Muhandislik -geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/335
tarix11.05.2022
ölçüsü6,89 Mb.
#86548
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   335
-qullanma

Bazal’t  qatlami.
  Bazal’t  qatlamining  quruqlikdagi  qalinligi  30-35  km, 
okeanda esa 5 - 6 km ga  teng. Uning zichligi 2,7 - 2,9 g/sm
3
 gacha ortib boradi. 
Tarkibida  qumtuproq  kamroq  bo’ladi.  Bazal’t,  gabbro  kabi  tog’  jinslari  shu 
turkumlaridandir. Yer qobig’i, litosferaning o’rtacha zichligi 2,7 g/sm
3
. Uni tashkil 
etuvchi  elementlardan  asosiylari:  kislorod,  kremniy,  al’yuminiy,  temir,  kaliy, 
natriy,  kal’tsiy,  va  magniydir.  Yer  ichiga  kirib  borgan  sari  kislorod,  kremniy, 
al’yuminiy  ishqorli  metallar  kamayib  boradi,  temir,  magniy  va  og’ir  metallar: 
jumladan, nikel’ miqdori oshib boradi. 
Mantiya
  qismining  jinslari  tarkibida  temir,  magniy,  xrom  kobal’tlari 
bo’ladi.  Mantiya  moddalarining  tarkibi  o’ta  asosligi  bilan  ajralib  turadi:  dunit, 
peridodit,  ichliklari  3  -  3,3  dan  g/sm
3
  (yuqori  mantiya)    5,9  g/sm
3
  gacha  (quyi 
mantiya). 
Mantiya qismida yuqori bosim va harorat bo’lib, uni holati  qattiq moddaga 
yaqindir. 
Yadro (o’zak)
 - 3500 km radiusda joylashgan. U ichki va  tashqi sferalarga 
bo’linadi. Zichligi 9 - 11 g/sm
3
 ga yaqin. Hozirda uning tarkibi to’g’risida aniq fikr  
aytilmagan.  Ba’zi  bir  taxminlarga  ko’ra,  yadro  zich    joylashgan  temir,  nikel  va 
boshqa og’ir metallardan tashkil topgandir. Uning harorati 2000  - 2550
0
C, bosimi 
esa 3,5 mln atmosferaga yaqin deb taxmin qilinmoqda. 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   335




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə