Multimedia vositalari


Multimedia tyumlarining texnik ta’minoti



Yüklə 104,84 Kb.
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü104,84 Kb.
#161829
1   2   3   4   5   6   7
MULTIMEDIA VA UNING ZAMONAVIY TA’MNINOTI. POWERPOINT DASTURINING ASOSIY ELEMENTLARI. ANIMATSION EFFEKTLAR. TAQDIM ETISHNI BOSHARISH. MULTIMEDIALI TAQDIMOTLAR YARATISH

3.Multimedia tyumlarining texnik ta’minoti


M ultimedia Personal Computer (MPC) standarti. Kompyuterlarda grafikli va ovozli fayllarni saqlash uchun CD ROM diskovodlarining qo‘llanilishi kompyuter tizimi unumdorligiga nisbatan ma’lum talablarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. CD ROM diskovodida audio axborotni yozish va uni audioadapter orqali kiritish ham chiqarish – bu multimedia (MRS) uchun mo‘ljallangan shaxsiy kompyuterga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan ikkita majburiy shartdir. CD ROM axborot to‘plagichi. Gramplastinkalarga muqobil sifatida yaratilgan optik kompakt disklar (CD:ROM – compact disk read) bu turdagi axborot tashuvchilarni qo‘llashiing yangi imkoniyatlarini ochib ber-
10- rasm. CD ROM axborot di. Hozirda kompakt disk proito‘plagichi. grivatellar maishiy va sanoat apparaturalarida audio eshittirish-
da keng qo‘llaniladi.
Endilikda CD ROM to‘plagichlar shaxsiy kompyuterda o‘z o‘rniga ega.
Kompakt disk – bu axborot saqlashda qo‘llaniladigan shaxsiy kompyuter (ShK) hajmi uchun standart plastik disk. Axborotlar raqamli kod bilan kodlanadi va diskning orqa tomoniga ko‘z ilg‘amas ko‘rinishda joylashtiriladi. Bunda disk yuzasi bilan mexanik kontakt aloqa yo‘q, uning ishlash muddati katta, boshqa axborot saqlash vositasiga qaraganda esa noto‘g‘ri ishlash hollari kam.
44
Hozirda kompakt disklarda bir qancha turdagi amaliy dasturlar mavjud. Ularning ichida ilmiy axborot va jurnal maqolalari, ko‘p jildli texnik bayonlar, moliyaviy hisobotlar to‘plangan ma’lumotlar bazasini topish mumkin.
Tashuvchi mashinalardagi hujjatlarga endi tayyor rasmlar, matnlar, audio yozuvlar, videofragmentlarni kiritish ancha oson. Multimedia qomuslar, elektron xaritalar va o‘rgatuvchi tizimlardan foydalanish mumkin. CD ROM to‘plagichlarning yagona kamchiligi – bu qattiq disklarga nisbatan sekin harakatlanishidir. CD ROM to‘plagich turli interfeyslarga ega bo‘lishi mumkin. Interaktiv kompakt disk CD-I texnologiyasi bo‘yicha interaktiv multimedia axborotini tashuvchilar – bu hozirgi vaqtdagi audio va video qurilmalardir. Ular matnli va grafik axborotni ishlab chiqish imkoniyatini kengaytiradi. Bu holatda mazkur turdagi axborotga mo‘ljallangan kompyuter dasturlaridan keng foydalanish nazarda tutiladi.
CD-I texnik nuqtayi nazardan CD ROM texnologiyasiga asoslangan, ammo iste’mol mahsuloti nuqtayi nazaridan u CD-DA texnologiyasidan foydalanadi.
CD-I texnologiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • multimedia ilovani bitta interaktiv diskda foydalanish. U turli xil vositalar bilan ta’minlangan;

  • kompakt disklarning mavjud ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish;

  • diskli tizimlarning mos kelishi.

CD-I texnologiyasi bo‘yicha tayyorlangan kompakt disklar quyi dagi sohalarda qo‘llaniladi:

  • ta’lim va tayyorlov (masofadan turib o‘qitish va ma’lumotnoma, albom va kitoblar yordamida mustaqil o‘qish);

  • dam olish: musiqa (musiqa matnlari, nota, rasmlar bilan birga), harakatlanuvchi o‘yinlar, o‘yin davomida o‘rgatish;

  • dam olishni tashkil etish (chizish va rasm solish, filmlar yara-tish, she’rlar yozish);

  • sayohat (xaritalar, navigatsiya uchun qurilma, sayyohlik haqida axborot, diagnostika va hokazo).


Yüklə 104,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə