Mustaqil ta’lim mavzulari Talaba mustaqil ishi (tmi)


Mavzu bo`yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar



Yüklə 42,5 Kb.
səhifə3/4
tarix05.10.2023
ölçüsü42,5 Kb.
#125531
1   2   3   4
mustaqil ish uchun

Mavzu bo`yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzu bo`yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo`lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo`ladigan savollar tuzish topshiriladi.
Bunda o`qituvchi tomonidan talabaga testga qo`yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko`zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo`yicha yo`l-yo`riq beriladi. Konsul’tatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning qo`yilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki to`ldirish taklif etilishi mumkin).
Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Ilmiy maqola, tezislar va maruzalar tayyorlash. Talabaga biron bir mavzu bo`yicha (mavzuni talabaning o`zi tanlashi ham mumkin) ilmiy (referativ) harakterda maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o`quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to`playdi, tahlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo`shimchalar, izohlar kiritadi, o`z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o`qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya qilinadi.
Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash. Bir mavzu yoki bo`lim bo`yicha nostandart, alohida yondashish talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo`lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, namunalar yaratish vazifasi toyshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bo`lishi kerak.
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy harakterdagi topshiriqlar berish, o`qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirish mumkin.

Yüklə 42,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə