Mustaqil ta’lim topshiriqlari


Mustaqil ta’lim uchun 10 ball beriladi



Yüklə 35,96 Kb.
səhifə2/2
tarix31.12.2021
ölçüsü35,96 Kb.
#82148
1   2
BT-204 ToshboyevaSultonmurodova Feruza mustaqil ish

Mustaqil ta’lim uchun 10 ball beriladi.

Kurs modullari

Topshiriq turi

Toshiriq shakli

soat miqdori

Nutq tovushlari tahlili.


Individual

Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2

Nutqiy bo`linish va orfografik hamda orfoepik tahlil.




Individual



Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2


Leksik tahlil.


Individual


Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2

Morfemik va so`z yasalishi tahlili.


Individual


Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2

Ot so`z turkumi tahlili.

Individual

Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2

Sifat, son va olmosh so`z turkumlari tahlili.

Individual



Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2

Fe’l so`z turkumi tahlili.

Individual


Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2

Ravish so`z turkumi tahlili

individual

Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2

Yordamchi va alohida guruh so`z turkumlari tahlili.


Individual



Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2

So`z birikmasi va gaplarning ifoda maqsaiga ko`ra turlari jihatidan tahlili.

Individual


Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2

Gap bo`laklari tahlili

individual

Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2

Sodda gap turlari tahlili.


Individual



Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2

Qo`shmava o`zga gap turlari tahlili.



Individual


Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2

Uslubiyat bo`yicha tahlil.

individual

Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2

Tinish belgilari bo`yicha tahlil.

Individual



Badiiy asarlardan misollar topib tahlil qilish.

2

Eslatma: Hurmatli talabalar! Har bir mavzu bo`yicha badiiy asarlardan misollar topib, tahlil qiling. (Kamida 5 tadan gap).

Fe’l so`z turkumi tahlili.

Tahlil tartibi:


1.So’rog’i

2.Bo’lishli yoki bo’lishsizligi

3.O’timli yoki o’timsizligi

4.Nisbati

5.Shax-soni

6.Zamon turi

7.Mayl turi

8.To’liq yoki to’liqsizligi

9.Yertakchi, ko’makchi fe’llar aniqlanadi

10.Vazifadosh(xoslangan) shakllari

11.Tuzilish turi

12.Tub yoki yasamaligi

13.Gapdagi sintaktik vazifasi


1-gap

Mashhadda Alisher butun vujudi bilan o’qishga berildi.

1.nima qildi?

2.bo’lishli

3.o’timsiz

4.o’zlik nisbat

5. 3-shaxs birlikda

6.o’tgan zamon

7.xabar mayli

8.to’liq fe’l

9.yakka fe’l

10.sof fe’l

11.sodda fe’l

12.tub fe’l

13.kesim

2-gap

Sulton Navoiyni o’z huzuriga chaqirtirdi.

1.nima qildi?

2.bo’lishli

3.o’timli

4.orttirma nisbat

5. 3-shaxs birlikda

6.o’tgan zamon

7.xabar mayli

8.to’liq fe’l

9.yakka fe’l

10.sof fe’l

11.sodda fe’l

12.tub fe’l

13.kesim

3-gap

Navoiy Hirotga erta bahorda qaytdi.

1.nima qildi?

2.bo’lishli

3.o’timsiz

4.aniq nisbat

5. 3-shaxs birlikda

6.o’tgan zamon

7.xabar mayli

8.to’liq fe’l

9.yakka fe’l

10.sof fe’l

11.sodda fe’l

12.tub fe’l

13.kesim

Ravish so`z turkumi tahlili

Tahlil tartibi:


1.So’rog’i

2.Ma’na turlari

3.Darajasi

4.Otlashgan yoki otlashmaganligi

5.Tuzilish turi

6.Tub yoki yasamaligi

7.Gapdagi sintaktik vazifasi

1-gap

Barno ertalab tursa, yer oppoq qorga burkangan ekan.

1.Qachon?

2. Payt ravishi

3.Oddiy daraja

4.Otlashmagan

5.Sodda yasama

6.Yasama


7. Hol

2-gap

Bo’ying sal cho’zilsin, bironta duradgor usta topilsa, shogirdlikka topshiraman.

1.Qancha?

2.Miqdor-daraja ravishi

3.Oddiy daraja

4.Otlashmagan

5.Sodda

6.Tub


7.Hol

3-gap

Salmon ota gapni uzoqdan boshladi.

1.Qayer?

2. O’rin ravishi

3.Oddiy daraja

4. Otlashmagan

5.Sodda

6. Tub


7. Hol

Nutq tovushlari tahlili.

Fonetik Tahlil tartibi:


  1. Gap tarkibidan muayyan so`z ajratib olinadi

  2. So`z bo`g`inlarga ajratiladi

  3. Ochiq-yopiq, berkitilgan-berkitilmagan bo`g`inlar aniqlanadi

  4. Urg`uli bo`g`in ko`rsatiladi.

  5. Fonetik hodisalarga e`tibor qaratiladi

  6. So`z tarkibidagi unli tovushlar aniqlanadi va unli tovushlar tasnifi bo`yicha tahlil qilinadi.

  7. So`z tarkibidagi undosh tovushlar aniqlanadi va undosh tovushlar tasnifi bo`yicha tahlil qilinadi.

1-gap

Sharifjon osmondagi yulduzlarning ko’pligi sabab sanog’idan adashib ketdi.



  1. Sanog’idan

  2. Sa-no-g’i-dan

  3. 1-bo’g’in: ochiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in

2-bo’g’in: ochiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in

3-bo’g’in: ochiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in

4-bo’g’in: yopiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in


  1. Sa-no-g’i-dan to’rtinchi bo`g`inga urg`u tushgan

  2. Fonetik hodisa ro`y bergan: 3 ta

1-tovush almashishi: son+a=sana o→a

2-tovush almashishi: sana+q=sanoq a→o

3-tovush almashishi: sanoq+i=sanog’i q→g’


  1. A – quyi keng; til oldi (old qator); lablanmagan unli.

O – quyi keng; orqa qator; oraliq unli.

I – yuqori tor; old qator; lablanmagan unli.



  1. S – til oldi; sirg’aluvchi; jarangsiz; shovqinli; sof undosh

N – til oldi portlovchi; jarangli;sonor; sof undosh

G’ – chuqur til orqa, sirgaluvchi; jarangli; shovqinli; sof undosh

D – til oldi, portlovchi; jarangli; shovqinli; sof undosh

2-gap

Go’ro’g’li och qoldi, enagasiga qarab bir so’z dedi.



  1. Enagasiga

  2. E-na-ga-si-ga

  3. 1-bo’g’in: ochiq bo`g`in va berkitilmagan bo`g`in

2-bo’g’in: ochiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in

3-bo’g’in: ochiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in

4-bo’g’in: ochiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in

5-bo’g’in: ochiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in



  1. E-na-ga-si-ga beshinchi bo’g’inga urg’u tushgan

  2. Fonetik hodisa ro’y bermagan.

  3. E – o’rta keng; til oldi (old qator); lablanmagan unli.

A – quyi keng; til oldi (old qator); lablanmagan unli.

I – yuqori tor; old qator; lablanmagan unli.



  1. N – til oldi; portlovchi; jarangli;sonor; sof undosh

G – sayoz til orqa; portlovchi; jarangli;shovqinli; sof undosh

S – til oldi; sirg’aluvchi; jarangsiz; shovqinli; sof undosh



3-gap

Qorong’u kechadan ko’kka ko’z tikib, eng yorug’ yulduzdan seni so’rayman.



  1. Ko’kka

  2. Ko’k-ka

  3. 1-bo’g’in: yopiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in

2-bo’g’in: ochiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in

  1. Ko’k-ka ikkinchi bo’g’inga urg’u tushgan

  2. Fonetik hodisa ro’y bergan: 1 ta

Tovush almashishi: ko’k+ga=ko’kka g→k

  1. O’ – o’rta keng; orqa qator; lablangan unli.

A – quyi keng; til oldi (old qator); lablanmagan unli.

  1. K – sayoz til orqa; portlovchi; jarangsiz; shovqinli; sof undosh

4-gap

Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko’zlari katta ochildi.



  1. Quvnoq

  2. Quv-noq

  3. 1-bo’g’in: yopiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in

2-bo’g’in: yopiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in

  1. Quv-noq ikkinchi bo’g’inga urg’u tushgan

  2. Fonetik hodisa ro’y bergan: 1 ta

Tovush almashishi: quvna+q=quvnoq a→o

  1. U – yuqori tor; orqa qator; lablangan unli.

O – quyi keng; orqa qator; oraliq unli.

  1. Q – til oldi; qorishiq; jarangsiz; shovqinli; sofmas undosh

V – lab(lab-tish); sirg’aluvchi; jarangli;shovqinli; sof undosh

N – til oldi; portlovchi; jarangli;sonor; sof undosh



5-gap

Men esa oshig’ing sening eng g’arib,

Tundan so’z qarz olib, tongga tutguvchi.


  1. Oshig’ing

  2. O-shi-g’ing

  3. 1-bo’g’in: ochiq bo`g`in va berkitilmagan bo`g`in

2-bo’g’in: ochiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in

3-bo’g’in: yopiq bo`g`in va berkitilgan bo`g`in



  1. O-shi-g’ing uchinchi bo’g’inga urg’u tushgan

  2. Fonetik hodisa ro’y bergan: 1 ta

Tovush almashishi: oshiq+ing=oshig’ing q→g’

  1. O – quyi keng; orqa qator; oraliq unli.

I – yuqori tor; old qator; lablanmagan unli.

  1. Sh – til oldi; sirg’aluvchi; jarangsiz; shovqinli; sof undosh

G’ – chuqur til orqa, sirgaluvchi; jarangli; shovqinli; sof undosh

ng – sayoz til orqa, portlovchi; jarangli; sonor; sof undosh



Morfemik va so`z yasalishi tahlili.

Morfemik tahlil tartibi:


1.Matndan gap ajratib olinadi

2.Gapdagi so`zlar morfema, ya’ni asos va qo`shimchalarga ajratiladi.

3.O`zak morfema ko`rsatiladi

3.Affiksal morfemalar miqdori aniqlanadi

5.Qo`shimchalarning turi ko`rsatiladi

1-gap

1.Befoyda so’zni aytma, foydali so’zdan qaytma.

2.Be-foyda so’z-ni ayt-ma, foyda-li so’z-dan qayt-ma

3.foyda, so’z, ayt, qayt- o’zak morfemalar

4.6 ta affiksal morfema mavjud

5. a) so`z yasovchilar – 2 ta: -be, -li;

b) sintaktik shakl yasovchilar – 2 ta: -ni, -dan;

d) lug`aviy shakl yasovchilar – 2 ta: -ma, -ma



2-gap

1.Mehmonlarning quvnoq qahqahasidan Mahmudning mudroq ko’zlari katta ochildi.

2. Mehmon-lar-ning quvna+q tovush-i-dan Mahmud-ning mudroq ko’z-lar-i katta och-il-di.

3.mehmon, quvna, tovush, Mahmud, mudroq, ko’z, katta, och(fe’l)-o’zak morfemalar

4. 10 ta affiksal morfema mavjud

5.a) so`z yasovchilar – 1 ta: -q;

b) sintaktik shakl yasovchilar – 6 ta: -ning, -i, -dan; -ning, -i, -di

d) lug`aviy shakl yasovchilar – 3 ta: -lar, -lar, -il



3-gap

1.Oyni etak bilan yopib bo’lmas.

2.Oy-ni etak bilan yop-ib bo’l-mas

3.oy, etak, yop, bo’l-o’zak morfemalar

4.3 ta affiksal morfema mavjud

5. a) so`z yasovchilar – yo’q;

b) sintaktik shakl yasovchilar – 2 ta: -ni, -ib;

d) lug`aviy shakl yasovchilar –1ta: -mas



4-gap

1.Bu so’zlar shoirni zarracha qo’rqitmadi.

2. Bu so’z-lar shoir-ni zarra-cha qo’rq-it-ma-di.

3.bu, so’z, shoir, zarra, qo’rq-o’zak morfemalar

4.6 ta affiksal morfema mavjud

5. a) so`z yasovchilar – 1 ta: -cha;

b) sintaktik shakl yasovchilar – 2 ta: -ni, -di;

d) lug`aviy shakl yasovchilar –3 ta: -lar, -it, -ma.



5-gap

1. Otamdan qattiq hayqirardim.

2. Ota-m-dan qattiq hayqir-ar-di-m.

3.ota, qattiq, hayqir-o’zak morfemalar

4.5 ta affiksal morfema mavjud

5. a) so`z yasovchilar – yo’q;

b) sintaktik shakl yasovchilar – 4 ta: -m, -dan, -di, -m;

d) lug`aviy shakl yasovchilar –1 ta: -ar.


So’z yasalishi tahlili tartibi:


1.Matndan gap ajratib olinadi

2.Gapdagi yasama so`zlar aniqlanadi.

3. so`zning tuzilishiga ko`ra turi belgilanadi.

4.Sodda yasama so`z yasashga asos qism va yasovchi qismga ajratiladi.

5.Kompozitsiya usulida yasalgan so`zlar tarkibi va turkumi ko`rsatiladi.

1-gap

1.Bilimli biladi, zakovatli uqadi.

2.Bilimli, zakovatli- yasama so’zlar

3.Bilimnli, zakovatli-affiksatsiya usulida yasalgan

4.Bilim+li (otdan sifat yasalgan), zakovat+li (otdan sifat yasalgan)

5. Kompozitsiya usulida yasalgan so’zlar yo’q.



2-gap

1.Savodsizlik – qayg`urishga arziydigan tuban illat.

2.Savodsizlik, qayg’urishga -yasama so’z

3.Savodsizlik, qayg’urishga -affiksatsiya usulida yasalgan

4.Savodsiz+lik (sifatdan ot yasalgan), qayg’u+r (otdan fe’l yasalgan),

5. Kompozitsiya usulida yasalgan so’zlar yo’q.



3-gap

1.Befoyda so’zni aytma, foydali so’zdan qaytma.

2. Befoyda, foydali- yasama so’zlar

3. Befoyda, foydali-affiksatsiya usulida yasalgan

4.Be+foyda(otdan sifat yasalgan), foyda+li(odan sifat yasalgan)

5. Kompozitsiya usulida yasalgan so’zlar yo’q.



4-gap

1.Pok kishilar doim shodlik ustida, gunohkor esa g’am va qayg’u ostida bo’ladi.

2.Shodlik, gunohkor-yasama so’zlar

3.shodlik, gunohkor-affiksatsiya usulida yasalgan

4.Shod+lik(sifatdan ot yasalgan), gunoh+kor(otdan ot yasalgan)

5. Kompozitsiya usulida yasalgan so’zlar yo’q.



5-gap

1.Mayli, hamma in’om, hamma boylik o’sha madhiyabozlarga buyursin.

2.Boylik, madhiyabozlarga-yasama so’z

3.Boylik, madhiyaboz-affiksatsiya usulida yasalgan



4.Boy+lik(sifatdan ot yasalgan), madhiya+boz(otdan ot yasalgan)

5. Kompozitsiya usulida yasalgan so’zlar yo’q.
Yüklə 35,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə