Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va ularning huquqiyy iqtisodiy jihatlari. Reja kirish


O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental



Yüklə 128,05 Kb.
səhifə4/6
tarix11.05.2023
ölçüsü128,05 Kb.
#109708
1   2   3   4   5   6
Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va ularning huquqiyy iqtis

3.O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental
asoslari.

O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq, davlat mulki Respublika


mulkidan va ma‘muriy xududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulkidan)
iboratdir. Yer-suv, yer osti boyliklari, havo bo‘shligi, o‘simlik va hayvonot
dunyosi, hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruv
tuzilmalari, oltin zaxirasi, valyuta fondiva boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Mulchilik o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, u egalik qilish,
foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo etadi. Mana shu uch jihat
mulchilikning ajralmas unsurlaridir.
Egalik qilish — mulkdorlik huduqini mulk egasi qo‘lida saqlanib turishidir. Egalik sharoitida mulk bo‘lgan boylik qisman o‘zlashtirilada. Mulkka egalik saqlangan holda, uni amalda ishlatish o‘zga qo‘lida bo‘ladi. Buning oqibatida mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor, ikkinchisini mulkni amalda ishlatuvchi o‘zlashtiradi. Masalan, bino ijaraga berilganda egalik qilish mulkdor qo‘lida qoladi va u mulkdan kelgan nafning faqat bir qismini ijara haqi shaklida o‘zlashtiradi, Boshqa qismni esa ijarachi o‘zlashtiradi. Xullas, egalik qilish qisman, cheklangan o‘zlashtirishni bildiradi.
Foydalanish, ishlatish — mulk bo‘lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo‘llab,
xo‘jalik jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Foydalanish yuz berganda boylik daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni so‘ndirish uchun ishlatiladi. Mulkdor o‘z mulkini o‘zi ishlatganda egalik qilish va foydalanish bir qo‘lda bo‘ladi, olingan natijani mulkdor tanho o‘zi, boshqa bilan baham ko‘rmagan holda o‘zlashtiradi. Egalik qilish va fovdalanish ajralganda mulk keltirgan naf ham taqsimlangan holda o‘zlashtiriladi.
Tasarruf etish - mulk bo‘lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish, ya‘ni mulkni sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab-avaylab ko‘paytirish yoki uni yo‘qotib yuborishdan iborat xatti-harakatlarni amalga oshira bilishdir. Mulkchilik munosabatga ega albatta, uning ob‘ekti va sub‘ekti bo‘lishi shart. Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi.
Fuqarolik huquqlari obyektlari (FHO) o‘zlarining xossalari bilan bog‘liq
funksiyalarini mulkiy munosabatlarda to‘liq bajarishida va uni bir mulkiy huquq
subyektidan boshqasiga qonuniy ravishda shaffof o‘tishida optimal proporsiyali
tuzilmaga ega mulkchilik shakllariga asoslangan samarali mulkchilik tizimining
modeli muhim ahamiyatga ega. Bunda mulkchilik tizimning tarkibiy qismlari bo‘lgan mulkdorlik institutlari, ularning mulkiy munosabatlari uchun mulk turlari bilan bog‘liq professional xizmatlar bozori va mulk narxi shakllanuvchi mulk bozori faoliyatlari samaradorligiga ham da davlatning samarali regulyativ siyosatiga erishish dunyoning barcha mamlakatlari ijtimoiy-iqisodiy rivojlanishida muhim aha- miyat kasb etadi. Demak, mulkiy munosabatlar samarali bo‘lishi uchun davlat mulkiy huquq subyektlari (MHS) uchun samarali bo‘lgan mulkchilik tizimini, ayniqsa, hususiy mulkchilik tizimini, shakllantirishi zarur. Zero, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati- ning samaradorUgi mulkchilik tizimining samaradorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq, bunda hususiy mulkchilik tizimi esa xalq farovonligini va biznes samarasini
belgilaydi.












Mulkchilik tizimining namunaviy tuzilmaviy funksional modeli
Mulkchilik tizimining namunaviy funksional tuzilmasini 1- rasmda
ko‘rsatilganidek tasvirlash mumkin. Unga ko‘ra, o‘zaro uzviy bog‘langan
M - mulk bozorlari (mulk turlari bo‘yicha tasniflanuvchi),
V - mulk turlari bilan bog‘liq professional xizmatlar (qiymatini baholash,
riyeltorlik, kadastr, ekspertiza, brokerlik, dilerlik va shular kabi boshqa ifratuzilmaviy xizmatlar) bozorlari,
S - mulkiy huquq subyektlari, ulaming barchasi faoliyatini tartibga solib
turuvchi,
R - regulyator kabi ushbu tuzilma tarkibiy qismlari fuqarolik huquqlari
obyektlari (FHO) bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy -informatsion-huquqiy
munosabatlami amalga oshiradi.
Bu modelda M, V, S, R elementlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish chiziqlari ulami mulkiy munosabatlarda bo‘lishini ko‘rsatadi. Bunda mulkchilik tizimi undagi barcha M, V, S, R elementlaming FHO bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy -informatsion-huquqiy munosabatlami amalga oshirish faoliyati bilan harakatga keltiriladi.Mulkchilik tizimining samaradorligi mulkdorlaming huquq va majburiyatlari, mas‘uliyat va manfaatlarini samarali amalga oshirilishi uchun mulkiy munosabatlar uchun davlat tomonidan yaratilgan qulay shart-sharoitlar va mulkdorlik institutlari faolligi bilan belgilanadi. Bunda yaratilgan shart-sharoitlar sifatini risklar hamda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa omillaming kompleks ta‘siri belgilaydi.
Umuman olganda, bu shart-sharoitlar mulkdoming huquqiy havfsizligi va mulkchilik tizimi modelining samaradorligi kabi xossalari birikmasidan iborat integral (kompleks) tushuncha bolib, FHOlarga va ular bilan bog‘liq xizmatlarga bo‘lgan talab va taklifni obyektiv shakllantirilishiga xizmat qiladi.
Mulkchilik tizimiga oid yuqorida aytilgan fikr-mulohazalaming ma‘noga egaligi Ernando De Soto tomonidan ham tasdiqlangan.Mulkdoming ijtimoiy va iqtisodiy manfaati uning mulk egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo‘lib, uni risklar sharoitida qondirish bilan bog‘liq xatti-harakati va fe‘l-atvorining ijtimoiy-iqtisodiy motivatsiyasini yuzaga chiqaradi. Bunda risk — mulkiy
munosabatlar jarayonida real mavjud bo‘lgan noaniq va tasodifiy hollarning vujudga kelishi ehtimolini sifatiy-miqdoriy usullar yordamida ifodalab baholash shaklidir.Yuqorida aytilganlar asosida quyidagi ta‘rif o‘rinli: mulkchilik tizimi — jamiyatda o‘rnatilgan mulkchilik shakllariga mos instrumental (FHO ma‘nosida), institutsional va funksional tuzilmalarni va ular bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy -informatsion-huquqiy munosabatlar mexanizmini birlashtiruvchi yaxlit tizimli majmua. Uning faoliyati mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati kontekstida MHSlari tomonidan harakatga keltiriladi Bunda davlatning siyosati mulkchilik tizimining samaradorligiga qulay mulkchilik munosabatlari muhitini yaratish asosida erishilishiga qaratiladi.Shunday qilib, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligi faqat samarali mulkchilik tizimi shart-sharoitlarida erishiladi.
Dunyoning har bir mamlakatida, jumladan, O‘zbekistonda ham, mulkchilik tizimining faoliyati qonunlar bilan belgilanib tartibga solinadi. Bunda ta‘kidlash zarurki, barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi mulkiy munosabatlar modeli ulardagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos ravishda shakllangan.
Ko‘rilgan mavzu doirasida umumiy xulosa tariqasida aytish mumkinki,
zamonaviy mulk ko‘p atributli (ko‘p turli, ko‘p qirrali, ko‘p xossali, ko‘p bozorli, ko‘p tabiatli) va turli omillarga ta‘sir- chan bo‘lganligi sababli, uni fuqarolik huquqkrining obyektlari sifatida qabul qilish mumkin. Shu munosabat bilan, bunday mulkni va uning tushunchasini tizimli tadqiqot obyekti sifatida murakkab fenomen deb qarash mumkin.
Mulk - bu ham manfaat, ham mas‘uliyatdir. Mulkchilik - bu mas‘uliyat bilan manfaatning uzviy birligi hisoblanadi. Mulkchilik real bo‘lishi uchun mulkdorning iqtisodiy manfaati amalga oshishi shart. Miqdorning iqtisodiy manfaati-uning boylik egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo‘lib, xatti-harakat, fe‘l-atvorni, iqtisodiy faoliyat motivatsiyasi (sababini) yuzaga chiqaradi.
Ta‘kidlash zarurki, barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi
mulkiy munosabatlar modeli undagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos
ravishda shakllanadi.
Shunday ekan, FHOning ta‘minot turlari mulkiy munosabatlar bilan uyg‘unlikda ko‘riladi.Umuman olganda, hozirda keng ma‘nodagi mulk (ne‘mat sifatidagi) nazariyasi jamiyat, iqtisodiyot, huquq va axborot nazariyalari birligi silatida shakllangan bo‘lib, bunda mulk bo‘yicha ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik va
informatsion munosabatlar zamonaviy mulkning majbu riy atributlari hisoblanadi.Zamonaviy mulk (ne‘mat mazmunidagi) tushunchasini keng ma‘noda naf, foydalilik, manfaat, samara, mulkiy huquqlar nuqtayi nazarlaridan mulkdorga, huquqiy va iqtisodiy fantomlarga ega hamda axborotiy shaffoflik va huquqiy himoyalanganlik xususiyatlari bilan xarakterlanuvchi ―ne‘mat-fantom-mulkdor uchligi silatida ifodalab tizimli o‘rganish maqsadga muvofiq.
Mulkni bunday ma‘noda ifodalanishi, avvalambor, uni tovar, kapital, turli
munosabat vositasi sifatida jalbdor va samarali bo‘lishini, unga bo‘lgan huquq va manfaatlrni to‘liq himoyalanishini anglatadi.Mulkchilik tizimi muhitida bo‘luvchi ―ne‘mat-fantom-mulkdor‖ uchligini tizimli o‘rganuvchi ne‘mat to‘g‘risidagi multifan qoidalari nuqtayi nazaridan qarash lozim. Bunda ―ne‘mat- fantom-mulkdor‖ uchligi o‘zining atributlari va
mulkdoriga, huquqiy va iqtisodiy fantom(analog, ya‘ni, ekvivalent)lariga, mulkiy shakllari va mulkchilik tizimiga ega. Bu fantomlar faqat inson nafsiga asoslangan nafli mulkiy munosabatlar mavjud bo‘lganidagina ma‘noga ega bo‘lib, ular o‘z bazisidan (konkret shakl va mazmundagi ne‘matdan, boylikdan) alohida mavjud emas.Mulkchilik shakllari asosan quyidagi yo‘llar bilan vujudga keladi: ilohiy va omad faktorlari, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy jarayonlar, inson mehnati, yuridik shaxslar (jumladan, biznes subektlari) faoliyati, davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va milliylashtirish (natsionalizatsiya).
Bunda davlat, mahalliy hokimiyatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, alohida jamoalar mulkdor subekt lar sifatida qaraladi.Sotsium nuqtayi nazaridan mulkka ijtimoiy manfaat va iqtisodiy manfaat manbayi sifatida qarash mumkin.



Yüklə 128,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə