Muhandislik va kompyuter grafikasi



Yüklə 0,69 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#143361
Prezentatsiya 2


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PROFISSONAL TA`LIM FAKULTETI
“MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI”
KAFEDRASI
CHIZMACHILIK
fanidan
5110800–Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi
2-kurs talabalari uchun
PhD dotsent v.b Muslimov Sherzod Narzulla o’g’li
Qurilish chizmalarining mazmuni va taxt qilinishi, qo‘llaniladigan masshtablar, chizmalardagi shartli belgilar asosan qurilish obyektlarining turiga hamda chizmalarning vazifalariga bog‘liq bo‘ladi.
Turar joy va jamoat binolari, umumiy nom bilan fuqaro binolari deb yuritiladi-jamoat binolariga umumiy yotoqxonalar, klublar, kasalxonalar, maktablar, turli ma’muriy binolar, o‘quv, teatr-tomosha, savdo binolari va hokazolar kiradi
Sanoat binolari-bularga fabrikalar binolari, zavod va boshqa ishlab chiqarish binolari, garajlar, elektrostansiyalar, suv isitish binolari va hokazolar kiradi
Qishloq xo‘jaligi binolari-qishloq xo‘jaligi binolariga uy xayvonlari va parrandalar boqiladigan binolar, qishloq xo‘jaligi mashinalarini va mahsulotlarini saqlash binolari, skladlar va hokazolar kiradi
Muhandislik qurilmalari-bularga ko‘priklar, tonellar, estakadalar, qirg‘oq bo‘yi inshootlari, turli gidrotexnik va er sirtidagi qurilmalar, metall eritish pechlari, rezervuar va hokazolar kiradi
Turli qurilish obyektlarini bino va inshootlarni vazifalariga qarab quyidagi 4 ta asosiy guruhga bo‘lish mumkin.
Qurilish buyumlarining chizmalari. Bunday chizmalar bo‘yicha qurilish industryasi zavodlari va uy qurish kombinatlarida bino va inshootlarning alohida- alohida qismlari tayyorlanadi
Qurilish-motaj chizmalari, bunday chizmalar bo‘yicha qurilish maydonida bino va inshootlar tiklanadi hamda montaj qilinadi
Qurilish chizmalari vazifasiga qarab quyidagi ikkita asosiy guruhga bo‘linadi
Qurilish chizmalarining masshtablari. Masshtablar standartga binoan tanlanadi. Qurilish chizmalarida tasvirlanadigan obyektlarning o‘lchamlari katta bo‘lganligi sababli, qurilish chizmachiligida mashinasozlik chizmachiligiga qaraganda ancha kichikroq masshtablar qo‘llaniladi. Turar joy va jamoat binolarining arxitektura-qurilish ish chizmalari quyidagi masshtablarda bajariladi: bino fasadlarining chizmalarida 1:50, 1:100, 1:200, kam hollarda 1:400, fasadlar qismlarini chizishda esa 1:50; planlar 1:100, 1:200, 1:400, qirqimlar esa 1:50, 1:100, 1:200; detallar va yig‘ma birliklar chizmalarini chizish uchun 1:5, 1:10, 1:20, 1:25 masshtablar. 1:1 masshtabdan faqat shablonlar chizishda foydalaniladi. Kattalashtirish masshtablaridan umuman foydalanilmaydi.
Masshtab tanlashga obyektning o‘lchamlari va loyihalash bosqichlari ta’sir qiladi. Loyihalash ishlarida 1:100, 1:200 masshtablar qo‘llaniladi.
Obyektlarning katta o‘lchamlari, fasadlarning pardozlanishi va tevarak atrofdagi anturaj bilan qo‘shib tasvirlanishi fasad chizmalarini alohida, plan va qirqimlarni esa alohida bichim qog‘ozlarida, xattoki ularni boshqa masshtablarda chizishni taqazo etadi. Agarda barcha tasvirlarni bitta bichimda chizishni iloji bo‘lsa, unda ular qat’iy proyeksion bog‘lanishda chizilishi kerak bo‘ladi.
Chizma chiziqlari. Qurilish chizmalaridagi yo‘g‘onlashtiriladigan chiziqlar mashinasozlik chizmalaridagiga nisbatan ingichkaroq bo‘ladi, ya’ni 0,2 mm dan 1,0 mm gacha. Ko‘rinadigan konturlarning barchasi ham bir xil yo‘g‘on chiziqlarda chizilmaydi. Masalan, fasadning konturlarini va eshik hamda deraza o‘rni konturlarini 0,4-0,6 mm yo‘g‘onlikdagi chiziqlarda chizilsa, deraza va eshik konturlari, karnizlar, devorlarning bo‘linmalari (panel va bloklari) hamda boshqa arxitektura unsurlari esa ularga nisbatan ikki barobar ingichka chiziqlarda chiziladi.
Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə