Yer yuzasida olib boriladigan tasvirga olish ishlari



Yüklə 18,43 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü18,43 Kb.
#165214
  1   2
YER YUZASIDA OLIB BORILADIGAN TASVIRGA OLISH ISHLARI


YER YUZASIDA OLIB BORILADIGAN TASVIRGA OLISH ISHLARI
Reja:

  1. Marksheyderlik tasvirga olish haqida umumiy ma’lumot.

  2. Tasvirga olish joylari va turlari.

  3. Marksheyderlik tasvirga olishning asosiy prinsiplari.



Tayanch iboralar: geometrik o`lchashlar, xisoblashlar, planlar, masshtab, muxandislik masalali, topografik tasvirga olish, teodolit, menzula, yer osti marksheyderlik tasvirga olish joylari, kon laxmlari, yo`naltirish – bog`lash, geometrik bog‘lash, tasvirga olish prinsiplari.

Marksheyderlik tasvirga olish bu-geometrik o'lchashlar va hisoblashlar, kon ishlari planlarini tayyorlash, marksheyderlik-grafik hujjatlarni, geometrik va kon-texnikaviy vazifalarini analitik ravishda olib boriladigan ishlar majmuasidir.


Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazishda marksheyderlik syomkalari yer yuzasida bajariladigan syomkalari kompleksidan va bog’lovchi syomkalaridan iborat bo’lib, ular konlarda punktlarning koordinatalarini yagona sistemada aniqlashga imkon byeradi.
Foydali qazilma konlarini qazish uslubini, ularning kon geologik sharoitlarini aniqlab byeradi.
Kon sanoatida marksheyderlik syomkasi deb tayanch va syomka tarmoqlari punktlari koordinatalarini aniqlash uchun va marksheyderlik chizmalari tuzish uchun bajariladigan burchakli va chiziqli o’lchash ishlari yig’indisi tushuniladi.
Yer ostida va yer ustida bajariladigan syomka ishlari natijasini solishtirish uchun syomkalar yagona koordinatalar tizimida bajarilishi kerak.
Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazishda marksheydirlik syomkalari konga ajratilgan maydon yuzasida va yer ostida bajariladigan orentirlash bog’lash syomkalarini yig’indisidan iborat.
Yer osti marksheyderlik syomkalari obyektlari bo’lib birinchi navbatda kon lahimlari va shaxta maydoni chegaralari hisoblanadi. Shuningdek syomka obyektlari bo’lib qidiruv lahimlari bilan kon lahimlari kesishgan joylari foydali qazilma konlari qatlami ostki va shift qismlari, siljish zonalari, yoriqliklar va boshqalar hisoblanadi.
Har qanday kon lahimlarini o’tishda ish joyi doimiy ravishda o’zgarib turadi. Shu munosabat bilan uning o’rnini marksheyderlik chizmalarida ko’rsatib borish uchun doimiy syomka qilish va hujjatlarni to’ldirib borish shart. Chunki ba’zi bir lahimlar uzoq muddat o’zgarmay tursa, boshqalari buziladi yoki qazish ishlari olib borilib davom ettiriladi.
Syomka natijalari kon lahimlari planiga va geologik kesmalarga tushiriladi. Ulardan kon sanoatini marksheyderlik ta’minlash uchun yirik injenyerlik masalalari yechishda qo’llaniladi.
Yer osti marksheyderlik syomka obyektlaridan yana biri bu boylikni kon geologik jihatdan haraktyerlovchi nuqtalarni va zonalar (proba olish nuqtalari) syomka natijalari bo’yicha marksheyderlik chizmalarida foydali qazilma konlari qatlamini o’lchash joylari, kon lahimlari bilan qidiruv skvajina ochilgan nuqtalar va boshqalar ko’rsatiladi.
Qo’llanishi va o’lchash uslubi bo’yicha yer osti marksheyderlik syomkalari quyidagilardan iborat:

  1. Yer osti teodolit syomkalari.

  2. Orientirlash bog’lash syomkalari.

  3. Yer osti Vertikal syomkalari.

  4. Kesma va qazilma lahimlarini syomkalari.

  5. Kon lahimlarini o’lchash ishlari.

Yer osti teodolit syomkalarida kon lahimlarida maxsus belgilar bilan mustahkamlab quyilgan punktlarning X, Y koordinatalarini aniqlash uchun burchakli va chiziqli o’lchash kompleksi bajariladi. Yer osti teodolit syomka natijalari marksheyderlik grafik hujjatlarini tuzish uchun geometrik asos bo’lib xizmat qiladi va ular yordamida kon ishlarini marksheyderlik ta’minlash uchun qator injenyerlik masalalari yechiladi.
Orientirlash bog’lash syomkalari yer osti syomkalari bilan yer usti syomkalari o’rtasida geometrik aloqa o’rnatib uning yordamida yer osti kon lahimlari va undagi punktlarning o’rnini yagona koordinata sistemasida ya’ni yassi to’g’ri burchakli koordinatalar sistemasida aniqlashga imkon byeradi. Bu esa o’z navbatida kon lahimlari planini yer yuzasi plani bilan bog’lashga imkon byerib analitik masalalarni hal qilishga yordam byeradi.
Yer yuzasidan kon lahimlariga uzatilgan direksion burchak va X, Y koordinatalar yer osti teodolit syomkalarini rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ya’ni kon lahimlarida syomka tarmoqlari orientirlash bog’lash syomka natijasi asosida barpo qilinadi.

Yüklə 18,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə