Muhandislik -geologik tadqiqotlar


 YER  SHARINING TUZILISHI, TARKIBI . YERNING ISSIQLIK



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/335
tarix11.05.2022
ölçüsü6,89 Mb.
#86548
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   335
-qullanma

2. YER  SHARINING TUZILISHI, TARKIBI . YERNING ISSIQLIK 
REJIMI 
2.1. Yerning kelib chiqishi, yer sharining shakli
 
Yer  Quyosh sistemasidagi planetadir. Quyosh sistemasi  markazida - sekin 
aylanayotgan  yulduz  -  quyosh  joylashgan    bo’lib,  uning  atmosferasi  harorati 
5700K,  markazida  esa  -    5*10
6
*  K  ga  yaqin.  Quyosh  atrofida  9  planeta  aylanib 
turadi  va ularni 2 guruhga ajratish mumkin:  
Ichki planetalar - Merkuriy, Venera, Yer va Marsdir. 
Tashqi planetalar - Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Plutondir. 
Quyosh  sistemasiga  ko’p  sonli  kometalar  kiradi  va  ular  Quyosh 
sistemasining chekkalarida tarqalgan bo’ladi. 
 
Quyosh  sistemasi  va  yerning  kelib  chiqish  muammosi    tabiatni  bilish 
sohasidagi  muhim  sanalib,  yerda  inson  va    hayotni    paydo  bo’lishi  muammolari 
bilan  bir  xildir.  Qadim  zamonlarda  yerni  paydo  bo’lishi  haqida    diniy 
tushunchalargina  mavjud  edi.  XVIII  asrning  ikkinchi  yarmida    planetalar 
sistemasining  vujudga  kelishi  haqida  dastlabki    moddiyun  gipotezalar  paydo 
bo’ldi.  Bu  gipotezalar  yerning    suyuq  -  qizigan  tumandan  hosil  bo’lganligini 
tushuntirib,  uning    asta-sekin  sovishi  natijasida  yuqori  qavati    asta  qotib,  qattiq 
qismga  aylanib  uning  ostki  qismida  suyuq  -  qizigan  massa  bo’lishi  mumkin  deb 
tushuntiradi.  XX  asrdagi    kosmik,  geologik,  geofizikaviy  va  boshqa  fundamental 
fanlarning yangiliklari bu gipotezani to’g’ri emasligini isbotladi. Hozirgi davrdagi 
kosmosni  ilmiy  tadqiqot  qilish  tufayli  faqatgina  yer  haqida  emas,  balki  Quyosh  
sistemasidagi  boshqa  planetalar  haqida  ham  yetarli  ma’lumotga  ega  bo’lindi.  Yer 
shakli  murakkab,  nomuntazamdir.  Eramizdan  530  yil  avval  Pifagor  yerni  shar 
shaklida  degan  edi.  Lekin,  shunga  qaramasdan,  Yerning    sharsimonligi  fanda 
Magellan   sayohati  (1519  -  1523    yillar) dan  keyingina tasdiqlandi. XVII  asrning 
oxirida    I. Nyuton va  X. Gyuygenslar  fikricha  yer  aylanishda markazdan  qochma 
kuch  ta’sirida  qutb  o’qlari,  ekvator  o’qlariga    nisbatan  qisqa  bo’lib,  shakli 
ellipsoidga  yaqin deb topdilar. 


14 
 
Tekshirishlar  shuni  ko’rsatdiki,  ekvator  radiusi    qutb  radiusiga  qaraganda 
21,38  km  ga    qisqa  bo’lib,    yerning  shar  shakli  qutblarda  o’zgargan  bo’lib, 
ellipsoid  shakliga yaqindir. 
Yerning ellipsoid aylana bo’yicha o’lchami: 
Katta yarim o’q (ekvator radiusi)    -  6378,24 km; 
Kichik yarim o’q (qutb radiusi)       -  6356,86 km; 
O’rtacha radius (teng hajmli shar)   -  6371,1 km; 
Yer yuzasi maydoni   -   5,1*108 km
2

 Hajmi                       -    1,083*1012 km
3

 Massasi                    -     6*1024 kg. 
Oxirgi  yillarda  olingan  ma’lumotlar  shuni  ko’rsatadiki,  yerning  yuzasi 
ma’lum bo’lgan geometrik shakllarning  birortasiga ham tug’ri kelmaydi, u o’ziga 
xos  shaklga  ega.  Quruqliklarning  ko’tarilganligi,  dengiz  va  okeanlarning  
cho’kkanligi, Yer yuzasining o’ziga hos - geoid - shakliga shartli mos deb olindi. 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   335




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə