7-amaliy mashg’ulot mavzu: Tabiiy tanlanish va uning natijasi hamda shakllari Mashg’ulotning ta’lim maqsadi



Yüklə 17,98 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü17,98 Kb.
#135275
7-Mavzu Tabiiy tanlanish va uning natijasi hamda shakllari


7-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Tabiiy tanlanish va uning natijasi hamda shakllari
Mashg’ulotning ta’lim maqsadi: Talabalarga tabiiy tanlanish va uning natijasi hamda shakllari haqidagi ta’limotning vujudga kelishini tushuntirish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Tabiiy tanlanish va uning natijasi hamda shakllarini tushuntirish orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantirish maqsadi: Talabalarning tabiiy tanlanish va uning natijasi hamda shakllari haqidagi bilimlarni ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, jadvallar, slaydlarni ekran orqali namoyon qilish.
Yangi mavzuning rejasi:
1.Tabiiy tanlash va uning shakllari.
2. Stabillashtiruvchi tanlash.
3. Harakatlantiruvchi tanlash.
4.Dizruptiv tanlash
Mavzu mazmuni: Populyatsion genetika rivojlanishi bilan tabiiy tanlanishni o‘rganish jarayonida asosiy e’tibor populatsiya va turning genetik tuzilishi o‘zgarishiga qaratildi. Natijada tabiiy tanlanish populatsiyaning genetik strukturasini o'zgartiradigan evolyutsiyaning boshlang‘ich omili sifatida talqin qilina boshladi. Shunga ko‘ra, hozirgi vaqtda tabiiy tanlanishning 4 turi: 1) harakatlantiruvchi; 2) stabillashtiruvchi; 3) dizruptiv; 4) destabillashtiruvchi turlari farqlanadi. Harakatlantiruvchi tanlanish. Tabiiy tanlanishning bu turi populatsiyadagi irsiy o'zgaruvchanlik chegarasini kengaytiradi, belgi-xossalaming o‘rtacha mohiyatining siljishiga imkon yaratadi. Harakatlantiruvchi tanlanish o‘zgargan sharoitda moslanish ahamiyatini yo'qotgan eski reaksiya normasi o‘rniga yangi reaksiya normasini vujudga keltiradi hamda uni mustahkamlaydi. Buning oqibatida kelgusi bo‘g‘inlarda oldingi bo‘g‘inlarning normadagi fenоtipidan keskin farq qilgan fenotipga ega organizmlar saqlana boradi. Binobarin, optimum moslanish o‘rtacha darajadagi fenotip formalaning emas, balki keskin o‘zgargan chetki formalaming tanlanishi orqali ro‘yobga chiqadi. Tanlanishning bu formasi belgi-xossalar eski individlar o‘rniga muhit sharoitiga moslashgan yangi individlar vujudga keltirishi bilan xarakterlanadi. Harakatlantiruvchi tanlanish natijasida belgi-xossalar kuchayish yo susayish tomonga qarab o'zgaradi. Stabillashtiruvchi tanlanish. Bu tanlanish populatsiyaning o‘zgaruvchanligini qisqartiradi va turg‘unligini oshiradi. Har bir populatsiyaning hayoti muhitga bogliq. U yashab qolish uchun doim hayot sharoitiga moslanishi kerak. Populatsiya butun hayoti davomida tabiiy tanlanish ma’lum davrda hukmronlik qilgan tashqi muhitning kompleks sharoitiga moslashgan fenotipni vujudga keltirgan genotipni saqlay boradi. Agar bir necha bo‘g‘in mobaynida yashash sharoiti o'zgarmasa, u holda populatsiya-yuqori moslanish darajasiga ega boladi va tabiiy tanlanish genetik o‘zgaruvchanlikni stabillashtirishga tomon yo‘naladi. Bunday sharoitda tanlanish to‘xtamaydi, balki davom etib, muhitga yaxshi moslashgan, o‘rtacha normaga ega formalar saqlanadi, normadan o‘zgargan organizmlar esa nobud boladi. Tanlanishning bu formasini Shmalgauzen stabillashtiruvchi tanlanish deb nomladi. Dizruptiv tanlanish. Ba’zan muhit sharoitining o‘zgarishi natijasida populatsiyaning miqdor jihatdan ko‘pchilikni tashkil etuvchi o‘rtacha tipi (norma) eliminatsiyaga uchraydi va oqibatda populatsiya yashash uchun kurashda biror turg‘un afzallikka ega bo‘lmagan bir qancha genotiplardan iborat bo‘ladi. Bunday hollarda dizruptiv tanlanish namoyon bo‘ladi. Destabillashtiruvchi tanlanish. Tanlanishning bu turi yirtqich hayvonlar ustida olib borilgan tajribalar natijasida kashf qilingan. Ma’lumki, boshqa yirtqich hayvonlar singari, tulkilar ontogenezida ham stabillashtiruvchi tanlanish tufayli tarixan tarkib topgan belgi va funksiyalar rivojlanadi. K.D. Belyayev kumushsimon, qora tulkilar populatsiyasini o‘rganib, ular xatti-harakati bo‘yicha polimorf, ya’ni 30% odamga nisbatan tajovuzkor, 20% hurkovich, 40 % tajovuzkor hurkovchi, 10 % tinch kuzatuvchan ekanligini aniqlagan. Kuzatishlar himoyalanish xatti-harakati bilan jinsiy aktivlanish orasida genotipik va fenotipik munosabat borligidan dalolat berdi.
Takrorlash uchun savollar

  1. Tabiiy tanlash va uning shakllarini sanang?

  2. Stabillashtiruvchi tanlash bu..

  3. Harakatlantiruvchi tanlash bu..

  4. Dizruptiv tanlash bu...



Adabiyotlar

  1. А.Т.Ғофуров, С.С.Файзуллаев. Эволюцион таълимот. Олий ўқув юрти талабалари учун дарслик. Т. “Алоқачи”. 2009.

  2. А.В.Яблоков, А.Г.Юсупов, “Эволюционное учение” Высщая школа. М. 1989 г.; 335 c.

  3. Мамонтов С.Г., Захаров В.Б. Общая биология. М.: Высшая школа, 1999.

Yüklə 17,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə