Muhandislik -geologik tadqiqotlar


 YER HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/335
tarix11.05.2022
ölçüsü6,89 Mb.
#86548
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   335
-qullanma

        1. YER HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR 
 
1.1.Geologiya fani haqida umumiy tushunchalar 
Geologiya
  -  Yer  haqidagi  fan  bo’lib,  yunoncha  geo  -  Yer,  logos  -  fan 
ma’nosini anglatadi. Geologiya tabiiy fanlar tizimiga kiradi va u Yerning tuzilishi, 
paydo  bo’lishi  va  rivojlanishi  qonuniyatlarini  o’rganadi.
1
  «Geologiya»  atamasini 
birinchi bo’lib norvegiyalik olim M.P.Esholt 1657 yilda fanga kiritgan. 
Yer  shar  shaklidagi  tabiiy  jism  bo’lib,  Quyosh  tizimidagi  osmon 
jismlaridan  biri  hisoblanadi.  Yer  shari  turli  tabiiy  fanlarning  o’rganish  ob’ektidir. 
Astronomiya 
yerning 
fazoda 
tutgan 
o’rnini, 
geografiya, 
geodeziya,  
geomorfologiya  Yer  sirtining  tabiati,  tabiiy  muhitlari,  rel’yef  shakllari  hamda 
elementlarini  o’rganadi.  Biologiya  esa  yerda  tirik  hayot  -  o’simlik  va  hayvonot 
olami  evolyusiyasini,  tuproqshunoslik    Yerning    eng    ustki  hosildor  yupqa 
qatlamini o’rganadi. Qurilish muxandislari  Yerni qurilish materiallari manbai deb 
qarashadilar.  Yuqorida  qayd  etilgan  fan  sohalari    Yerning    faqat    ustki  
qatlamlarida  sodir  bo’layotgan  jarayonlar  va  hodisalarning    rivojlanishi  hamda 
o’zgarishinigina o’rganadi. 
Geologiya  fani  esa  Yerning    ustki  qismini  o’rganish  bilan  bir  qatorda, 
uning ichki tuzilishini, tarkibini va undagi kechayotgan hodisalar va jarayonlarning 
rivojlanish  qonuniyatlarini  ham  o’rganadi.  Geologlar  Yerni  turli  mineral  va  tog’ 
jinslaridan tarkib topgan, ichki va tashqi kuchlar ta’sirida doim o’zgarib turadigan 
sharsimon tabiiy  jism deb tushunadilar. 
Geologiya  fani  o’rganadigan  masalalar  keng  ko’lamli  bo’lganligi  sababli 
turli  yo’nalishlar  va  sohalardan  tarkib  topgan,  ularning  har  biri  muayyan 
vazifalarni echadi. 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   335




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə