Mundarija: I – bob. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish


Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar



Yüklə 139 Kb.
səhifə11/14
tarix09.03.2023
ölçüsü139 Kb.
#102170
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Mundarija I – bob. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish (1)

2.5. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar
Ona tilini o’qitishda o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog’liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.
XX asrning oxirgi yillariga qadar o’qitish metodlari sifatida tushuntirish-bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko’proq qo'llanilib kelindi.
Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo’llangan asosiy metodlardan biri bo’lgan. Bunda o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o’quvchilarni o’qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol boiishga undagan. O’qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o’qituvchi ma’lumotlarni o’z so'zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o’qituvchi zimmasiga o'rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o’rinlarini aniq, lo’nda, misollar tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang’ich sinflarda bayon qilish metodi o’quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan holda 3-5 daqiqaga mo’ljallangan. Bayon qilish metodini qo’llash holatlari hozir ham uchraydi,
Suhbat metodi boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishda keng qo’llaniladigan va shu bosqich o’quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savol-javob metodi deb ham yuritilgan, Suhbat metodi o’qituvchidan mavzuning xususiyatini o’zida aks ettirgan o’quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o’xshash va farqli jihatlarini ajratish, o’xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo’naltirilgan savollar tuzishni, ularni o’quvchilarga izchil berib borishni talab etadi.
Boshlang’ich sinflarda suhbat metodining muammoli o’qitish me­todi sifatida qoilanilishi ta’limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Muammoli o’qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894-yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o’quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiv qobiliyatlarini o'stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o'qituvchining topshirig’i bilan o’quvchining oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu muammoni o'quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o'qituvchi muammoni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o’quvchi hal qila olmasa, uni o’qituvchining hal qilishiga to’g’ri keladi. Shuning uchun boshlang’ich sinfda muammoli o'qitish metodi yarim izlanishli muammoli metod deb ham yuritiladi. Masalan, muammoli o’qitish metodini leksik-semantik va grammatik mashqlarni tashkil etishda ham qoilash mumkin. Bu metoddan 1-sinfdan boshlab foydalanish mumkin. Bu metod „Tovush va harf‘ mavzusini o'rganayotganda tovushning so’z ma’nosini farqlashdagi vazifasini tushuntirishda, „So’z ma’nosi“, „Nutq va gap“ mavzularini o’rganishda ham qo’llanadi. Masalan, „So’z ma’nosi“ mavzusini o’rganish uchun xattaxtaga turli ma’nodagi, ya’ni turli so’z turkumiga kiradigan so’zlar aralash holda yozib qo’yiladi.

Yüklə 139 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə