Morfemika va so’z yasalishini o’qitish metodikasi



Yüklə 147,23 Kb.
səhifə2/8
tarix30.12.2023
ölçüsü147,23 Kb.
#166303
1   2   3   4   5   6   7   8
7-jadval

So’z yasovchi affikslar muayyan asosga qo’shilib yangi lug’aviy ma’noga ega bo’lgan so’z hosil qiladi, so’zning leksik (lug’aviy) ma’nosi shakllanishida ishtirok etadi. Fe’l, ot, sifat, ravish yasovchi affikslar so’z yasovchi hisoblanadi: gul+la=gulla, quvon+ch=quvonch, bezak+li=bezakli, mard+ona=mardona
2. So’z shaklini hosil qiluvchi (forma yasovchi) affikslar so’z ma’nosiga ta’sir etib, uni biroz o’zgartiradigan, ammo yangi so’z hosil qilmaydigan qo’shimchalardir. Bular quyidagilar:
–fe’llardagi nisbat qo’shimchalari (Kitob o’qildi., Bola yuvindi., Qizcha opasiga uy tozalashdi., Kichiklarga mehr ko’rgazing., Shafyor mashinasini yurg’azdi., Ukamni ariqchadan o’tkazdim., Bog’ga ko’chat o’tqazdik., Hamshira bemorning og’ziga suv tomizdi., Akam menga chizgan suratini ko’rsatdi va h.);
–fe’lning modal shakllarini hosil qiluvchi qo’shimchalar (ezg’ilamoq, tortqilamoq, titkilamoq, yugurgilamoq, ishqalamoq, to’lishmoq, yig’lamsiramoq, oqarinqiramoq va h.);
–fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllarini (shuningdek, fe’lning bo’lishsizlik shakli1ni) hosil qiluvchi qo’shimchalar;
Shuningdek, otlardagi kichraytirish-erkalash qo’shimchalari, ko’plik shaklini hosil qiluvchi qo’shimcha; sifatlardagi daraja kategoriyasi qo’shimchalari; sonning ma’no jihatidan turlarini yuzaga keltiruvchi qo’shimchalar lug’aviy shakl yasovchilar hisoblanadi.
3. Aloqa-munosabat (sintaktik shakl yasovchi) qo’shimchalar so’zning lug’aviy ma’nosiga umuman ta’sir etmaydi. Aloqa- munosabat qo’shimchalari sintaktik munosabat (so’zlarni o’zaro biriktirish) uchun xizmat qiladi. Aloqa-munosabat qo’shimchalari tarkibiga 5 toifadagi qo’shimchalar (jumladan, 1) kelishik qo’shimchalari; 2) egalik qo’shimchalari; 3) shaxs-son qo’shimchalari; 4) zamon qo’shimchalari; 5) mayl qo’shimchalari) kiradi.
Qo’shimchalar tuzilishiga ko’ra sodda (-chi,-la,-lik,-lar) va murakkab (-chilik,-garchilik,-lan,-lash, larcha) bo’ladi.
Demak, o’zak va qo’shimchalar so’zning ma’noli qismlari hisoblanadi. Affiksal morfemalar o’zak morfemaga birikish xususiyatiga ko’ra muayyan tilning o’ziga xos jihatlarini namoyon qiladi. O’zak morfemalarning tabiatiga ko’ra tillar asosan agglyutinativ va flektiv tillarga bo’linadi.
Turkiy tillar, jumladan, o’zbek tili affiksal morfemalari tabiatiga ko’ra agglyutinativ hisoblanadi. Agglutinatsiya “ketma- ketlik” ma’nosidagi so’z bo’lib, qo’shimchalarning o’zakka ma’lum tartib va ketma-ketlikda qo’shilishidan dalolat beradi. Bunday hollarda o’zak va qo’shimchalar chegarasi sezilib turadi. Agglyutinativ tillarda so’z shakllari o’zgarmas holda qo’shiladigan affikslar yordamida yasaladi.
Bunday tillarda affikslar asosan bir grammatik ma’noni ifodalaydi. Masalan, -lar faqat ko’plik qo’shimchasi sifatida qaraladi. Mazkur qo’shimchaning boshqa hollarda ifodalagan hurmat, kesatiq, kinoyani bildiruvchi ma’nolari uning uslubiy jihatdan o’ziga xos imkoniyati hisoblanadi.
Turkiy tillarda (o’zbek tilida) o’zakka dastavval, so’z yasovchi qo’shimchalar (morfemalar), keyin shakl yasovchi va oxirida so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar birikadi: tila-k-lar-imiz-ni. Bu qat’iy qoida. Masalan, o’rtoqlarcha, mardlarcha so’zlari o’rtoq- lar-cha, mard-lar-cha ko’rinishida emas, balki o’rtoq-larcha, mardlarcha tarzida ma’noli qismlarga ajratiladi.
O’zbek tilidagi affiksal morfemalar o’zak morfemadan keyin qo’shilish xususiyatiga ega. Shu jihatdan, old qo’shimchalar o’zbek tili tabiatiga xos emas2.
Ushbu o’rinda o’zbek tilida so’z yasash usullari masalasiga ham qisqacha to’xtab o’tamiz. Mazkur mavzu 6-sinf dasturining boshida (“Morfologiyaga kirish” qismida qisman berilgan bo’lsa, fe’l, ot, sifat, ravish so’z turkumlarining affiksatsiya va kompozitsiya usullarida yasalishi mustaqil so’z turkumlari sirasiga singdirib yuborilgan.
O’quvchilar dastur va darslikda berigan “So’z tаrkibi hаqidа umumiy mа’lumоt” mavzusi ta’limida, asosan, ona tilimiz agglyutinativ til ekanligini anglashi, shuningdek, asos va affiksal morfemalarni o’z o’rnida qo’llay olishni bilishi zarur. Bunda o’quvchilarga tilimizdagi so’zlarda asos morfema bilan affiksal morfema chegarasi aniq sezilib turishi, asosan, uni flektiv tillar bilan qiyoslash orqali tushuntirish samarali bo’ladi. Masalan,


  1. Yüklə 147,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə