Moliyaviy hisobot elementlari


jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi



Yüklə 227,69 Kb.
səhifə3/4
tarix19.05.2023
ölçüsü227,69 Kb.
#111289
1   2   3   4
Moliyaviy hisobot elementlari

jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi.


Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi
Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo’lib, yillik hisobot tarkibida unda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi, chunki xalqaro andazalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo’yicha qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlar zarur.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni tuzish
Moliyaviy hisobotdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonaning asosiy vositalari tarkibi, ularning ish holati va umumiy qiymati muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar korxonalarning moliyaviy hisobot tarkibida tuziladigan «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» da aks ettiriladi. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot asosiy vositalar va ularning eskirishi belgilangan tasnif asosida quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha aks ettiriladi: yil boshiga qoldig’i; hisobot davrida asosiy vositalarning kirimi; hisobot davrida hisobdan chiqarilgani; yil oxiriga qoldig’i.
 Pul oqimi to’g’risidagi hisobotni tuzish va uni to’ldirish
Pul oqimi to’g’risidagi hisobot ma’lum bir hisobot davrida korxonaning pul mablag’lari holatiga operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyati ta’sirini aks ettiradi va shu davr ichida pul mablag’lari o’zgarishini ko’rsatadi. Pul oqimi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlaridan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni beradi:

* korxonaning pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini ishlab topish qobiliyatini, shuningdek shunga o’xshagan pul mablag’laridan foydalanishda korxona ehtiyojini baholash;

* korxonaning sof aktividagi o’zgarishlarni, moliyaviy tarkibi va uning o’zgaruvchan vaziyat hamda imkoniyatlarga moslashish maqsadida pul oqimlarining summalari, shuningdek, o’z vaqtida tushishiga ta’sir etish qobiliyatini baholash;


Yüklə 227,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə