Istanbul fojiasi



Yüklə 356,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü356,26 Kb.
#134063
  1   2
Imomaliyeva G 120-122



 
120 
“ISTANBUL FOJIASI” DRAMATIK DOSTONIDA ISKANDAR 
OBRAZINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TASVIRI 
 
Imomaliyeva Gavharoy Odiljon qizi 
Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi 
Roxmanova Nafisa Azatbekovna 
O’zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o’qituvchisi 
ANNOTATSIYA 
O’zbek adabiyotining yirik namoyondasi, o’chmas mash’alasi hisoblangan Erkin 
Vohidovning “Istanbul fojiasi” asarida hayotning shafqatsiz haqiqatiga duch kelamiz. 
Asarda davr to’zonlari, hayot chigalliklari ichra tangib noxush, nomaqbul to’lqinlar 
iskanjasiga tushib qolgan, adashgan, ammo kechikib bo’lsa-da, xatosini anglagan 
insonlar fojiasi aks etgan. 
Kalit so’zlar: Istanbul, Jalol, Saodat, Iskandar 
 
KIRISH 
 
“Istanbul fojiasi” qahramonlari, asosan, 3 shaxs hisoblanadi: aka – Jalol, uning 
ayoli – Saodat va Jalolning ukasi – Iskandar. Ushbu qahramonlar qismati zamonning 
muhim tarixiy-ijtimoiy voqea-hodisalari – Ikkinchi Jahon Urushi, Urushdan keyingi 
davrda dunyodagi keskin ziddiyatlar, mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi 
muammolar bilan bog’liq holda aks etadi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Drama syujeti unchalik murakkab bo’lmasa-da, bir qorindan talashib tushgan 
aka-uka – Jalol va Iskandarlar muhabbat tufayli bir-biriga raqibga aylanadilar. Aka 
ukase sevgan qizni yo’ldan uradi, alamiga chiday olmagan uka esa o’zini qo’yggani joy 
topolmay, ko’ngilli bo’lib frontga jo’naydi. Qismatni qarangki, ana shu aka-uka va ular 
orasidagi ziddiyatga sababchi bo’lgan ayol – Saodat qirq yildan keyin xorijda – 
Istanbulda uchrashib qolishadi. 
Syujet rivoji zanjirida romantic ruhdagi asarlarga xos favqulodda shartli halqalar 
talaygina: og’a-ini va ular orasiga g’ov slogan ayol, ya’ni ham qondosh, ham raqib 
og’a-ini va ularning har ikkisi uchun aziz bo’lgan shaxsning qirq yildan so’nhg xorijda 
bir-biriga duch kelishi, allaqachon marhum sanalib, nomi qahramonga aylangan, 
shuhratlarga burkangan odamning tirik, buning ustiga vatangado bo’lib chiqishi bir 
vaqtlar o’zga nomda, o’zga el odami bo’lib yurtiga, og’asi, sevgilisi, onasi huzuriga 
kelib ketishi, buni hech kim sezmay qolishi – bularning barchasi romantik asarlar 
syujetiga xos favqulodda xususiyatlardir. 


 
121 
Asardagi uch yetakchi personaj – og’a Jalol, ini Iskandar, oradagi ayol Saodat – 
hammasi o’zgaruvchan xarakterlar, ular hayot yo’li – umrning turli bosqichlarida turli 
vazifalarda turlicha holda ko’rinadilar. 
Ko’p hollarda bu hodisa uch personaj tomonidan uch xil idrok etilib, uch xilda 
baholanishi, aksari qarashlaridagi tafovut va ziddiyatlarning keskin tus olishi asarga 
o’ziga xos munozara ruhini bag’ishlaydi. Bahslar payti muallif voqeaga bevosita 
aralashmaydi, kim haq, kim nohaq, asl haqiqat kim tomonda ekanini o’qiyotgan kishi 
sezib, bilib turadi. Shunga ko’ra, bu asarni o’qish uchun kishida adabiy-estetik 
tayyorgarlik bo’lishi kerak, hamda u nozik didli, bilimdon bo’lishi talab etiladi. 
Bunday olib qaraganda, Iskandar shunchaki adashgan vatangado xoin kimsadek 
ko’rinadi. Aslida esa Iskandar qochoq, xiyonatkor emas, yurt oldida gunohsiz: u 
ixtiyorsiz ravishda hayot so’qmoqlariga tushib qolgan. Bir vaqtlar bu pok va soda, qalbi 
ko’zgu kabi musaffo, oriyatli yigit Saodatni chin dildan sevgan, vatan ozodligi yo’lida 
chindan ham mardona jang qilgan. Bu odam hayotining izdan chiqishi sarson-sargardon 
vatangadoga aylanishi, avvalo, urush dahshatlariga, ziddiyatli dunyoning g’ayriinsoniy 
tomonlariga borib taqaladi. U urushning eng baxtsiz tirik qurboni. Omonsiz jang payti 
dushman qo’liga tushib qoladi, xorijda sarson-sargardon kezadi. Iskandarning 
baxtsizligida beqaror Saodatning ham hissalari bor. Bunga Iskandarning o’zi ham 
aybdor. U ilk sevgi hijron azblariga dosh berolmay, jizzakilik qilib, ixtiyorini butunlay 
taqdir izniga qo’yib beradi. Endi uning go’yo ona yurtida qiziqtiradigan hech narsa 
qolmagandek, yurtiga talpinmaydi, o’z baxti sha’ni uchun kurashmaydi, ilk sevgisi 
ortidan o’z akasiga nisbatan, oradan qirq yil o’tishiga qaramay, gina saqlab yuradi, shu 
ginasi tufayli Iskandar o’zining volidasini-da “unutadi”, yurtiga onasi uchun bo’lsa ham 
qaytmaydi. Dinini ham unutadi, e’tiqodini tark qiladi. Bunday beqarorlik, loqaydlik esa 
unga nihoyatda qimmatga tushadi. 

Yüklə 356,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə