan. Masalan: Vasko de Gama Hindiston safarida 1497 – 1499 yillarda italyan, portugaliyalik kartalar bilan sayohat qilgan. Xristofor Kolumbning o`zi tuzgan kartasi ham saqlanib qolgan.

XVI asrda Yevropada tarixiy geografiya fani shakllanadi. Ushbu fan doirasida xuddi shu asrning o`zida tarixiy Kartografiya fani ham paydo bo`ldi. Bu fanning asoschisi flamand (belgiya) olimi Abraxam Ortelliy bo`lib, u 1570-yilda uchta kartadan iborat dunyo atlasini yaratgan. 1603-yilda Orteliy tomonidan antik dunyoning 53 ta tarixiy kartalardan iborat «Dunyo teatri» atlasi asarini e`lon qiladi. Tarixiy kartografiya tarixiy karta va atlaslar tuzish, ularni yaratish uslubiyatini ishlab chiqishdan iborat vazifalarga ega.

Tarixiy kartalarni haqqoniy yaratish, unga ko`proq yangi kashf etilgan yerlarni kiritish sari burilish yuz beradi. 1522-yilda ispaniyalik Nuno Garseya de Toreno Magelan sayohatini yo`lini va Filipin orollarini kartaga kiritadi. Nemis olimi Martin Vldzeyemyuller gulobus va dunyo kartasi avtori sifatida Atlantika okeanini kartaga kiritadi. Ayni paytda Amerika qit`asini Ameriko Vespuchi nomi bilan bog`laydi. 1538-yil Gerard Markator Amerikani ikkiga bo`ladi: Shimoliy va Janubiy Amerikaga. 1595-yilda xaritalarning to`plami uchun «Atlas» nomi Markator tomonidan taklif etilgan.

1503-yilda ispan qiroli tomonidan yangi dengiz kartalarini tuzishga farmon beriladi. Lekin, harbiy dengiz kartasi bizgacha yetib kelmagan. Sababi harbiy xarita sir saqlangan yoki ma`lum sabablarga ko`ra yo`qotib yuborilgan. Shunga qaramasdan Lukas Yans Vagenerning «Dengiz oynasi» nomini olgan dengiz kartasi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur kartaning qo`lyozma nusxasi Ispaniyada saqlanib kelinmoqda.

XVI asrning 40 yillarida portugaliyaliklar kartasini fransuzlar yanada takomillashtiradi. Shu davr kartalarining aksariyat qismi geograf Nikola Dyufin tomonidan yaratilgan. Uning tomonidan yaratilgan kartalarning ko`pchilik qismi davlatlar kartasini tashkil etadi. Ma`lumki, bu davr o`zaro davlatlar o`rtasidagi urushlar jarayonida kechgan. Davlatlar o`rtasidagi urushlar u yoki bu davlatning sir - asroridan ogoh bo`lishni talab etar edi. Shu davrdan boshlab quruqlikdagi davlatlar kartasini tuzish rivojlanib borgan.

Agar yuqridagi kartalarning yaratilishiga nazar tashlasak, albatta texnik jihatdan kamchiliklari ko`p bo`lgan. Karta tuzishda kompas, shunur, doira, o`lchov asboblari primitiv bo`lib, to`g`ri o`lchashga imkon bermagan. Faqatgina XVIII asrga kelib uglometr yaratiladi. Unga ko`ra kenglik va uzunlik o`lchangan.

XVIII asrning birinchi yarmiga kelib fan – texnikaning rivojlanishi, manufakturalarning paydo bo`lishi kartalar tuzish va sotish ishlarini ham tezlashtirgan. Bosma holatda u yoki bu davlatning kartalarini bosib chiqarish yo`lga qo`yiladi.

Bugunda tarixiy kartalar mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:



  1. tarixiy – geografik 

  2. tarixiy – etnografik 

  3. tarixiy-siyosiy 

  4. tarixiy-iqtisodiy 

  5. tarixiy-harbiy 

  6. milliy-ozodlik harkatlari va inqilobiy kurashlar tarixi 

  7. madaniyat tarixi 

  8. tarixiy-demografik 

  9. tarixiy-arxeologik 

  10. geografik kashfiyotlar va tadqiqotlar tarixi kartalari 

  11. alohida shaxslar hayotini aks ettiruvchi tarixiy kartalari 

  12. tarixiy tibbiy kartalar 

  13. dinlar tarixi kartalari. 

Ana shu bo`limlarning har biri fanning turli sohalariga xizmat qiluvchi manbalar sirasiga kiradi.

O`rta Osiyo xalqlarining tarixga nazar tashlasak, kartalar tuzish, globuslar yaratish, Yevropa mamlakatlaridan oldinroq boshlangan desak, xato qilmagan bo`lamiz. Ulug` bobokalonimiz, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1042) birinchi marta dunyo globusini yaratganligi to`g`risida tarixiy manbalar guvohlik beradi. Uning globusi Shimoliy yarimsharning globusi edi. Lekin g`arb olimlari buni tan olmaydi. Birinchi globus yunonistonlik Krates (eramizdan avvalgi II asr) tomonidan yasagan. 1492-yilda Marten Bexaym birinchi mukammalroq globus yasagan. Lekin unda Amerika, Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Bugunda mahalliy aholidan chiqqan Xoji Yusuf Hay`atiyning 1886-yilda ishlagan globusi Samarqanddagi madaniyat va san`at tarixi muzeyida saqlanmoqda. Zamonaviy o‘quv elektron nashrlarni tahlil etish ularning murakkab tuzilishga ega bo‘lib, kassifikatsiyaga muxtojligini ko‘rsatdi. Elektron o‘quv nashrlar klassifikatsiyasi asosida ham o‘quv, ham elektron hamda dasturiy vositalar klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi:


O‘quv nashrlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • o‘quv jarayonidagi ahamiyati va o‘rnini belgilovchi funksional xususiyatiga ko‘ra;

  • maqsadiga ko‘ra;

  • taqdim etiluvchi axborot xarakteriga ko‘ra;

  • matnning tashkil etilishiga ko‘ra;

  • ifoda etilish shakliga ko‘ra .

Elektron nashrlar quyidago turlarga bo‘linadi:



  • bosma ekvivalentining mavjudligiga ko‘ra;

  • asosiy axborot tabiatiga ko‘ra;

  • maqsadiga ko‘ra;

  • tarqatilish texnologoyasiga ko‘ra;

  • elektron nashr va foydalanuvchi orasidagi muloqot xarakteriga ko‘ra;

  • davriyligiga ko‘ra;

  • strukturasiga ko‘ra .

Hozirgi vaqtda o‘quv nashrlarining to‘rt xil turdagi nashrlarni o‘z ichiga oluvchi tipologik modeli mavjud bo‘lib, bularga:



  • Dasturiy-uslubiy (o‘quv rejasi va dasturlari);

  • o‘quv-uslbiy (uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar);

  • o‘qituvchi (darsliklar,o'quv qo‘llanmalari, ma'ruza matnlari);

  • Yordamchi (praktikumlar,masala va mashqlar to‘plamlari).

Shu bilan birga bu guruhga nazorat qiluvchi elektron o‘quv nashrlari bo‘lmish – test dasturlar va berilganlar bazalarini kiritish mumkin.Tuzilishiga ko‘ra elektron nashrlar bir tomli (bitta axborot tashuvchida joylashtirilgan) va ko‘p tomli (har bittasi alohida axborot tashuvchiga joylashtirilgan nomerlangan ikki yoki undan ortiq mustaqil elektron nashrlar) shunigdek bir xil formatda chiqariluvchi bir necha tomlarning majmuasidan iborat seriyali nashrlar ham mavjud.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə