1. Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi



Yüklə 18,65 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü18,65 Kb.
#145211
  1   2
MARKETING 2


Variant №17

  1. Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi

  2. Marketing kommunikatsiyasi

  3. Marketing xizmatini samaradorligi.



1. Tovarni takomillashtirish konsepsiyasi mahsulotning iste'molchilik xususiyatlarini oshirishga alohida ahamiyat beradi. Bunda asosiy tezis sifatida iste'molchilar eng yuqori sifatli, eng yaxshi ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarga nisbatan xayrixoh bo‘ladilar, degan tushunchani ilgari suradilar. Asosiy diqqate'tibor tovarga qaratiladi, shuning uchun ham marketing harakatlari tovar sifatiga, aniqrog‘i uning modernizatsiyasiga qaratildi.
XX-asrning 30-yillarning o‘rtalaridan 80-yillarning o‘rtalarigacha marketing rivojlanishining ikkinchi bosqichi davri bo‘ldi. Bu davrda e'tibor sotishga, so‘ngra esa iste'molchiga qaratiladi (tijorat harakatlarini jadallashtirish konsepsiyasi, marketingning umumiy konsepsiyasi, marketing-miks).


Tijorat harakatlarini jadallashtirish konsepsiyasi sotish va sotilishlarni rag‘batlantirish sohasida yetarli harakatlarni amalga oshirmasa, iste'molchilar firmaning tovarlarini kerakli miqdorda sotib olmaydilar, deb hisoblaydi. Firmaning asosiy maqsadi — sotilishlar hajmining o‘sishi hisobiga foyda olish. E'tiborining asosiy maqsadi — sotish va xizmat ko‘rsatish texnologiyasi va sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha tijorat jarayonlarini jadallashtirish.
F.Kotler bo‘yicha marketing konsepsiyalarining tasniflanishi yagona emas, G.Assel1 tomonidan marketing konsepsiyalarining xronologik tartibi ishlab chiqilgan (5.1- chizma).

Marketing konsepsiyasining evolyusiyasi


Vaqt o‘tishi bilan marketing mohiyati tovar va narx siyosati, taqsimlash, siljitish va sotish jarayonlarining majmui sifatida tobora ko‘proq tushunilib boryapti. «Marketing aralashmasi» deb tarjima qilingan maxsus «marketing-miks» atamasi kiritilyapti. Keyingi umumiy marketing konsepsiyasida marketing-miks konsepsiyasiga aylanadi, asosiy e'tibor iste'molchilar ehtiyojlariga va ularning samarali qondirilishiga qaratiladi. Endi yakuniy natijaga erishish, ya'ni foyda olish, tovar va boshqa bir qator omillar va marketing harakatlari vositasida (marketing-miks) iste'molchilar ehtiyojlarini qondirishga uzviy bog‘lanib qoldi.
Marketing rivojlanishining uchinchi eng sifatli bosqichi taxminan 80-yillarning o‘rtalarida boshlandi va hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Bu yerda strategik, ijtimoiy yo‘naltirilgan, individual marketing, marketing munosabatlari, katta ijtimoiy guruhlar marketingi — mezo — va mega-marketinglar konsepsiyalari hukmronlik qiladi. Iste'molchilar dunyoning yagona markazi bo‘lmay qoladi. Bunda uchta omilning muvozanati vujudga keladi: firmaning foydasi, xaridorlarning ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari.
2.
Yüklə 18,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə