Mundarija kirish


I.3.Filtrlash texnologik sxemasining tasviri



Yüklə 20,81 Mb.
səhifə6/16
tarix05.05.2023
ölçüsü20,81 Mb.
#108614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
hisobot Amin Shurtan

I.3.Filtrlash texnologik sxemasining tasviri

Muallaq aralashmalarning, shuningdek uskunaning yemirilishi va aralashmaning ko‘piklanishini keltirib chiqaruvchi, DEA ning ajralishi natijasida hosil bo‘lgan smolali moddalarning tizimda to‘planishining oldini olish maqsadida, beshpog‘onali filtrlash ko‘zda tutilgan.


Aralashmaning 5-10 % miqdordagi qismi doimiy ravishda, regeneratsiyalangan aralashma 40E-5 to‘plagichidan 40N-3 nasosi bilan 40F-1 listli filtrga chiqariladi.
40N-3 nasosidan so‘ng filtrlashga uzatiladigan regeneratsiyalangan aralashma bosimi 202a moslamasi bilan o‘lchanadi va u 0,4-0,5 MPa (4,0-5,0 kg/sm2) ni tashkil qiladi.
Regeneratsiyalangan aralashmaning sarfi 301a diafragmasi va joyida 301b moslamasi bilan o‘lchanadi.
Filtrlanib bo‘lgan aralashma 40F-2 ko‘mirli filtriga jo‘natiladi, keyin esa regeneratsiyalangan aralashma 40F-3 ga kelib tushadi va bu yerda aralashma ko‘mir zarrachalaridan tozalanadi hamda beltingli filtrlar yordamida mexanik aralashmalardan ingichka tozalash sodir bo‘ladigan 40F-4÷5 ga kelib tushadi. Shundan keyin aralashma tizimga qaytadi.
Qurilmaning texnologik sxemasi, ushbu reglamentning ilovalarida keltirilgan


I.4. Texnologik rejim me’yorlari

Mazkur bo‘limda, atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilinishi va ishlarning xavfsizligini ta’minlovchi, sifatli mahsulotlarni qulay rejimda olish imkonini beradigan uskunalar holati va texnologik jarayon bilan ruxsat etiladigan parametrlarning oraliq masofalari keltirilgan. Sanab o‘tilganlar 1-jadvalda keltirilgan.


1-jadval. Texnologik rejim me’yorlari





Apparat, oqim nomi

Sxema bo‘yicha apparat indeksi

Sarf

Harorat,
S

Bosim,
MPa

To‘ldirilish sathi,
%

1

2

3

4

5

6

Tozalanmagan gaz quvuro‘tkazgichi





40-55

4,0-5,0




Tozalanmagan gaz separatori
-tozalash uchun regeneratsiya gazi;
- uglevodorodli kondensat

40E-1




40-55



4,0-5,0

30-60

Absorber
- tozalashga regeneratsiya gazi
- regeneratsiyalangan DEA aralashmasi
- 28-likopchaga
- 20-likopchaga
- absorberda to‘yingan DEA aralashmasi

40K-1

60-100
200-300



50-65
50-70


55-70


4,0-5,0




30-60

Tozalangan gaz separatori
- tozalangan regeneratsiya gazi
- DEA aralashmasi

40E-2


55-70


3,9-4,9




30-60

Tozalangan gaz quvuro‘tkazgichi






222,2 gacha

30-50

3,9-4,9




Vivetrivatel
- to‘yingan DEA aralashmasi
- ekspanzer gazlar

40E-3




55-70




0,35-0,5

30-60


Issiqlikalmashtirgich
- to‘yingan DEA aralashmasi (quvurli hudud)
- regeneratsiyalangan DEA aralashmasi (quvuraro hudud)

40T-1-12




kirish 55-70


chiqish 105-108
kirish 120-125
chiqish 80-85 joyida







Desorber
- kirish joyida to‘yingan DEA aralashmasi
- regeneratsiyalangan DEA aralashmasi
- desorbsiya qismidan chiqish joyida bug‘gazli aralashma
- mash’alaga vodorod sulfidli gaz
- chiqish joyida aylanuvchi suv (flegma)

40K-2




105-108
120-125


108-112
40-55


90-95

0,08-0,11
0,07-0,09

30-60

Bug‘lagich
- to‘yingan suvli bug‘
(quvuraro hudud)

40T-2-12




145-155








Aylanuvchi suvning havoli sovutish apparati
- aylanuvchi suv

40Xv-2-12





0,3-0,4




Aralashmaning havoli sovutish apparati
- regeneratsiyalangan aralashma



40Xv-1-13




kirish 80-85


chiqish 55-70




30-60

1

2

3

4

5

6

Sovutkich
- regeneratsiyalangan aralashma

40X-1


55-65


5,3-5,4



Sovutkich
- regeneratsiyalangan aralashma

40X-2




55-65


5,3-5,4



Qurilmani damlash uchun azot










0,2-0,3




Quritilgan, siqilgan NO‘M havosi qurilmaga










0,4






I.5 Qurilmani normal ishga tushirish, to‘xtatish va zahira
uskunaga ulash


Ta’mirlash uchun to‘xtatish va ta’mirlashdan so‘ng ishga tushirish qoidasi

Kommunikatsiyalar, ish joylari va barcha apparaturalar qurilish chiqindilaridan tozalangan bo‘lishi va kalsiyli soda (trinatriy fosfat) ning suvli 3 foizlik aralashmasi bilan yuvilgan bo‘lishi shart.


Uskunaning mexanik mustahkamlikka sinalishining barcha gidravlik sinovlari, germetikligi va uning loyihaga muvofiqligini tekshirish, ishga tushirish ishlari boshlangunga qadar tugallanishi shart. Bosim ostidagi idishlar «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasi tomonidan attestatsiyalangan bo‘lishi shart.
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishlab chiqarish amaliyotini o‘tagan hamda xavfsizlik texnikasi, yong‘indan muhofaza va o‘z ish joylarini bilishi bo‘yicha imtihonlar topshirgan bo‘lishi shart.
Laboratoriya, reaktivlar va idishlar bilan ta’minlangan va jihozlangan bo‘lishi, laboratoriya xodimlari o‘qitilib, yo‘l-yo‘riqlar olgan bo‘lishi shart.
Zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan dushxona va maishiy xonalar ishlab turishi zarur.
Ishga tushirish ishlari boshlanganda, qurilmada quyidagilar saqlanishi shart:
- TU 6-09-2652 bo‘yicha 98 foizlik texnik dietanolamin - 130 t (DEA aralashmasi bilan ishlashda);
- tasdiqlangan miqdordagi maxsus kiyim, protivogazlar va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha boshqa predmetlar;
- bir oylik zahira miqdorida asbob, moylash yog‘lari, va h.k..
Qurilmaning barcha xonalari, tasdiqlangan rejaga asosan, ishchi holatdagi yong‘inga qarshi inventarlar bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Sanitar-ishlab chiqarish ventilyatsiyasi sinov muddatini o‘tagan va loyihaga asosan tartiblashtirilgan bo‘lishi shart.
Xavfsizlik texnikasi, ta’mirlash va uskuna va mashinalarni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalar to‘plami mavjud bo‘lishi shart.



Yüklə 20,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə