Mustaqil ish angren universiteti



Yüklə 203,02 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü203,02 Kb.
#143448
1   2   3   4
Abu Nasr Farobiy va Imom Al G’azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini qiyosiy tahlil qilish

  • Forobiy inson fazilatlarini tug'ma va yashash jarayonida paydo bo'ladigan fazilatlarga bo'ladi. Olimning fikricha, tug'ma fazilatlarga insonning o'ta o'tkir zehnliligi, biror narsani bilishga o'ta qobiliyatliligi kiradi. Lekin tug'ma fazilatlar hayotda kam uchraydi. Asosiy axloqiy fazilatlarni odam yashash davomida egallaydi. Tug'ma fazilatli odamlar ham tarbiyaga muhtoj. Agar unday odamni tarbiyalab va to'g'ri yo'lga solib turilmasa, uning qobiliyati tezda so'nib qolishi mumkin. Tug'ma qobiliyat ham nisbiy tushunchadir. Ba'zi kishilar tug'ma qobiliyatini ishga solib yaxshi natijaga erishsa, boshqalari yomon natijaga erishishi mumkin.
  • Forobiyning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq to'g'risida yaratgan yaxlit ta'limoti ilk o'rta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiy-faIsafiy, siyosiy va axloqiy filer rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlarida keng yoyildi. O'rta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn al-Kiftiy, Ibn Abi Usaybi'a, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va boshqalar Forobiyning ta'limotini chuqur o'rganib, uni yangi g'oyalar bilan boyitganlar. Buyuk mutafakkir va shoirlardan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy Forobiyning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy ta'limotidan bahramand bo'lganlar.

FAROBIY JAMIYAT HAQIDA QARASHLARI

  • Fan va madaniyat olamida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan ulug‘ mutafakkir, zabardast olim, buyuk allomalardan biri, shubhasiz, Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiydir (873—950). Dunyo fani va madaniyati, uyg‘onish davrining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri bo‘lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat tsivilizatsiyasida tutgan o‘rnini yuksak baholab, butun ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o‘chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, ko‘proq Arastuning asarlarini targ‘ib qildi, ularning ko‘plarini arab tiliga tarjima qildi, sharhlar yozdi. Antik dunyo olimlarining qoldirgan meroslarini to‘la o‘zlashtirmasdan turib, fan va madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy yunon mutafakkirlarining «quli»ga aylanib qolmadi, balki ko‘p qirrali olim va ijodkorlarning davomchisi, o‘z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi alloma sifatida o‘zini namoyon qildi.

  • Yüklə 203,02 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə