Mundarija: kirish


Huquqning uchta tarixiy shakli mavjud: huquqiy odatt sud yoki ma’muriy pretsent va normativ huquqiy aktlar



Yüklə 158,5 Kb.
səhifə2/11
tarix11.12.2023
ölçüsü158,5 Kb.
#148229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Huquq shakillari (man’balari) tushunchasi va turlari

Huquqning uchta tarixiy shakli mavjud: huquqiy odatt sud yoki ma’muriy pretsent va normativ huquqiy aktlar.
Huquqiy odat — bu jamiyatda yaxshi odat normalarini davlat tomonidan tasdiqlanib, huquqiy normalar sifatida qabul qilinishidir. Huquqiy odat bu huquqning birinchi tarixiy shakli bo‘lib, quldorlik va feodal davlatlarida mavjud bo‘lgan. Masalan, bu davlatlarning huquqiy odatlaridan to hozirga qadar bizga yetib kelgan XII jadval qonuni, Manu Drakond qonuni, Rus pravdasi (haqiqati) va boshqalar. Huquqiy odat bu diniy normalar bilan bog‘liqdir. Shuning uchun hozirgi musulmon, Hindiston va Afrika davlatlari tizimida huquqiy odat ishlatiladi. O‘zbekiston Respublikasi tizimida huquqiy odat kam ishlatiladi. Masalan, O‘zRning oila Kodeksining 8 — modddsida qonun hujjatlarida oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid tegishli normalar bo‘lmagan taqdirida, O‘zRning qonun hujjatlari tamoyillariga zid bo‘lmagan maqalliy urf-odat va an’ana qo‘llanilishi ko‘rsatiladi.
Sud yoki ma’muriy pretsent —bu avval sud yoki ma’muriy organlar ko‘rgan ishlarga, qarab tegishl ishlarni hal qilishdir. Huquqning bu shakli qozirgi vaqtda Angliya, AQSH, Kanada va boshqa davlatlarning hukuq tizimida ishlatiladi. O‘zbekiston hukuk tizimida sud yoki ma’muriy protsent ishlatilmaydi. Huquqning uchinchi shakli —bu normativ huquqiy aktlar bulib, hozirgi zamon davlatlarning huquq tizimida keng ishlatiladi.
2. Normativ huquqiy xujjatlarning turlari.
Normativ huquqiy xujjatlar — bu jamiyatda kishilarning turmush qoidalarini belgilaydi, o‘zgartiradi va bekor qiladi. O‘zbekistonda asosan huquq shakllaridan normativ hujjatlar harakat qiladi. Bu orqali barcha xalqning erki — qonun darajasiga ko‘tariladi. Bularni bajarish barcha kishilar uchun umummajburiydir. Normativ huquqiy hujjatlarga O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, turli qonunlar, tur xalqaro shartnomalar kiradi.
Normativ huquqiy hujjatlarning belgilari quyidagilardan iborat:
1. Normativ huquqiy hujjatlarda yangi normalar o‘rnatiladi, amaldagisi o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Shuning uchun ular hukuqiy munosabatlarga ishtirok etuvchi taraflarga huquq va burch belgilaydi. Normativ qujjatlarni turmushda qo‘llab ular bilan kishilar o‘rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy aktlar paydo bo‘ladi. Masalan, sud qarori, sud hukmi, kvartira olish uchun order, nafaqa tayinlash haqidagi qaror va boshqalar.
2. Normativ huquqiy aktlar yozma ravishda davlat tomonidan chiqarilib qonun, farmon, qaror, farmoyish deb nomlanib, qabul qilingan davlat organi (parlament, prezident, qukumat, hokimiyat organlari ko‘rsatiladi).

Yüklə 158,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə