Mundarija Kirish Bozor muvozanati haqida tushuncha va uning turlari



Yüklə 272,86 Kb.
səhifə10/11
tarix18.05.2022
ölçüsü272,86 Kb.
#87325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mundarija Kirish Bozor muvozanati haqida tushuncha va uning turl

Raqobat vositasi vazifasi. Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z raqib- larini yengish uchun narxni pasaytirish usulidan foydalanish- lari mumkin. Demak, narxni o‘zgartirib turish usuli raqobatda keng qo'llaniladi.


  • Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi.
    1. Narxning bu vazifasi tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalangan narxlar bo‘yicha sotilganda bajariladi. Bunda ular davlat budjeti va turli xayriya mablag‘lari hisobiga moliyaviy ta’minlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur iste’molchilik tovarlari bilan minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Masalan, bizning respub- likamizda 1991-yildan 1995-yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar, go‘sht, o‘simlik moyi, choy, sovun kabi mahsu- lotlar dotatsiyalangan narxlarda, cheklangan miqdorda sotildi. Ulaming dotatsiyalangan va haqiqiy narxlari o‘rtasidagi farq budjet mablag‘lari hisobiga qoplab borildi. Shunday qilib, narx bozor munosabatlarining vositasi sifatida bir-biri bilan uzviy bog'langan muhim vazifalami bajaradi.


    2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxni davlat tomonidan tartibga solish markazlashgan-rejali iqtisodiyotdagidan farqli o‘laroq keng qamrovli xarakter kasb etmaydi. Shu o'rinda bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida narx shakllanishi stixiyali yuz beradi deb hisoblash noto‘g‘ri boladi. Bu mamlakatlarda narx har doim davlatning e’tiborida bolib, davlat tomonidan tartibga solib turiladi.


    3. Xususan, jamiyatning ijtimoiy hayoti bilan bogliq narxlar davlatning diqqat markazida boladi. Davlatning narx orqali tartibga solishi - bu davlatning iqtisodiyotga ta’sir etishining asosiy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.


    4. Narxni davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad:


    1. takror ishlab chiqarishning zaruriy mutanosibligiga erishish;


    2. inflatsiya sur’atini pasaytirish;


    3. narx o'sishi va ish haqlari o'rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash;


    4. davlat korxonalarini subsidiyalash;


    5. davlat budjetiga zarur resurslami jalb etish. Davlat narx shakllanishiga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Narxni tartibga solishning to£g‘ri va egri usullari farqlanadi. Ularning bo‘linishi quyidagicha: narxni to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solish usuliga quyidagilar taalluqli:


    1. narxni ma’muriy o'rnatilish;


    2. narxni muzlatilishi;


    3. narxni yuqori darajasini o‘matish;


    4. samaradorlik darajasini reglamentlash;


    5. davlat xarajatlarini tartibga solish;


    6. amortizatsiya me’yorini o'rnatish va b.


    1. Davlat spirtli mahsulotlarga monopol «aksiz» narxlarini va transport tariflariga, xizmatlarga, aloqaga boshqa qator tovarlarga narxlarni, bojxona tariflarini belgilaydi. Davlatning narxga ta’sir etish shakllaridan biri — bu davlatning ishlab chiqarish xarajatlariga va u orqali narxga ta’sir etishidir. Bunga tezlashtirilgan amortizatsiya xarajatlari usulini misol qilib keltirish mumkin.


    2. Davlat narx shakllanishiga, ishlab chiqaruvchiga yoki xaridorga davlat tomonidan maxsus qo‘shimcha to‘lab berish yo‘li bilan narxlarni pasaytirishi nazarda tutiluvchi narx subsidiyasi orqali ham ta’sir ko‘rsatadi.


    3. Narxni tartibga solishda davlatning qat’iy o‘matgan narxlari, davlat tomonidan buyurtma qilingan ishlab chiqaruvchilar mahsulotiga narxlar muhim o‘rinni egallaydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni narx, dotatsiya va subsidiya orqali tartibga solishda davlatning roli juda yuqoridir.


    4. Davlat narx darajasi va narx barqarorligi mutanosibligini qo‘llab-quvvatlaydi. Barcha rivojlangan mamlakatlarda bozor tebranishini yumshatish maqsadida davlat tomonidan anchagina resurslar agrar sohaga yo'naltiriladi.


    5. Narxlar, qo‘shimcha to‘lovlar orqah mahsulot ishlab chiqaruvchilami kengaytirilgan takror ishlab chiqarishlarini amaiga oshirishlari darajasida davlat fermerlik narxlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu yo‘l bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibi va hajmi tartibga solinadi.


    6. Barcha g‘arb mamlakatlarida narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tizimi juda ham bir-biriga yaqin. Bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining alohida turlariga narxlarni tebranishining yuqori va quyi chegaralarini o‘rnatish hisoblanadi.


    7. Yevropa hamkorlik mamlakatlarida umumiy qishloq xo‘jaligi siyosati yuritiladi. Bu siyosatning dastagi bo‘lib, ichki va import narxlari o‘rtasidagi farqlami qoplovchi bojxona bojlari va kompensatsion to‘lovlar shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarga mahsulotlarini Yevropadan jahon bozorlariga nisbatan past narxlarda olib chiqish imkoniyatini beruvchi kompensatsion to‘lovlar hisoblanadi. Bunday tizim nafaqat Yevropa qishloq xo‘jaligi salohiyatini saqlab qolish, qishloq xo‘jaligida ilmiy-texnika inqilobini amalga oshirish, balki, G‘arbiy Yevropani yirik mahsulot eksportchisiga aylantirish imkonini beradi. Yevropa hamkorlik mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi va qora metallurgiya sohasida(narxlami 15 % gacha qamrab oladi) narxlami milliy tartibga solish xususiyatlari mavjud.


    8. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari narxlari bo‘yicha qaromi Yevropa hamkorligining vazirlar Kengashi qabul qiladi, biroq qora metallurgiya mahsulotlari narxlari esa bazis narxlari orqali o‘matiladi.


    9. Tovar va xizmatlami sifatiga bog'liq bo‘lmagan holda narxning oshishi bevosita inflatsiyani yuzaga keltiradi. Inflatsiya pul birligini qadrsizlantiradi va xarid qobiliyatini pasaytiradi. Ishlab chiqarishdagi nomutanosiblik, avvalo, pul massa- sining tovar va xizmatlar massasiga mutanosib emasligi inflatsiyani keltirib chiqaruvchi sabab hisoblanadi va u tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan pulni chiqarilishi bilan bog‘liqdir.


    10. Inflatsiya darajasi joriy davr nandarida baholangan tovar va xizmatlar yig‘indisini o‘tgan davr narxlaridagi bahosiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Inflatsiya jamiyatni barqaror rivojlanishini izdan chiqaradi, ko‘zda tutilmagan taqsimlash jarayonlarini, kapitalni qayta taqsimlashni, bankdagi jamg‘armalarining qadrsizlanishi va boshqa muammolami keltirib chiqaradi.


    11. Davlatning infiatsiyaga qarshi siyosati va uning zarurligi inflatsiya iqtisodiy o‘sishni pasaytirishi va ba’zi hollarda ishlab chiqarishni inqiroz sabablaridan biri bo‘lishi bilan asoslanadi. Infiatsiyaga qarshi siyosat — u yoki bu mamlakatda inflatsiyani keltirib chiqaruvchi aniq sabablar, uning darajasiga bog‘liq holda yuritiladi. Infiatsiyaga qarshi kurashishning turli usullari mavjud, xususan:


    1. nomonetar usullar - iqtisodiy faollikni o‘sishini, iqtisodiy samaradorlikni o‘sishini soliqlar orqali rag‘batlantirish;


    2. monetar usullar.


    1. Hozirgi davrda G‘arb mamlakatlarida inflatsiya nisbatan yuqori darajada emas, yiliga 3,5 %-4 % oralig‘ini tashkil etadi. Markazlashgan-rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida MDH mamlakatlarida inflatsiya o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo'ladi. 1991-1995-yillarda inflatsiya yuqori darajaligi bilan xarakterlanadi. 1996-2003-yillarda esa inflatsiya darajasining pasayishi va barqarorligi bilan xarakterlanadi. Buni YalM deflyator ko‘rsatkichida ham ko'rish mumkin, 0‘zbekiston Respublikasida 1993-yilda u 1170 % ni, 2002-yilda 152,7 % ni, 2004-yilda esa 104,7 % ni tashkil etdi.


    2. O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlashtirish dasturi doirasida quyidagilar amaiga oshirildi:


      • milliy valuta joriy qilinib, mustaqil pul muomalasi yo‘lga qo‘yildi;


      • pul muomalasida ilgari yuzaga kelgan giperinflatsion jarayonlar so‘ndirilib, inflatsiya darajasi nazorat qilish mumkin bo‘lgan darajaga tushirildi;


      • tovarlar va xizmatlar bozorida to‘lovga qobil jami talab bilan jami taklifni muayyan darajada baravarlashtirishga erishildi;


      • yonilg‘i-energetika resurslari hamda g'alla importini keskin kamaytirish, shuningdek, energetika resurslari va rangli metallami eksport qilishni oshirish hisobiga tashqi savdoda ijobiy saldoga erishildi.




    1. Xulosa
    2. Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlar sinfini vujudga kelishi va mustahkamlanishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning aralashuvi ushbu maktab nuqtayi nazarida, ya’ni merkantilizmni iqtisodiy liberalizm g‘oyasi bilan almashinish oqibatida tadbirkorlik faoliyatini cheklangan va iqtisodiyotga davlatning aralashuvini salbiy baholagan. Hozirgi zamon iqtisodiyotida narx, narx belgilash tizimi — bu iqtisodiy munosabatlaming muhim tizimchasi va bozor mexanizmining tarkibiy qismlaridan biridir. Narx — bu ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar harakatlarini belgilovchi ko‘rsatkichi va bozor iqtisodiyotining asosidir. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishda narx va narx belgilash orqali ta’sir ko‘rsatadi.


    3. Hozirgi zamon qiymat va narx nazariyasi - bu iqtisodiy nazariya fanining uzoq muddatli rivojlanishi natijasidir. Iqtisodiy nazariyada qiymat, narx va ularni aniqlovchi omillar muhim masalalardan biri hisoblanadi.


    4. Hozirgi zamon qiymat va narx nazariyasi - bu iqtisodiy nazariya fanining uzoq muddatli rivojlanishi natijasidir. Iqtisodiy nazariyada qiymat, narx va ularni aniqlovchi omillar muhim masalalardan biri hisoblanadi.


    5. Zamonaviy nazariya — bu mehnatning qiymat nazariyasi va naflilik nazariyalarining o‘zaro aloqalari va farqlari nuqtayi nazaridan, ya’ni maijinalistik nazariya tahlillari natijasidir. Ingliz klassik siyosiy iqtisod namoyandalari A.Smit va D.Rikardolar qiymatning mehnat nazariyasini asoschilari hisoblanadi.


    6. Jamiyat uchun ishlab chiqarish zarur bo‘lgan mahsulot qiymatini ijtimoiy- zaruriy mehnat sarflari yaratadi, degan g‘oya ushbu naza- riyaning asosini tashkil etadi. Qiymat sifat (xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi, tovarlami oldi-sotdi jarayonida insonlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlami namoyon qiladi) va miqdor (qiymatning miqdori unga ketgan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan aniqlanadi) jihatlariga ega.






    7. Yüklə 272,86 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə