Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va ularning huquqiyy iqtisodiy jihatlari. Reja kirish


O’zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi me’yoriy-huquqiy bazasi



Yüklə 128,05 Kb.
səhifə5/6
tarix11.05.2023
ölçüsü128,05 Kb.
#109708
1   2   3   4   5   6
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va ularning huquqiyy iqtis

4.O’zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi me’yoriy-huquqiy bazasi

Bizga ma‘lumki, jamiyatda istalgan tizimni faoliyat mexanizmini belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasi mavjuddir. Huddi shunday mulkchilik tizimining ham faoliyat muxanizmini belgilovchi va tartibga solib turuvchi me‘yoriy –huquqiy bazasi mavjud bo‘lib, ya‘ni 1990 yil 31 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risida‖gi qonun asosiysi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib turiladi. Bundan tashqari O‘zb ekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksi, Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunlarning ham tegishli moddalari orqali mulkchilik mexanizni barqaror amalga oshiriladi.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida ko‘rsatilishicha:
―Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston qtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste‘molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliya t, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida ko‘rsatilishicha:
Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Mulkchilik to‘g‘risida“gi Qonunning 1-moddasida ta‘kidlanganidek:
1. O‘zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan
muhofaza etiladi.
2. Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi,
undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
3. Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va
uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o‘zi haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda, mulkdorning
zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin.
4. Mulkdor O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan
shartlar va doira chegarasida o‘ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish
paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida ular bilan shartnoma
tuzishga haqlidir. Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo‘lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta‘minlanadi.
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar etkazmasligi,
jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan ―Mulkchilik to‘g‘risida‖gi
qonunning 5-moddasida ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston Respublikasida mulk
quyidagi shakllarga bo‘linadi:
-fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;
-jamoa mulki, shu jumladan oilaviy, mahalla, ko operativ mulk, ijaraga
olingan korxona mulki, aksiyadorlar jamiyati, davlat korxonasi jamoasining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki, turli xo‘jalik birlashmalari va uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;
-davlat mulki;
-aralash mulk
-qo‘shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek
ajnabiy yuridik shaxslar mulki shaklida yuzaga chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasida mulkning hamma shakllari teng huquqlidir.
Shaxsiy mulk - individual o‘zlashtirishni bildiradi, ammo xususiy mulkdan
farqliroq daromad topishga xizmat qilmaydi, balki shaxsiy extiyojni qondirishga
qaratiladi.
Xususiy va shaxsiy mulk birgalikda fuqarolar mulki deyiladi. Jamoa mulki- boylikning muayyan maqsad yo‘lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda o‘zlashtirilishidir. Jamoa mulkining avfzalligi shuki, bu mulk ishlab chiqaruvchining o‘zini mulkdor qiladi. Bu yerda mulk egalari va ishlovchilar aynan bir kishilardir, shu sababli ishlab chiqarish omillari tog‘ridan- to‘g‘ri birikadi.
Davlat mulkining paydo bo‘lishini rivojlanishi quyidagilar hisobidan bo‘ladi:
- mulkni davlat mulkiga aylantirilishi;
- davlat mablag‘i hisobidan korxonalar qurilishi;
- jamiyatda yaratilgan, ammo boshqa mulklarga taalluqli daromadlarning bir
qismining soliq undirishi orqali davlat byudjetiga olinishi.
Aralash mulk muayyan bir ob‘ektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirishini bildiradi.O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik tizimi va undagi munosabatlar, bozor infratuzilmasi, baholash va rieltorlik faoliyatlari rivojiga ham katta ahamiyat berilgan. Masalan ―O‘zbekiston Respublikasi 2009-2015-yillar davrida baholash faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari nomli dastur choralari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24 apreldagi ―Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini va ularning mas‘uliyatini oshirish to‘g‘risida‖gi № 843-sonli Qarori talablariga mos ravishda ishlab chiqilib amalga oshiriliyotgani fikrimizning yaqqol isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o‘zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko‘rsatilganidek, hal qiluvchi ro‘lni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilmasa, ya‘ni ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u ―huquqiy‖ kategoriya sifatida qoladi.
Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali
iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi.Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo‘ysunuvchi rol o‘ynamaydi. Bu shunda ko‘rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma‘lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari
egalik qilish, tasarruf etish, foydalanish huquqi iqtisodiy munosabatlarning
aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi.Huquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog‘liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bu rol shunda ko‘rinadiki, tovar xo‘jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab
chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne‘matlarning muayyan shaxslarga
(huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo‘riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.
Mulkchilik shakllarining yana bir ahamiyatlisi bu-qo‘shma mulkdir. Qo‘shma mulk tufayli jalb etiladigan chet el kapitali yangi texnologiyani olib kirmokda. Chetki kapital asosidagi qo‘shma korxonalarning ahamiyati investitsiyani kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida shakllantirishda ortib boradi. Katta mablaglar zaruriyati sharoitida qo‘shma mulk orqali chet el kapitalini jalb etish zaruriyatidir. Korxona mulkini uning mustaqil balansida aks etadigan asosiy fondlari va oborot mablag‘lari qiymati va boshqa boyliklar tashkil etadi. Korxona to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlarga ko‘ra quyidagilar korxona mol-mulkini tashkil etuvchi manba‘lardir:
- ta‘sis etuvchilarning pul va moddiy badallari;
- mahsulot, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik faoliyatining boshqa turlaridan olingan daromadlar;
- qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar;
- bank va boshqa qarz beruvchilarning kreditlari;
- kapital mablag‘ va byudjetdan dotatsiyalar;
- tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning tekinga va xayriya maqsadlarida
bergan badallari shuningdek meros to‘g‘risida, ayirboshlash va sovg‘a qilish yo‘li bilan oladigan daromadlari;
- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan o‘zga manba‘lar. Mamlakatda mulkdorlik huquqini, xususiy tadbirkorlar manfaatlarini kafolatlovchi qonunlar, huquqiy me‘yorlar, davlat va norasmiy tashkilotlar hamda muassasalar tizimlari vujudga keltirilganligi va ularning samarali faoliyat
kursatayotganligi natijasida, 1997 yili nodavlat sektorining ulushi sanoatda foizga, qishloq xo‘jaligida 98 foizga yetdi, ishlovchsilarning 70 foizi xususiylashtirilgan iqtisodiyot hissasiga to‘g‘ri keldi. Ishlab chiqarish, savdo-tijorat, vositachilik, hunarmandchilik, moliya-bank, turizmda, erkin ijodiy
faoliyatda mashg‘ul xususiy soxibkorlar va tadbirkorlar mustakil O‘zbekistonda
shakllanayotgan mulkdorlar sinfining ildam o‘sayotgan ichki sinfiy qadamlar idir. Mulkdorlar sinfi tushunchasi eng keng tushunchalardan biridir. Bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari rivojlanishi jarayonida bu sinfning ichidan
tabaqalanib, farqlanib, tafovutlanib borishi muqarrardir. Hozirgi vazifa mulkdorlar sinfining shakllanishiga keng yo‘l ochib berishdir. Bu vazifani bajarish-O‘zbekistonni ilg‘or davlatlar qatoriga olib chiqishda hal kiluvchi omildir.
Mulkdor boshqalarning emas, balki o‘zining istagi, roziligi, moyilligi,
xohishiga ko‘ra o‘z mol-mulkiga egalik kiladi. Mulkiy huquqning asosiy yuridik
mazmuni unga egalik qilishdan, foydalanishdan, uni tasarruf qilish bilan bog‘liq
huquqiy vakolatlardan iborat. O‘z huquqiy vakolati doirasida mulkdor boshqa
mulkdor shaxslarning talabi yoki topshirig‘iga binoan emas, balki o‘zining
xohishiga ko‘ra o‘z mulkiga egalik qiladi, xohlasa o‘zining mazkur huquqiy
vakolatini boshqarishga o‘tkazishi mumkin. Mulkdor o‘z xohishi bilan mulkidan
foydalanadi, shuningdek, undan o‘ziga zarur bo‘lgan foydali daromadlarni undirish uchun ishlatadi.
Mulkdor o‘z mulkiga tegishli huquqiy vakolatlarini boshqalarga berishi
mumkin. Masalan, mulk egasi sifatida o‘ziga tegishli bo‘lgan barcha huquqiy
vakolatlarni davlat korxonalariga, muassasalariga, jamoat tashkilotlariga yoki
ayrim jismoniy shaxslarga o‘tkazishi mumkin. Fuqarolar mehnatidan foydalanish uchun qonunda barcha mulk egalariga, jumladan fuqarolarga ham, teng huquq berilgan. Bu qonunda barcha mulk egalariga, jumladan fuqarolarga ham, teng huquq berilgan. Bu qonunda ko‘zda tutilgan jiddiy va eng muxim yangiliklardan biridir.
Bozor munosabatlariga o‘tish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish
maqsadida, fuqarolar o‘ziga tegishli mulkni ko‘paytirish uchun boshqa fuqarolarni yollanma mehnatga jalb qilishi mumkin. Fuqaro o‘z mulkiy huquqini amal ga oshirish uchun tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, mulkni ijaraga berishi mumkin. Fuqarolarda o‘tmish tuzum so‘ndirgan mulkiy mustakillik hissini uyg‘otish, tiklash, kengaytirish va mustahkamlash davlatimizning eng dolzarb vazifalaridan biridir.
Respublika bozor iqtisodiyotini birinchi bosqichida mulkni xususiylashtirish natijasida turli mulkchilikka asoslangan ko‘p ukladli iqtisodiyot yaratildiki, shu asosda iqtisodiyotni ichki tuzilishi o‘zgarib, raqobatchilik muhiti zaminida xo‘jalik yuritish usuli barpo etildi. Mamlakat iqtisodiyoti davlat mulki bilan bir qatorda


Xulosa
O‘zbekiston so‘ngi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etayotgan va raqobatbardosh mamlakatga aylanmoqda. Zero, raqobatbardosh iqtisodiyotni
shakllantirmasdan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda
tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, kelajakda iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga olib chiqib
bo‘lmasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan edi.Mamlakatimizda mulkchilik tizimi va mulkchilik munosabatlarini takomillashtirishga hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga e‘tibor qaratilib, xususiy mulkning huquq va himoyasi mustahkamlandi. Bugungi kunda har bir tadbirkor biladiki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir.
Xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish va unda xususiy mulkning yetakchi o‘rin egallashini ta‘minlash, xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlarida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlarni yaratilishi, mulkni tejab-tergab foydalanadigan, talab va taklif qonuni asosida iste‘mol bozorini to‘ldira oladigan mulkdorlarga topshirilishi lozimligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy iqtisodiyotga to‘g‘ridan -to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik ekanligi ushbu mavzuda kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Kurs ishining ilmiy yo‘nalishi mulkchilik tizimi va munosabatlarini takomillashtirish orqali iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish bo‘lib, uning maqsadi mamlakatimizda xususiy mulkni shakllantirish borasidagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy avsiyalar ishlab chiqishdan iborat:
- xususiy mulk tushunchasini nodavlat mulkka asoslangan korxonalar
tushunchasidan farqini aniqlashtirish;
- qonunga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini
amalda ta‘minlash yo‘nalishlarini takomillashtirish;
- xususiy mulkni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash hisobiga
ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va modernizatsiya qilish;
- jahon bozorlariga yangi maxsulotlarni olib chiqishdagi mavjud muammolarni tahlil etib, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish;
- tayyorlanayotgan mahsulotlarning material va energiyani ko‘p talab qilishi
va avvalo iqtisodiyotning xususiy mulkka asoslangan sektori tarmoqlarining
texnologik jihatdan qoloqligini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishidan kutilayotgan ilmiy-amaliy natija xususiy mulk va nodavlat
mulkka asoslangan korxonalar tushunchalariga nazariy jihatdan aniqlik kiritish,
qonunlarimizga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini
amalda ta‘minlash. Uni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash orqali
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, iqtisodiyotimizga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish imkoniyatlari tahlil etilib, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarini shakllantirish va aholi bandligi, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta‘lim-tarbiya jarayonlari va sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va takomillashtirishga yo‘naltirish chora tadbirlarini ishlab chiqish zarur.Demak, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hozirgi bozor munosabatlariga o`tish davrida mulkchilik va ko`p ukladlilik xususiyatiga ega hamma qonunga ko`ra fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga ularning mulkiy huquqini himoya qilish va ulardan samarali foydalanish uchun teng sharoitlar yaratiladi. Bular O`zbekistonning mavjud barcha potentsialidan foydalanish asosida iqtisodiyotni ko`tarishga ta‘sir etuvchi strategik yo`nalish hisoblanadi.
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy
munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli
hisoblanadi.Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab
chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilibqo’yadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g`in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotining to’laqonli amal qilishi ko’p jihatdanmamlakatdagi monopoliyaga qarshi siyosatning samarasiga ham bog`liq.O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatningmuhim yo’nalishlaridan biri – bu monopolist korxonalarning tovar bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqeini nazorat qilish va raqobatni qo’llab quvvatlashdir.
Agar bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan biri – ijtimoiy soha ob’ektlarining ishga tushirilishiga e’tibor qaratsak, 2019 yil davomida qishloq joylarda 197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini tortish, 466 ta qishloq aholi punktlarida ichimlik suv ta’minoti ob’ektlarini rekonstrukstiya qilish, obodonlashtirish boshqarmalarini 3100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 564ta ko’p qavatli uylarni mukammal ta’mirlash ishlari bajarilganini ko’rishimiz mumkin. Umuman olganda, hududlarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining qurib, ishga tushirilishi natijasida, respublika bo’yicha qo’shimcha 1,6 mln. Nafar aholining yoki 468,4 mingta oilaning turmush darajasi yaxshilanib, zarur hayotiy va ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarga bo’lgan talabini qondirishga erishilgan. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy farovonligi va imkoniyatlarining kengayishi orqali ichki ehtiyojning o’sishiga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.



Yüklə 128,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə