Mundarija: kirish


Normativ-huquqiy hujjatlar



Yüklə 158,5 Kb.
səhifə10/11
tarix11.12.2023
ölçüsü158,5 Kb.
#148229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Huquq shakillari (man’balari) tushunchasi va turlari

Normativ-huquqiy hujjatlar — vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning umummajburii koʻrsatmasi. Ularda huquq normalari (qonun, kodeks, farmon, qaror, yoʻriqnoma va boshqalar) oʻrnatiladi, oʻzgartiriladi va bekor qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonunining 2-moddasiga koʻra, "... umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar deb hisoblanadi". Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish hukuqiga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy belgilari quyidagilar:

  • vakolatli davlat organi tomonidan umumiy qoidalarga asosan chiqariladi, aniq oʻrnatilgan tartiblar asosida qabul qilinadi;

  • normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayoni huquq ijodkorligi mahsuli boʻlib hisoblanadi;

  • normativ-huquqiy hujjatlar ushbu hujjatning nomidan kelib chiqib umumiy harakterdagi xulq-atvor qoidalarini huquq normalari koʻrinishida mujassamlantiradi;

  • normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy hujjat boʻlib, belgilangan shakl va rekvizitlarga ega: rasmiy nomi, raqami, ushbu hujjatni qabul qilgan organning nomi, qabul qilingan va kuchga kirgan vaqti, rasmiy eʼlon qilingan joyi va h.k.;

  • normativ-huquqiy hujjatlar yuridik kuchga ega.

Normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi:

  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi;

  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin;

  • normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng yaxshi loyiha uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir;

  • vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashtirib turish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;

  • normativ-huquqiy hujjatlarning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlarda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari va shahrik. koʻrsatilishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar agar uning matnida boshqa izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi. Normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi. O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-682-son 2021 yil 20 apreldagi yangi tahrirdagi «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunni mazmuni va mohiyati Qonunning maqsadi – normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini, turlarini, ushbu hujjatlarning o‘zaro yuridik kuchi va nisbatini belgilashdan, shuningdek ularni rejalashtirish, tashabbus qilish, tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish, qabul qilish, e'lon qilish, ularning ijrosini tashkil etishni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.Ushbu Qonunning yangi tahriri 8-bob va 60-moddadan iborat.Normativ-huquqiy hujjat – qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi;O‘zbekiston Respublikasi qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.Qonun bilan fuqarolarning «O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan tartibda o‘tkaziladigan referendum yo‘li bilan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi mustahkamlandi.Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanadigan hujjatlar ro‘yhati kengaytirildi. Bular jumlasiga reglamentlar, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar («yo‘l xaritalari») va boshqa hujjatlar kiritildi.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risidagi modda kiritildi.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tayyorlash rejalari majburiy tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan tegishli organlarning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun ishlab chiquvchi tomonidan ishchi guruh tashkil etiladi. Ishchi guruh tarkibiga ishlab chiqaruvchi bo‘linmalarining, tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun javobgar bo‘lgan vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining yoki idoralarning, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar ham kiritilishi mumkin.Ishlab chiqaruvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi.Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekpertizasidan o‘tkazish tartib taomillar belgilandi. Mazkur ekspertiza davlat organlari va tashkilotlar tomonidan faoliyatning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.Kelishish normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishishning maxsus axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.Kelishish uchun yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlari tomonidan:
qonun hujjatlar loyihalari – 7 ish kuni ichida;O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari - 3 ish kunida;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari loyihalariga - 5 ish kuni ichida;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalari – 3 ish kunida viza qo‘yiladi.Normativ-huquqiy hujjat loyihasini normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organga kiritish va qabul qilish to‘g‘risidagi bob kiritildi. Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organga davlat tilida kiritilishi belgilandi. Zarur bo‘lganda, uning boshqa tillardagi tarjimasi taqdim etilishi mumkin. Mazkur bobga huquqiy eksperiment va tartibga solish ta'sirini baholash tartiblari ham berilgan. Fukarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yhatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”giQonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq jamoatchilik monitoringi va nazoratini amalga oshiradilar.Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan asosiy talablar ushbu Qonunning ilovasiga muvofiq Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinadiganaxborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyoti bilan belgilanadi.Mazkur uslubiyotning 102-bandining yettinchi kichik bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko‘rsatuvchi masalalarga doir loyihalar majburiy tartibda kelishib olinadi.Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. Normativ-huquqiy hujjatlar huquq manbalari tizimida alohida o‘ringa ega. Avvalo, u roman-german huquqiy tizim oilasiga mansub mamlakatlarda, jumladan, milliy huquqiy tizimimizda ham asosiy huquq manbasi hisoblanadi. Shuningdek, boshqa huquq manbalaridan farqli o‘laroq, u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun maxsus yaratilganligi bois, unga shunday xususiyatlar baxsh etilganki, buning natijasida u samarali huquq shakli sifatida namoyon bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega.Normativ-huquqiy hujjat davlatning vakolatli organlari tomonidan o‘rnatiladigan yoki ma’qullanadigan huquqiy hujjatdir. Normativ-huquqiy hujjat, deganda davlat vakolatli organi yoki mansabdor shaxsning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umumiy majburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi huquq ijodkorligi hujjati tushuniladi. O‘z navbatida, davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan chiqarilgan barcha huquqiy hujjatlar ham normativ-huquqiy hujjat bo‘la olmaydi. Faqatgina umumiy huquq va majburiyatlarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlargina normativ-huquqiy hujjat sifatida e’tirof etiladi.Normativ-huquqiy hujjat tushunchasiga berilgan ta’riflarni tahlil qilish barobarida uning quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin: davlat nomidan qonunda belgilangan tartibda qabul qilinadi;- vakolatli sub’yektlarning huquq ijodkorligi faoliyati mahsuli hisoblanadi;- barcha uchun umummajburiy qoidalarni o‘rnatadi, o‘zgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi;- maxsus protsessual tartibda amalga oshiriladi;- muayyan hujjatlashtirilgan shaklga ega (qonun, farmon, qaror va boshqalar);- muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan;- ularda huquqiy qoidaning mazmuni, ya’ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlari bayon etiladi;- unda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi va qoida bo‘yicha davlatning majburlov kuchi ishga solinadi.Shu o‘rinda boshqa huquq manbalariga nisbatan normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi afzal jihatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:Birinchidan, normativ-huquqiy hujjatlarni bayon etishning muayyan qoidalariga asoslanib yaratilganligi bois, ularda huquq normalari aniq ifoda etiladi. Bu esa o‘z navbatida, normativ-huquqiy hujjatlardagi qoidalarni turli ma’nolarda tushunishning oldini oladi va uning bir xil qo‘llanilishini ta’minlaydi. Aynan shu jihat huquqning rasman aniqlik xususiyatiga mos keladi.Ikkinchidan, normativ-huquqiy hujjatlar birgalikda qonunchilikning yaxlit bir tizimini tashkil qiladi. Har bir normativ hujjat qonunchilikning iyerarxik tizimida o‘zining belgilangan o‘rniga ega bo‘lib, boshqa hujjatlar bilan birga muayyan munosabatlarni kompleks asosda tartibga solishga qaratilgan. Normativ-huquqiy hujjatlar huquqning muayyan sohasi doirasida qabul qilinadi. Bu esa zarur holatlarda tegishli normativ hujjatlarni izlab topishni osonlashtiradi. Huquq sohasi doirasidagi hujjatlar o‘rtasida bo‘shliq va ziddiyatlar bo‘lishining oldi olinadi. Normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu jihati huquqning tizimlilik xususiyatiga mos keladi.Uchinchidan, normativ hujjatlarni boshqa huquq manbalaridan farqli o‘laroq tez va qisqa muddatlarda qabul qilish, o‘zgartirishlar kiritish yoki zarur holatlarda bekor qilish mumkin. Buning natijasida normativ-huquqiy hujjatlar boshqa huquq manbalariga nisbatan ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlariga ko‘proq mos keladi. Normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu jihati tezkorlik, deb nomlanadi va u huquqning o‘zgaruvchanlik (dinamizm) xususiyatiga mos keladi. Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi. Bugungi kunda norma ijodkorligi yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish orqali ularning huquqiy maqomini yanada aniqlashtirishga qaratilgan. 2021 yil 20 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahririni imzoladi. Shu bilan O‘zbekistonda 2012 yil 24 dekabrdan beri amalda bo‘lib kelgan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 342-sonli Qonun o‘z kuchini yo‘qotib, endilikda normativ-huquqiy hujjatlar (NHH) ijodkorligi sohasidagi qonun hujjatlarining “onasi” yangi tahrirda qabul qilindi.

XULOSA.
Xulosa qilib aytganda, qonun chiqaruvchi organlar har doim ham aniq va aniq til va huquqiy shaklda normativ-huquqiy hujjatlarni chiqarmaydilar. Qonunni sud tomonidan talqin qilish tartibi qonunning semantik mazmuniga aniqlik va aniqlik kiritadi, talqinning pretsedenti u tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar sohalarida qonunning eng to'g'ri va bir xil qo'llanilishiga yordam beradi. Qonunni talqin qilish huquqi faqat yuqori sud organlariga tegishli. Ular yaratgan pretsedentlar qonunga aniqroq shakl va mazmun beradi.
Tafsirning pretsedenti deganda qonunda (qonun normasida) mavjud bo'lgan va majburiy kuchga ega bo'lgan ma'noni eng aniq shakllantirishni yaratgan oliy sud organining sud qarori tushuniladi. Sud amaliyotida talqin pretsedentidan tashqari, qonunchilikni tushuntiruvchi pretsedent mavjud. Xalqaro huquqiy odat huquqi davlatlarning huquqiy mahburiyati tushunchasida kelib chiqadi hamda qat’iy rioya etiladigan umumiy va doimiy amaliyotdan tashkil topadi.Xalqaro odat xalqaro huquqning manbaidir.Xalqaro huquqning odat normasi xulq-atvor va yurish turishning bab-baravar qoidalari ya’ni xalqaro huquq subyektlari majburiy deb e’tirof etadigan qoidalar bir xil amal qilishda ko’rinadi.Inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq davlat bilan uning fuqarolari o’rtasida huquqlarini xalqaro miqyosda himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.Boshqa davlatlar odatda, bunday huquq monitoringiga faqat oddiy diplomatik amaliyot vositasida tasodif tufayli jalb etilib qolishi mumkin.Shunday qilib, huquqiy pretsedent turlarini quyidagi asoslar bo'yicha tasniflash mumkin: qaror qabul qilgan organlar turiga ko'ra ma'muriy va sud pretsedentlari ajralib turadi; majburiyat kuchiga ko'ra quyidagi pretsedentlar mavjud: majburiy, ishontiruvchi va rad etilgan; huquqiy mazmunga ko'ra, pretsedentlar quyidagilarga bo'linadi: huquqiy norma bilan pretsedentga, qonunni talqin qilish va tushuntirish pretsedentlariga; huquq sohalariga ko'ra sud pretsedenti quyidagi turlarga bo'linadi: konstitutsiyaviy, fuqarolik, fuqarolik protsessual, jinoiy, protsessual, ma'muriy va boshqalar. Shunday qilib, xususiyatlar va tarkibiy elementlarning sanab o'tilgan tasniflariga asoslanib, kelajakda shunga o'xshash ishlarni ko'rib chiqish uchun namuna bo'lgan ma'lum bir ish (sud yoki ma'muriy) bo'yicha qarorlarni huquqiy pretsedent sifatida tushunish odatiy holder, bu ishda belgilangan faktlarga huquqiy printsiplarni qo'llash asosida sud tomonidan chiqarilgan ish bo'yicha qaror. Ish bo'yicha tomonlar uchun qarorning ushbu qismi eng muhim hisoblanadi, chunki u nihoyat ularning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Sud qarorining eng muhim elementi, uning majburiy pretsedenti (pretsedent doktrinasi nuqtai nazaridan) huquqiy qism - ratio decidendi bo'ladi.
Angliya-sakson huquqi mamlakatlarida sud pretsedenti huquqning etakchi manbai hisoblanadi. Rossiyada pretsedent rasmiy ravishda huquq manbai emas, garchi amalda nizolarni hal qilishda yuqori sudlarning qarorlari ko'pincha hisobga olinadi. Pretsedentning roli qaysidir ma'noda oliy va Oliy arbitraj sudlari Plenumlarining ayrim huquqni muhofaza qilish masalalari bo'yicha qarorlari bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, huquqiy pretsedent turlarini quyidagi asoslar bo'yicha tasniflash mumkin:qaror qabul qilgan organlar turiga ko'ra ma'muriy va sud pretsedentlari ajralibturadi majburiyat kuchiga ko'ra quyidagi pretsedentlar mavjud:majburiy,ishontiruvchi varade tilgan huquqiy mazmunga ko'ra, pretsedentlar quyidagilarga bo'linadi: huquqiy norma bilan pretsedentga, qonunni talqin qilish va tushuntirish pretsedentlariga; huquq sohalariga ko'ra sud pretsedenti quyidagi turlarga bo'linadi: konstitutsiyaviy, fuqarolik, fuqarolik protsessual,jinoiy,jinoiy protsessual, ma'muriy  vaboshqalar. Shunday qilib, xususiyatlar va tarkibiy elementlarning sanab o'tilgan tasniflariga asoslanib, kelajakda shunga o'xshash ishlarni ko'rib chiqish uchun namuna bo'lgan ma'lum bir ish (sud yoki ma'muriy) bo'yicha qarorlarni huquqiy pretsedent sifatida tushunish odatiy holdir.



Yüklə 158,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə