Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar. Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy taraqqiyot


I Bob Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy taraqqiyot



Yüklə 231,5 Kb.
səhifə2/12
tarix22.05.2023
ölçüsü231,5 Kb.
#112056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida madaniy va ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar.

I Bob Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi madaniy va ma’naviy taraqqiyot.
1.1 Ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Shuning uchun ham jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi deb belgilandi.
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo‘lgan. Ayniqsa, Rossiya mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi.
Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo‘shgan bobolarimiz - Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahmad YAssaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat bo‘yicha nishonlandi, ruhlari shod etildi, asarlari nashr etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag‘ishlamoqda, jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilish, milliy axloqiy qadriyat hamda an’analar va muqaddas dinimizning o‘rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari birinchi Prezident I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo‘lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida belgilab berildi.
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari partiyaviylik, sinfiylik yondashuvlaridan, hukmron kommunistik mafkura ta’siridan xalos etildi. Necha 10 yillar davomida buzib ko‘rsatilgan yoki so‘z yuritilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o‘quv adabiyotlari yaratildi.
Prezident Farmoni bilan 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi. Amir Temur tavalludining 660-yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlar O‘zbekistonda, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida o‘tkazildi. YUNESKO qarori bilan Sohibqiron yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan madaniyat haftaligi, «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzuida xalqaro konferensiya va ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal qo‘yildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi, uning nomi bilan bog‘liq tarixiy yodgorliklar ta’mirlandi.
Istiqlol yillarida xalqimizning o‘tmishiga, boy tarixiy merosiga, ma’naviy qadriyat va an’analariga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan bobokalonlarimizning ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari mamlakat va xalqaro miqyosda keng nishonlanmoqda. Jumladan:
1991 yil ― Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
1993 yil ― Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi;
1993 yil ― Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi;
1994 yil ― Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi;
1995 yil ― Mahmud az ― Zamaxshariyning 920 yilligi;
1996 yil ― Amir Temur tavalludining 660 yilligi;
1998 yil ― Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi;
1998 yil ― Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi;
1999 yil ― Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi;
2000 yil ― Burhoniddin Marg‘inoniyning 910 yilligi;
2000 yil ― Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligi;
2000 yil ― Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;
2003 yil ― Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yilligi;
2004 yil ― Xoja Ahror Valiyning 600 yilligi zo‘r tantana bilan nishonlanganligi fikrimizning dalilidir.
Uzoq va boy tarixning hamda madaniyatimiz, shuningdek, ma’naviyatimizning ildizi qadimga borib taqalishiga guvohlik beruvchi Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to‘ylarining o‘tkazilishi jahon madaniyati tarixining ibtidosi sifatida ham e’tirof etilgan edi. 1999 yilda “Alpomish” eposining 1000 yilligi, 2001 yilda “Avesto” yaratilganining 2700 yilligi, 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi, 2002 yilda Shahrisabz shahrining 2700 yilligi, 2006 yilda Qarshi (Nasaf) shahrining 2700 yilligi, 2006 yilda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi, 2007 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi, 2007 yili Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi, 2009 yilda Toshkent shahrining 2200 yilligi nishonlanishi Vatanimizning ma’naviyat sohasida bardamligi va shaharsozlik madaniyati ham baquvvatligini ko‘rsatuvchi dalil bo‘ldi.
Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari chop etildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Xotira-maydoni» majmuasi barpo etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Madaniy taraqqiyot inson ma’naviy kamolotining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanib, mamlakat ravnaqi har bir fuqaroning ongliligi, ularning madaniy-tarixiy boyliklarini yaratish, saqlash va rivojlantirish jarayonlariga bo‘lgan munosabatlariga har tomonlama bog‘liqdir. Davlatimiz rahbari SH.M.Mirziyoev «Har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa xaqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi»1. Ta’kidlash joizki, madaniy-tarixiy taraqqiyot nihoyatda murakkab hisoblanib, uning ichki mohiyatini ham moddiy, ham ma’naviy madaniyatlar tashkil etadi. Ularning o‘zaro aloqasi hamda mavjudlik shakllarini anglab etish uchun madaniy taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, rivojlanish bosqichlari va o‘lchovlarini aniqlash, shuningdek madaniy hodisalarning o‘zaro aloqasi, madaniyatning ijtimoiy taraqqiyotdagi vazifalari, o‘rni va roli, madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari to‘g‘risida muayyan bilimga ega bo‘lish talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz», – degan fikrlarida juda katta mantiq va ma’no bor. Biroq, sovet mustabid tuzumi sharoitida o‘zbek milliy madaniyati haddan ortiq darajada zarar ko‘rdi. Barcha mustamlakachilar kabi kommunistik mafkura maddohlari ham o‘zbek xalqini qul qilish uchun, eng avvalo, xalqimizning milliy madaniyatini yo‘q qilishga zo‘r berdilar! Taniqli olim A.Mavrulov shunday ta’kidlagan edi: «o‘zbek xalqi katta yo‘qotishlarga qaramasdan, o‘zligini, o‘z milliy madaniyatini muayyan darajada saqlab qola bildi. Bunga uzoq va yaqin tarix guvoh. Endigi vazifa ma’naviy hayotdagi barcha yo‘qotishlarning o‘rnini qoplashdan iboratdir. O‘zbek xalqi ana shu yo‘ldan bordi, o‘z milliy tarixiy, madaniy merosiga sodiqligini ko‘rsata oldi. Bu esa mustamlakachiliklar davrida yo‘qotilgan, toptalgan madaniy merosni tiklash, o‘zligini anglashga bo‘lgan rag‘batni uyg‘otdi»1.
Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e’tiqod qayta tiklandi. Ramozon hayiti, Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro‘z qayta tiklandi, bu kunlar Prezident Farmoni bilan dam olish, bayram kuni bo‘lib qoldi. Musulmonlar O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi-marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Prezident Farmoni bilan tuzilgan «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi (1994 yil 23 aprel PF-842-son)2, «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi (Vazirlar Mahkamasining 27.09.1996 yil 338-sonli Qarori)3 jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy ravnaqi yo‘lida xizmat qilmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot tizimi shakllandi. Bu jarayonda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, uning joylardagi tuzilmalari hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etish lozim.
Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Xususan, oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo‘shilib qolish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e’tiborni talab etmoqda.
Mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi bo‘g‘inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini ta’minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan.
Ana shu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lami va miqyosini kengaytirish, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan soha xodimlarining bilim va malakasini izchil oshirib borish, tuman (shahar) darajasidagi xodimlar mehnatiga haq to‘lashning barqaror tizimini yo‘lga qo‘yish, sohada faoliyat olib borayotgan muassasa va tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish va ularning samarasini oshirish maqsadida: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyul №PQ-3160-sonli Qarori bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazini qayta tashkil etildi1.
Bugungi kunda respublikada 7476 ta moddiy madaniy meros ob’ekti mavjud. SHundan, 7123 tasi davlat mulki, 353 tasi xususiy mulk hisoblanadi. Jumladan, 4308 ta arxeologiya, 2079 ta arxitektura ob’ekti, 694 ta mahobatli san’at asari, 395 ta diqqatga sazovor joy bor. Milliy fondlarimizda esa 2,5 milliondan ziyod muzey ashyolari, 100 mingdan ortiq yozma asarlar saqlanadi.
Madaniyat vazirligi huzurida ushbu noyob merosimizni asrab-avaylab, kelajak avlodga bekamu ko‘st etkazish, ularni ilmiy tadqiq qilish, saqlash uchun mas’ul muassasa — Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarma mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, uning ayni paytdagi faoliyatida jiddiy xatoliklar va muammolar borligi ko‘zga tashlanib qoldi. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, sohada boshqaruv tizimi izdan chiqqan edi. Achinarlisi, mavjud moddiy madaniy meros ob’ektlarining atigi 25 foiziga muhofaza belgisi o‘rnatilgan bo‘lib, zarur hujjatlashtirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Hatto 5755 ta ob’ektning kadastr hujjatlari ham yo‘q. Boshqarma arxeologiya yo‘nalishida mutlaqo qoniqarsiz faoliyat olib borgan.
Madaniy meros bo’ektlarini muhofaza qilish maqsadida 2018 yil 19 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi hamda uning mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tashkil etilmoqda. Departamentning asosiy vazifalaridan biri moddiy madaniy meros, jumladan, arxeologiya ob’ektlari, muzey ashyolari va kolleksiyalari hamda madaniy boyliklarni muhofaza qilish, ulardan foydalanishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishdan iborat. Qarorga asosan, Departamentning vakolatlari kengaytirilib, moddiy madaniy meros, jumladan, arxeologiya ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida yagona maxsus davlat muassasasi etib belgilandi. Uning qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy ekanligi va uning rahbari Madaniyat vazirining o‘rinbosari hisoblanishi yangi tizimning mavqei va mas’uliyati balandligini ko‘rsatib turibdi1.
2019 yil 30 martda esa Vazirlar Mahkamasining №230-sonli O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida1gi Qarori qabul qilindi.
Respublikada 16 diniy konfessiya ro‘yxatga olingan va rasman faoliyat ko‘rstamoqda. 2200 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda O‘zbekistonda yashovchi 130 dan ortiq millat va elat vakillari o‘zlarining diniy ehtiyojlarini qondirmoqdalar. 2 mingdan ortiq masjidlar, xristian ibodatxonalari, sinagogalar va boshqa diniy markazlar ta’mirlandi va yangidan qurildi. 10 ta diniy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 1999-yilda Toshkent islom universiteti ochildi. 2018 yil 16 aprelda “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2gi PF-5416-sonli Farmoni bilan Toshkent islom unisersiteti negizida O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi.
O‘zbekiston hududida xalqning ulug‘vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq yodgorliklar ta’mirlandi.
O‘zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustamlakachilik davrida oyoq-osti qilingan, insonparvar urf-odatlari va an’analari, madaniy qadriyatlari ehtiyotlab tiklandi va yangi ma’no-mazmun bilan boyitildi. Maqomchilar, to‘y-marosim qo‘shiqlari, shoir-baxshilar va folklor-etnografik dastalarning o‘nlab ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi. Pianinochi va skripkachilarning simfonik va kamer musiqalari, zamonaviy estrada guruhlarining festival va tanlovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi o‘rni va ahamiyati qayta tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yildi. Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ish yuritish asosan o‘zbek tilida olib borilmoqda. 2019 yil 21 oktyabrda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Prezident farmoni, 2020 yil 10 aprelda “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ-615 sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi o‘zbek tilining maqomini yanada mustahkamlanishiga qaratilagn huquqiy chora hisoblanadi.
Respublikamizning ma’muriy-hududiy birliklari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. SHuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tillari, qadr-qimmati ham o‘z o‘rniga qo‘yilgan.



Yüklə 231,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə