Morfemika va so’z yasalishini o’qitish metodikasi



Yüklə 147,23 Kb.
səhifə7/8
tarix30.12.2023
ölçüsü147,23 Kb.
#166303
1   2   3   4   5   6   7   8
Tovush orttirilishi: isi-q/issiq, qot-iq/qattiq, tib-iy/tibbiy, his-iy/ hissiy, shu-cha/shuncha, bu-day/bunday; u-ga/unga, shu-da/shunda, bu-dan/ bundan, parvo–i/parvoyi, obro’-ing/obro’ying. Tovush almashishi: a ~ o: tara-q/taroq, so’ra-q/so’roq, qiyna-v/qiynov, so’ra- v/so’rov; o ~ a: son-a/sana, ong-la/angla, yosh-a /yasha, ot-a/ata; i ~ u: tinti-v/tintuv, o’qi-v/o’quv, sovi-q/sovuq, quri-q/quruq; q ~ g’: qishloq-i/qishlog’i, yutuq-im/ yutug’im, buyruq- i/buyrug’i; k ~ g: yurak-i/yuragi, eshik-im/eshigim, tilak-ing/tilaging va h.
Ta’kidlash joizki, o’quvchi uchun so’zning asosi(o’zak)ni ajrata bilish so’z ma’nosini to’g’ri anglash va xatosiz yozishga imkon beradi.
“So’z tаrkibidа tаrtib” mavzusi ta’limida o’quvchi e’tibori, asosan, asosga qo’shimchalarning ketma-ket qo’shilish tartibiga va bu tartibdan chekingan holatlariga qaratiladi. O’zbek tilining o’ziga xos agglyutinativ tabiatidan kelib chiqadigan bo’lsak, asosga qo’shimchalarning ketma-ket qo’shilish tartibi quyidagicha bo’ladi: asos+soz yasovchi +lugaviy shakl yasovchi+aloqa-munosabat qoshimchalari.
Jumladan, oqu/vchi/lar/dan, ajab/lan/tir/di, bino/kor/lar/ning kabi. Quruvchilar yangi binoda ishladilar; Hozir tanishtiruv marosimi boshlanadi; Xalqimizga bolajonlik xos kabilarda so’z tarkibining odatdagi tartibidan chekinish holatlari uchraydi. (Bunday holatlarda so’z yasovchi qo’shimchadan oldin kelgan qo’shimcha asos tarkibiga qo’shib yuboriladi: ko’r/ish/moq/lik–ko’rishmoq/lik)
Shu o’rinda qo’shimchalarning barcha turlarida ma’nodoshlik, vazifadoshlik, shakldoshlik xususiyatlari ham borligini nazardan qochirmaslik zarur.


Mavzuni yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Morfemika nimani o’rgatadi?

  2. Morfemika bo’yicha o’quvchi qanday bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur?

  3. O’quvchi o’rganayotgan morfemik bilimlar malaka talablariga mosmi?

  4. O’quvchi o’rganayotgan morfemik bilimlardan hayotining qaysi o’rnida foydalana oladi?

  5. O’zbek tilida so’z yasash usullarini o’quvchi bilishi shartmi?

  6. O’zbek tilida so’z yasash usullari ta’limida o’quvchi xabardor bo’lishi zarur bo’lgan qaysi bilimlarni sanay olasiz?

  7. O’zbek tilidagi hol/siz/lan/moq/lik, injiq/lan/mas/lik, jilov/la/mas/lik kabi so’zlarning morfem tarkibi qanday izohlanadi?

8.Kompozitsiya usulida hozirda yasalayotgan qanday so’zlar bor?

  1. O’zakni ajrata bilish, so’z tarkibidagi tovush o’zgarishlarini fahmlash so’zni to’g’ri yozishga imkon beradi”mi? Javobingizni dalillang.

  2. O’quvchiga anglashilmovchilik (ong-la-sh-il-ma-vchilik), sanoqsiz (son-a-q-siz), atoqli (ot-a-q-li) kabi so’zlarning morfem tarkibini qanday izohlash zarur?



Yüklə 147,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə