Mundarija: Kirish I bob. Kar bolalarning talaffuz malakalari ustida ishlashning ilmiy nazariy asoslari


II BOB. KAR BOLALAR TAYYORLOV GURUHIDA BOLALAR USTIDA ISHLASHNING SAMARALI YOʻLLARI



Yüklə 53,61 Kb.
səhifə5/8
tarix11.05.2023
ölçüsü53,61 Kb.
#109707
1   2   3   4   5   6   7   8
Tayyorlov guruhlarida kar bolaning talaffuz malakalari ustudi ishlash

II BOB. KAR BOLALAR TAYYORLOV GURUHIDA BOLALAR USTIDA ISHLASHNING SAMARALI YOʻLLARI.
2.1. Talaffuz malakalari ustida ishlashning karreksion pedagogik ish tizimi.
Bu o’rinda eshitishda nuqsoni bo’lgan tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari talaffuz malakalarini rivojlanganlik darajasini tajriba-sinov jarayonida o’rganishga harakat qildik. Qo’yilgan maqsadni hal qilish, mavjud ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlash, shuningdek, tajriba-sinov natijalarini tahlil qilish uchun zaif eshituvchi bolalar talaffuz malakalarini rivojlanganlik darajalarini kompleks tadqiq qilish metodikasining moslashtirilgan varianti yaratildi. Bunda bolalarning yosh va intellektual (aqliy), psixologik xususiyatlarini hisobga olish, rivojlanish, individual, differenstial (tabaqalangan), umumiydan xususiyga, soddadan murakkabga, tizimli va yaxlit yondashuv tamoyillariga ham tayanildi.Tajriba-sinov ishlari Toshkent shahridagi 106-sonli maktab-internatida olib borildi va unda jami 20 nafar ikkinchi sinf zaif eshituvchi tarbiyalanuvchilar qatnashdilar. Zaif eshituvchi bolalar talaffuz malakalarini kompleks tadqiq qilish 2 bosqichdan tashkil topdi.

  1. bosqich. Bola haqida anamnestik ma’lumotlarni o’rganish.

Bu bosqichda bolaning shaxsiy hujjatlari asosida eshitish qobiliyati pasayishining taxminiy sabablari, naslida shunday muammoli shaxslar mavjudligi haqidagi ma’lumotlar aniqlandi. Shuningdek, uning tug’ilish vaqtidagi noqulay omillar, dunyoga kelganidan so’ng og’rigan kasalliklari, shunga ko’ra qanday antibiotik dori-darmonlarning qabul qilganligi, so’nggi audiogramma bo’yicha eshitish holatining tahlili kabilarga e’tibor qaratildi

  1. bosqich Zaif eshituvchi tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarning talaffuz malakalarini rivojlanganlik holatini o’rganish.

Zaif eshituvchi tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarning talaffuz malakalarini tadqiq qilish metodikasini ishlab chiqishda an’anaviy surdopedagogikada qabul qilingan R.M.Boskisning eshitishida muammosi bo’lgan bolalar, shuningdek, L.R.Mo’minova tomonidan nutqida muammolari bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini tadqiq qilish metodikalariga tayanildi.Ushbu bosqichda tarbiyalanuvchilarning talaffuz qilish malakalarini, lug’at zaxirasi (faol va nofaol lug’ati)mustaqil nutqini o’rganish nazarda tutildi.
Zaif eshituvchi tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarning talaffuzidagi me’yordan chetga chiqishlar, eshitishning pasayishi bilan bog’liq holda, ushbu tovushlar idrokining chegaralanishi oqibatida yuzaga keladi. Shu sababli tarbiyalanuvchilarning talaffuz malakalari haqidagi dalillarni ularning faol lug’ati, tilining grammatik tizimi, shuningdek, mustaqil nutqini o’rganish jarayonida olingan ma’lumotlarga tayangan holda keltirdik. Zaif eshituvchi tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarning lug’at zaxirasini o’rganish uchun so’zlar va ularga mos ravishda kurs ishi o’tkazishda didaktik material bo’lib xizmat qiluvchi rasmli lug’at tayyorlandi. Luhat zaxirasini o’rganish uchun tanlangan so’zlar o’zbek tilining asosiy lug’at zaxirasiga kiruvchi, bolaning kundalik hayotida atrofdagilar bilan me’yordagi muloqotga kirishish imkonini beruvchi, asosan, predmet nomi, harakati, sifat hamda xususiyatlarini anglatuvchi, yosh davri lug’ati minimumiga mos (bilishi shart hisoblanuvchi), mavzuviy tamoyilga asoslangan so’zlardan tarkib topdi.
Faol lug’atni o’rganishda rasmlar taklif etildi hamda ularning mazmuniga ko’ra savollar berildi (Kim bu? Bu nima? Nima qilyapti? Qanday?). Zaif eshituvchi bolalarga o’ttiz dona rangli rasmlar stol, sher, g’oz, konfet, qo’g’irchoq, bayroq, jo’ja, shar, karam, qor, choy ,soat, qovun, buvi, palto, velosiped, bola, daftar, gul, piyoz, olma, parta, samolyot, olma, tarvuz, gul, uy, daraxt, lola,qozon rasmlari taklif etildi hamda ularning mazmuniga ko’ra savollar berildi. Rasm mazmuniga oid berilgan savollarga bolalar tomonidan qanday javob berilgan bo’lsa, qaror-qaydnomalarda shundayligicha hech bir o’zgarishsiz aks ettirildi. Zaif eshituvchi tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarning talaffuzidagi me’yordan chetga chiqishlar, eshitishning pasayishi bilan bog’liq holda, ushbu tovushlar idrokining chegaralanishi oqibatida yuzaga keladi. Shu sababli tarbiyalanuvchilarning talaffuz malakalari haqidagi dalillarni ularning faol lug’atini o’rganish jarayonida olingan ma’lumotlarga tayangan holda keltirdik

Yüklə 53,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə