Mumtoz fizikaning asosiy yo`nalishlari



Yüklə 6,32 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü6,32 Kb.
#182968
Mumtoz fizikaning asosiy yo`nalishlari2-1

Mumtoz fizikaning asosiy yo`nalishlarining rivojlanishi.

  • Bajardi: Mo`minova Mo`mina

Reja

G.Kirxgoff

  • 1859-yilda G.Kirxgof va R.Bunzen (nemis kimyogari, 1811-1889) tomonidan spektral analiz ixtiro qilindi. G.Kirxgof issiqlik nurlanishining asosiy qonunlaridan biri bo’lgan qonunni yaratdi. Unga ko’ra jismning nur chiqarish qobiliyatining nur yutish qobiliyatiga nisbati nurlanuvshi jism tabiatiga bog’liq emas.

Leonardo da Vinchi

  • Tiklanish davriga oid bo’lib, ajoyib italyan mutafakkiri va olimi Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillar) nomi bilan bog’langan.
  • XIV-XV asrlarda dengizda suzish, harbiy ish, hunarmandchilik va savdoning taraqqiy etishi bilan fanlar ham barq urib rivojlana boshlaydi. Olimlar tabiatni o’rganishda mushohada usulidan voz kechadilar. Leonardo da Vinchi birinchi bo’lib, tajriba va eksperiment-bilishning yagona manbaidir, deb chiqdi. U o’zining ilmiy tekshirishlarida o’z farazlarini tajribada tekshirib ko’rishga intildi.Leonardo da Vinchi, shubhasiz, mexanika tarixida birinchi bo’lib maxsus uyushtirilgan tajribalar shu jumladan, jismlarning erkin tushushini o’rganishga doir tajribalar o’tkazgan olimdir.U Aristotel mexanikasining ba’zi yanglish fikrlariga barham berdi. Leonardo da Vinchi, gorizontga qiyalatib olingan jism parabola bo’ylab harakat qilishini ko’rsatdi va og’irlik kuchi ta’siri ostida jism tekis tezlanuvchan harakat qiladi, degan xulosaga keldi.

Leonardo da Vinchi

  • Leonardo da Vinchi o’z tekshirishlari natijasida inersiya qonunini chiqarishga yaqinlashib qoladi. Uning ishlarida bunday yozuvlar bor: “Har qanday jism o’zini saqlashga intiladi yoki harakatdagi har bir jism uni harakatlantiruvchi kuch bor ekan, doimo harakatda bo’ladi”. “Har qanday harakat uni vujudga keltirgan kuchning ta’siri to’xtamagunicha o’zining to’g’ri chiziqli yo’lini davom ettira beradi”.
  • Leonardo da Vinchi fan tarixida birinchi bo’lib uchish nazariyasi bilan shug’ullandi. Uning qushlarning uchishi ustidagi ajoyib va nozik kuzatishlari bizning zamonamizda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

Leonardo da Vinchi

  • Leonardo da Vinchi qushlarning uchishini tekshirish asosida ta’sir va aks ta’sir prinsipini ta’riflashga yaqin keldi: “Havo predmetga qarshi qanday kuch hosil qilsa, predmet ham havoga qarshi shuncha kuch hosil qiladi ”.
  • Leonardo da Vinchi genial olimgina bo’lib qolmay, ko’zga ko’ringan injiner ham edi. U kanallar loyihasini tuzdi va ularni qurdi, sug’orish ishlari bilan shug’ullandi, bir necha mudoffa inshootlari, qo’rg’onlar, minoralar va bastionlarning loyihasini ishladi. Leonardo da Vinchi loyihasi asosida yasalgan mexanik charx undan oldin qo’llanilgan charxlardan ancha unumli ishlar edi.

N.Kopernik

  • 1543 yilda polyak olimi N.Kopernikning “Osmon sfedrasining aylanishi haqida” asari nashr etildi. Unda olam tuzilishining geliosentrik nazariyasi bayon etilgan bo’lib bu kitob tabiatshunoslikda, shuningdek dunyo to’g’risidagi ta’limotda burulish yasadi.

Kepler

  • Nemis fizigi Iogann Kepler (1571-1630) osmon mexanikasi asoschisi sifatida mexanika rivojiga juga katta hissa qo’shgan alloma hisoblanadi.Tixo Brage o’zining o’tkazgan kuzatishlariga asosan planetalarning harakat qonunlarini ochdi (Keplerning uch qonuni). Bu qonunlarning birinchi ikkitasi “yangi astronomiya” (1609 y) va uchinchisi “olam garmoniyasi” (1619 y) traktatlarida bayon etilgan. Kepler qonunlari I.Nyuton tomonidan butun olam tortishish qonunini yaratilishiga asos bo’lib xizmar qildi. U quyoshni juda ko’p sondagi yulduzlarning biri deb hisobladi va boshqa yulduzlar olamga taqsimlangan bo’lib ular ham planetalar bilan o’rab olingan degan fikrni oldinga surdi. U 1627- yilda o’zining eng yirik asari bo’lgan “Rudolf jadvallari” ni tugatdi, uning yordamida planetalarning vaqtning ixtiyoriy momentida joylashuvi holatini katta aniqlikda o’rganish mumkin edi. Bu jadvaldan astronomlarning bir qancha avlodlari foydalandilar.

Galiley

  • 1604- yilda Galiley gorizontga burchak ostida otilgan jismning harakat qonunlarini yaratdi va jismning qiya tekisligi bo’ylab harakati tekis tezlanuvchan ekanligini isbotladi.
  • Biz buyuk italyan olimi Galileo Galiley (1564-1642) hayoti va uning fanga qo’shgan buyuk hissasi haqida qisqacha to’xtalamiz:
  • Dinamika taraqiyotiga Galileo Galiley katta hissa qo’shdi. U jismlarning erkin tushish qonunlarini tekshirish bilan shug’ullanib, Aristotelning bu masaladagi qarashlari noto’g’ri ekanligini isbotlab berdi.

Nyuton

  • 1666-yilda I. Nyuton tomonidan oq yorug’lik nurini snektrga yoyilishi (dispersiya) hodisasi qayta ochildi, xromatik aberrasiya aniqlandi va yorug’likning korpus korpuskulyar nazariyasi yaratildi. I. Nyuton o’zining “Yorug’lik va ranglarning yangi nazariyasini 1672-yilda e’lon qildi va shu asosda 1704-yilda uning “Optika”si paydo bo’ldi. 1668-yilda I. Nyuton ko’zguli teleskop-reflektorni konstruksiyadi. Shu yili R. Guk tomonidan barcha jismlar uchun ularga tegishli erish va qaynash temperaturalari doimiy ekanligi isbotlandi.

Yüklə 6,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə